Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: nutqning uslubiy shakllari, nutq 
uslublarini, nutq madaniyatiga munosabati haqida bilim va ko„nikmalar 
berish;
b) tarbiyaviy maqsad: talabalarga nutqiy odob, notiqlik san‟-atini 
shakllantirish;
v) rivojlantiruvchi maqsad: kelajakda o‟quvchilarda nutqiy madaniyatni, 
savodxon shaxsni tarbiyalash.
Didaktik asos: a) fanlararo bog„lanish: adabiyot, tarix, ma‟naviyat, 
estetik, matematika. v) fanlar ichida bog„lanish: ona tili, adabiyot.
Darsning jihozlari: tarqatma materiallar, testlar, ma‟ruza matni, mavzuga 
oid qo„shimcha adabiyotlar, magnitafon, ko„rgazmali vosita.
Darsning turi: noan‟anaviy dars.
Darsning usuli: kichik guruhlar bilan ishlash.


42 
Darsning borishi. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davlat madhiyasini 
aytish, navbatchining axboroti.
– Aziz talabalar. Biz uchun dunyodagi eng aziz insonlar kimlar?
– Ota-onalarimiz, ustozlarimiz, aka-ukalarimiz, do„stlarimiz.
– Ana shunday aziz insonlardan biri bo„lgan ustozlar haqida 
suhbatlashsak. Qani aytinglar-chi, bizni komil inson, Vatan uchun
fidoyi zotlar bo„lib yetishmog„imizda ustozlarning o„rni qanday?
– Avvalo, ustozlar bizni murg„akligimizdanoq qo„llarimizga qalam 
tutqazgan, o„qishga, yozishga o„rgatgan insonlardir. Ular bizga ham ta‟lim, 
shu bilan birga tarbiya ham beradilar, bizni kelajakda yurtga munosib vorislar 
bo„lib yetishishimizga zamin hozirlay- dilar.
– Aziz o‟quvchilar. Ustozlarga respublikamizda qanday imtiyoz-lar 
yaratilgan?
– Mustaqillik sharofati bilan har yili 1-oktabrni ustozlar, ya‟ni 
o„qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida nishonlaymiz.
Bundan tashqari, ularning mehnatlarini rag„batlantirish maqsadida “Xalq 
maorifi a‟lochisi”, “Xalq ta‟limi xodimi” kabi unvonlar ta‟sis etilgan.
– O‟quvchilar. Siz ustozlar kunini qanday nishonlaysiz?
– Biz bu kunda ustozlarga bag„ishlab har xil she‟rlar, qo„shiqlar, bayram 
tabriklarini armug„on etamiz.
– Qani ustozlarga bag„ishlangan she‟rlardan eshitaylikchi.
– Dedilar: dunyoda asli kim aziz,
Aytdilar: ustozdir ustoz begumon.
Yana so„rdilarki, aziz, shubhasiz,
Ustozni qadriga yetolgan inson.
– Rahmat. Endi ustozlarga bildiradigan tilaklaringiz.


43 
– Ustoz biz uchun dunyodagi eng mo„tabar zotlardan biridir. Biz mana 
shunday sharafli nom egalarining ishlarida omadlar tilaymiz. Ularning 
qarshisida hamisha ta‟zimdamiz.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling