Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaktiv va asboblar
aminokislotalarning haddan tashqari ko„p ekanligini bildiradi. Ularning
izoelektirik nuqtalari ham ishqoriy muhitga to„g„ri keladi. Protaminlar – oqsillarning eng soddasi bo„lib, ishqoriy oqsillar qatoriga kiradi. Bu oqsillar tarkibida arginin va lizin miqdori ko„proq (80% gacha) bo„lib, kuchli ishqoriy xossaga ega. Protaminlar suvda eriydi, qizdirilganda cho„kmaydi, lekin boshqa oqsillar ta‟sirida cho„kmaga tushadi. O„simliklardan yangi uzib olingan poya, barg, ildiz, meva kabi namunalar sovutgichda yoki suyuq azotda muzlatiladi va so„ngra chinni hovonchada yanchiladi. O„simlik urug„lari tarkibidagi oqsillarni ajratib olishdan oldin, ularni uglevod, lipid, nuklein kislotalar kabi moddalardan tozalashga to„g„ri keladi. Buning uchun urug„ mag„zi uning po„stidan tozalab, so„ngra maydalanib, un holiga keltiriladi. Un holiga keltirilgan material avvalo efirda, keyin atsetonda yuviladi, so„ngra tegishli erituvchi yordamida oqsil ekstraksiya qilinadi. Eritmaga o„tkazilgan oqsillar cho„ktirish yo„li bilan ajratib olinadi. Urug„lardan ajratib olingan oqsil oq rangli kukun bo„lib, uning tarkibida 14-18% azot bo„ladi. Tekshiriladigan mahsulotlar: bug„doy uni, no„xat uni, tuxum oqsillari va boshqa o„simlik hayvon mahsulotlari. Reaktiv va asboblar: 1) distillangan suv; 2) 10% NaCl eritmasi; 3) 70% etil spirit; 4) NaC1 ning to„yingan eritmasi; 5) probirkalar; 6) suv hammomi; 7) termometr. Ishning bajarilishi: Bug„doy unidan albuminlar oqsilini ajratib olish uchun probirkaga 1 gramm un olib, ustiga 10 ml distillangan suv qo„shiladi va aralashtiriladi. Probirka 30 minutga 30-35 ᴏ C li suv hammomiga qo„yiladi. Birinchi 20 minut davomida probirkadagi massa aralashtiriladi, so„ngra tindiriladi. 30 minutdan so„ng probirkadagi albuminli eritma sentrifugalanadi (5 min. 2500 ob./min.) filtr qog„oz 6 yordamida filtrlab ajiratib olinadi. Filtratning yarmi keyingi sifat reaksiyasi uchun qoldiriladi. Ikkinchi yarmi (3-4 ml) taxminan teng hajmi NaCl ning to„yingan eritmasi qo„shilsa, eritma xiralashadi. Chunki faqat suvda eriydigan albuminlar tuz ta‟sirida eruvchaligini yo„qotadi va tuzning ma‟lum konsentratsiyasida to„liq cho„kmaga tushishi kuzatiladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling