Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Oddiy oqsillar eruvchanligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

 
Oddiy oqsillar eruvchanligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
 
Albuminlar – distillangan suvda eruvchi oqsillar bo„lib, 
qizdirilganda cho„kmaga tushadi. Ular barcha hujayralar tarkibida 
uchraydigan eng ko„p tarqalgan oqsillardir Eritma ammoniy sulfat tuzini 
to„yingan eritmasi bilan to„yintirilganda cho„kmaga tushadi. Bunday 
oqsillar boshoqlilar, dukkaklilar unidan, sut, go„sht, tuxum, zardob va 
boshqa biomateriallardan ajratib olinadi. 
Globulinlar – tuzlarning 10% li eritmalarida eriydi, hujayra va 
to„qimalar tarkibida doim albuminlar bilan birgalikda uchraydi, suvda 
erimaydi, 
qizdirilganda 
koagulyatsiyalanadi, 
suyultirilgan 
tuz 
eritmalarida eriydi, tuz konsentratsiyasi ortishi bilan darhol cho„kmaga 
tushadi. 
Glyutelinlar – kuchsiz ishqoriy muhitda eruvchi oqsillar bo„lib, 
neytral erituvchilarda erimaydi, ammo suyultirilgan ishqorlar va 
kislotalarda eriydi. Ular donlar (bug„doy, arpa, qora bug„doy, sholi va 
boshqalar) tarkibida uchraydi. Guruchdan olinadigan orizenin, 
bug„doydan olinadigan glyutenin shu guruhga kiradi. 
Prolaiminlar va gliadinlar, bular 70-80% etil spirtida eruvchi 
oqsillar bo„lib, suvda, tuz eritmalarida va mutloq spirtlarda erimaydi. 
Ularning asosiy vakili – gliadin bug„doy donining endospermasida 
uchraydi. Prolaminlar qatoriga yana arpa tarkibidagi gordein va 
makkajo„xori doni tarkibidagi zein oqsillari kiradi. Ular tarkibida 
nisbatan ko„p miqdorda prolin aminokislotasi bo„ladi.
Gistonlar – suvda eriydi, lekin suyultirilgan ammiakda erimaydi. 
Boshqa oqsillar eritmasi gistonlarni cho„ktiradi. Ular qizdirilganda 
paydo bo„lgan cho„kmalar suyultirilgan kislotalarda eriydi. Gistonlar 



kuchsiz ishqor tabiatiga ega ekanligi bilan boshqa oqsillardan keskin 
farq qiladi. Bu xususiyat gistonlar tarkibida diaminomonokarbon 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling