Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti transport vositalari gidravlik va pnevmatik jihozlari
Download 1.5 Mb.
|
TVGJ Uslubiy ko\'rsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar uchun topshiriq: 1-masala.
- 10-amaliy mashg’ulot Tormoz tizimi pnevmatik yuritmasining asosiy parametrlarini aniqlash
Nazorat savollari:
Gidrodinamik transformatorning tuzulishi? Gidrodinamik transformatorning ishlashi? Gidrodinamik transformatorning qo’llanilishi? Gidrodinamik transformatorning asosiy faktorlari nimalar? Talabalar uchun topshiriq: 1-masala. Nasos parragi n1=2000 ayl/daq aylanishlar soni bilan aylanganda N1=8 kVt quvvat uzatadigan GT n2=1500 ayl/daq da qancha N2 quvvat uzatishini aniqlang.
2-masala. Nasos parragi n2=2100 ayl/daq bilan aylanganda N2=145 kVt quvvat uzatadigan GT ning faol diametri D2= 328 mm bo‘lsa, n1=1600 ayl/daq da N1=130 kVt quvvat uzatadigan GT faol diametri D1 qancha bo‘ladi?
10-amaliy mashg’ulot Tormoz tizimi pnevmatik yuritmasining asosiy parametrlarini aniqlash Pnevmatik tormoz tizimi yuritmasini loyihalash hisoblarini bajarishda pnevmoapparatlarning ishchi xarakteristikalari, ya’ni pnevmoapparatga ta’sir qiladigan kiruvchi kattaliklar va ularga mos ravishda chiquvchi kattaliklar(bosim, kuch, surilish) berilgan bo’lishi kerak. Berilgan ishchi xarakteristikalardan loyihalanayotgan pnevmatik yuritmaning asosiy konstruksiyaviy parametrlarini aniqlab olish mumkin. Qo’shimcha ravishda shartlar va chegaraviy qiymatlar ham berilishi mumkin, masalan, tormoz pedaliga berishimiz mumkin bo’lgan maksimal kuch va maksimal surilish masofasi, pnevmo yuritma sezgirligi yo’qolishining chegaraviy sohasi va boshqalar. 10.1-rasm. Pnevmatik tizimining sxemasi. 1 – old g’ildiraklarning tormoz richaglari; 2 – tormoz silindrlari; 3 – oyna tozalagichlar; 4 – oyna tozalagich ventillari; 5 – havo bosimi manometri; 6 – bosim regulyatori; 7 – tormoz krani; 8 – havo ballonlari (resevir); 9 – orqa g’ildiraklarning tormoz richaglari; 10 – tormoz kameralari; 11 – birlashtiruvchi kallak; 12 – ajratish krani; 13 – stop-signalni yoqqich; 14 – havo olish krani; 15 – compressor; 16 – saqlagich klapani Shunday qilib, masalan, tormoz kranini loyihalashda uning sxemasi tanlanadi va statik xususiyatlarni aniqlaydigan asosiy dizayn parametrlari hisoblaniladi: kran porsheni yoki diafragmaning diametri, kran prujinasining qattiqligi va dastlabki zo'riqishi, tormoz pedalining uzatish nisbati, kran prujinasining maksimal qisqarishi. Bunday holda, quyidagilar ko'rsatilishi kerak: pedalning maksimal harakatlanish masofasi, pedalga beriladigan maksimal kuch, qabul qilgichdagi (resiverdagi) maksimal havo bosimi, tormoz kranining sezgirligi yo’qotilish zonasi. Tormoz kranining o'tkazuvchanligi (o'tish qismlarining yuzasi, klapanning diametri) dinamik hisoblash bilan belgilanadi. Loyihalash ishlari tormozlash kolodkalarini siquvchi kulachok validagi burovchi momentni aniqlashdan boshlanadi: bu yerda, – siquvchi kulachok valining o’qidan siquvchi kuch ta’sir qiladigan chiziqqacha masofa. 10.2-rasm. Tormoz tizimi pnevmoyuritmasining hisobiy sxemasi: 1 – tormoz pedali; 2 – tormoz krani; 3 – tormoz kamerasi Tormoz kamerasi yordamida tormozlashda shtokka beriluvchi kuch: bu yerda, - siquvchi kulachok valining o’qidan tormoz kamerasining o’qigacha bo’lgan masofa. Tormoz kamerasidagi havoning bosimi quyidagi formuladan aniqlanadi: bu yerda, – tormoz kamerasi diafragmasining aktiv yuzi. Tormoz krani porshenidagi kuch kran bo’shlig’iga resevirdan keluvchi havo bosimiga va kran stakaniga ta’sir qiluvchi prujina kuchlaridan tashkil topadi: bu yerda, – tormoz tizimi kranidagi stakan yuzi. Tormoz pedalidagi kuch aniqlanadi: bu yerda, va – pedal yelkalari. Tormoz pedalining uzatish nisbati, bo'lsa, tormoz pedalidagi kuch quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi: Tormoz pedaliga ta’sir qiluvchi maksimal kuch yuk avtomobillari uchun bo’lishi kerak. Agar tormozlash uchun zarur bo’ladigan hisobiy kuch qiymati chegaraviy qiymatdan katta bo’ladigan bo’lsa tormozlashda kuchaytirgichlardan foydalanish zarur bo’ladi. Pnevmatik tormoz yuritmasini dinamik hisoblash deganda tormoz pedalining keskin harakatlanishi paytida ijro etuvchi organlar va unga bog’liq ravishda harakatlanuvchi apparatlardagi havo bosimi vaqt oralig’ida o'zgarish xususiyatini aniqlash tushuniladi. Olingan bog'liqliklar tormoz yuritmasining dinamik xususiyatlari deb ataladi va uning tezligini, sinxronligini va boshqa xususiyatlarni aniqlashga imkon beradi.
Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling