Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

Sinov savollari: 
1. Kul miqdori qanday koʻrsatkich hisoblanadi?
2. Kulning ishqoriyligi qanday formula orqali topiladi? 
3. Kul miqdori qanday koʻrsatkich hisoblanadi? 
4. Kulning massaviy ulushiga ta‟rif bering?
16-laboratoriya ishi 
Oziq-ovqat tarkibidagi kalsiy va magniy miqdorini aniqlash 
 
Ishdan maqsad: Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kalsiy va 
magniy massaviy ulushlarini aniqlashning kompleksometrik usulini 
oʻrganish. 
Kerakli reaktivlar: Erioxrom qora T ning quruq indikatorli 
aralashmasi; mureksidning quruq indikatorli aralashmasi; qizil metilen 
eritmasi; 0,005 n trilon B eriitmasi; ammiak-ammoniyli bufer 
aralashmasi (pH=9.3); 2 n, 10% NaOH eritmasi; (NaSO
4
) 2% natriy 
sulfat eritmasi; 25% HCl. 
Idish va asboblar: Analitik tarozi; mufel pechi; elektroplitka; suv 
hammomi; pipetkalar; byuretkalar; oʻlchov silindrlari; voronkalar; 
titrlash uchun konussimon kolbalar. 
Kalsiy – qiyin hazm boʻladigan element boʻlib, uning birikmalari 
oziq-ovqat bilan organizmga tushganda erimaydi. Ingichka ichakdagi 
ishqoriy muhit qiyin hazm boʻladigan birikmalar hosil boʻlishini 
ta‟minlaydi, faqatgina oʻt qopi kislotasi kalsiy soʻrilishiga yordam 
beradi. 


58 
Toʻqimalarda 
kalsiyning 
assimilyatsiyalashi 
faqatgina 
mahsulotlardagi miqdoriga emas, balki ularning yogʻlar, magniy, fosfor 
va oqsillar bilan nisbatiga bogʻliqdir. 
Oziq-ovqat mahsulotlaridagi kalsiy va fosforning eng yaxshi nisbati 
quyidagicha: 1:1, 2-1,5, kalsiy va magniyniki: 1:0, 25-0,3. 
Fosforning oshib ketishi suyaklardagi kalsiyning yuvilib ketishiga, 
buyrakka yuk tushishining oshishiga, temir oʻzlashtirilishining 
kamayishiga olib keladi. Magniyning oshib ketishi kalsiyning 
soʻrilishiga ta‟sir etadi. Bunday nisbatga rioya qilish qiyinligi shundaki, 
koʻpchilik oziq-ovqat mahsulotlarida kalsiyga nisbatan fosfor koʻpdir. 
Kalsiyga nisbatan: fosfor goʻshtda – 1:20; tuxumda – 1:4; 
kartoshkada – 1:5; non va non mahsulotlarida 1:5 boʻladi. Fosfor va 
kalsiyning bir-biriga nisbati tengligi sabzavot va poliz mahsulotlarida 
boʻladi. Oʻsimlik mahsulotlaridagi fitin va shavel kislotasi kalsiyning 
soʻrilishiga salbiy ta‟sir etadi. 
Kalsiyning oshib ketishi buyrak, aorta va boshqa organizmlarning 
kalsinoziga olib keladi. 
Fosforning oshib ketishi organizmda tuz almashinishi buzilishiga 
sababchi boʻladi, ichaklarda kalsiy soʻrilishi tormozlanadi. Fosfo-kalsiy 
almashinishi koʻpgina kasalliklarga olib keladi: raxit, osteoporoz va 
boshqalar. 
Oziq-ovqat mahsulotlaridagi kalsiy va magniy massaviy ulushlarini 
aniqlashni kompleksometrik usuli ishqoriy muhitda trilon B bilan 
kompleks hosil qilish xususiyatiga asoslangan. Ekvivalent nuqtani 
metallxrom indikator (mureksid, xromogen) bilan topiladi. Bu usul 
namunani ishqoriy muhitda trilon B eritmasi bilan titrlab mineralizatsiya 
qilishga asoslangan. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling