Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

Solod fermentlarni ajratib olish. α – amilazani solod ferment 
kompleksining asosiy eritmasidan β – amilazani inaktivizatsiyalash 
(faolligini yoʻqotish) yoʻli bilan ajratiladi. 100 ml hajmdagi kolbaga 20 
ml solodning asosiy eritmasidan solib, 15 minut davomida 70


haroratda qizdiramiz. β-amilaza shu haroratda inaktivlashadi. 
Qizdirilgan eritmani sovutamiz va α-amilazani faolligini aniqlash uchun 
ishlatamiz. α-amilazani faolligini pH – 5,5-5,8 boʻladi, sovutilgandan 
keyin eriitmaga 4 ml pH 5,6 fosfatli bufer qoʻshiladi. 
β-amilaza solod sutidan (solodovaya vityajka) α – amilazani nordon 
muhitda inaktivizatsiyalash yoʻli bilan ajratiladi. 100 ml hajmli kolbaga 
20 ml solodning asosiy eritmasini solib, muzli hammomda 10 minut 
davomida ushlab, unga 1 ml 0,1 n li HCl eritmasini qoʻshamiz. Hosil 
boʻlgan eritmani muz hammomida 15 minut qoldiramiz va unga 3 ml pH 
6,0 fosfatli bufer qoʻshamiz (β-amilaza uchun optimal pH). 
Solodning amilolitik faolligini aniqlash. Shtativga 3 qator qilib 
nomerlangan pirobirkalar qoʻyamiz. Birinchi qatordagi hamma 
probirkalarga pipetka bilan 1 ml dan distillangan suv quyamiz, birinchi 
probirkaga 1 ml α-amilaza eritmasini qoʻshamiz. Birinchi probirkadagini 
aralashtirib, unga soʻrgich (grusha) bilan pipetka orqali havo yuboramiz. 
Birinchi probirkadan pipetka orqali 1 ml olib, uni 2- probirkaga solamiz. 
2- probirkani aralashtirib, 1 ml olib 3- probirkaga solamiz. Xuddi shu 
yoʻl bilan 4- va 5- probirkalarda eritma tayyorlaymiz. 
Ikkinchi qatordagi probirkalarga β-amilaza eritmasini suyultirish 
yoʻli bilan qoʻshiladi. Uchinchi qatordagi probirkalarga solod ferment 
preparatining asosiy eritmasidan qoʻshiladi. 
Hamma 
probirkalarda 
suyultirilgan 
ferment 
preparatlari 
eritmalaridan 1 ml dan qolishi kerak. 


64 
Hamma probirkalarni 40

C haroratda termostatlash kerak. Suv 
hammomidan probirkalarni olmay turib, har biriga 2 ml dan 0,1% 
kraxmal eritmasi, 10 minutdan keyin esa 2 ml yod ishchi eritmasi 
qoʻshiladi (0,1 n HCl eritmasida tayyorlangan). 
Rangli 
eritmalarning 
optik 
zichligi 
fotoelektrokolorimetrda 
oʻlchanadi. Bunda kyuvetaning qalinligi 10 mm, svetofiltrning toʻlqin 
uzunligi 670 nm boʻladi. 
Eritmadagi kraxmalning qoldiq konsentratsiyasi (C
qol
mg/ml) 
kalibrovkali egri chiziq orqali topiladi. 
Gidrolizlangan kraxmal miqdorini (X, mg) quyidagi formula orqali 
topamiz: 
X = (C
ber 
- C
qol
)
.
V, (17.1) 
bu yerda: C
ber 
– ishchi eritmadagi kraxmal konsentratsiyasi, mg/ml; 
C
qol 
– kalibrovkali egri chiziq orqali topilgan, ishchi eritmadagi 
kraxmalning qoldiq konsentratsiyasi, mg/ml; 
V – kraxmal ishchi eritmasi hajmi, ml. 


65 
Eksperiment natijalari quyidagi jadvalga yoziladi: 
17.2-jadval
Variant 
Optik zichlik 
Gidrolizlangan kraxmal 
miqdori, mg 














16 
32 
Solod ishchi eritmasining optimal konsentratsiyasini topish va 
gidrolizini baholash kerak. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling