Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
O„tilgan mavzuni so„rash.
(O„tilgan mavzu savol-javoblar orqali so„rab o„tiladi. O„qituvchi tomonidan xulosalanib, uyga berilgan topshiriqning qay tarzda bajarilganligi tekshirib chiqiladi). Yangi mavzu bayoni. “Aqliy hujum”. – Har bir notiq o„z nutqini sharoitga qarab moslaydi. Ya‟ni radio, televidenie orqali taralayotgan suxandonlar nutqini har kuni eshitasiz, gazeta- jurnallarda e‟lon qilinayotgan xabarlarni o„qiysiz. Badiiy asarlarni mutoalaa qilib, tilimizning adabiy-estetik quvvatidan bahramand bo„lasiz. Fizika, matematika singari fanlarni ham o„zbek tilida o„qiysiz. Shu bilan birgalikda ko„cha-ko„yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar bilan muloqotga kirishasiz. Agar yuqorida bayon qilingan nutqiy jarayonlarga e‟tibor bilan qarasangiz, ularning hammasi garchi o„zbek tilining bevosita voqealanishi bo„lsa ham, lekin ta‟lim jihatlari bilan bir-birlaridan farqlanishining guvohi bo„lasiz. Demak: Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma‟lum sohasi doirasida qo„llaniladigan ko„rinishi “Nutq uslublari” deyiladi. Bugun sizlar bilan aynan shu nutq uslublari to„g„risida suhbatlashamiz. Daftaringizni ochib, bugungi sanani yozing. Bugungi mavzu: Nutqning uslubiy shakllari. – O„zbek tilida nechta uslub bor? – O„zbek tilida 5 ta uslub bor. 44 – Siz uslublarni maktabda ham o„tgansiz. Biz hozir eslab ola-miz xolos. Kollejga kelganingizda, uyda oila a‟zolaringiz bilan, ko„chada do„stlaringiz bilan muloqotda bo„lasiz. Qani, shu nutqimiz qanday uslub deyiladi? – So„zlashuv uslubi (Javob bergan talaba taxtaga yozadi). – Bolaligimizda onajonimiz, buvajonimizdan ertak aytib be-rishlarini idtimos qilganmiz. Hozir esa o„z sevgan romanlarimizni o„qiymiz. Mana shu ertaklarimiz, roman-hikoyalarimiz qaysi uslubda yozilgan? – Rasmiy uslubda. – O„quv yili davomida juda ko„p referat, insho, laboratoriya ishlari yozdingiz. Oddiy darslaringiz ham qaysi uslubda yozilgan? – Ilmiy uslubda. – Har hafta eshigimizni taqillatib ro„znomalarni olib kiri-shadi, o„qiysiz. Radio, televizordan xabarlarni eshitasiz. Bu qanday uslub? – Publitsistik uslub. – Publitsistik degani lotinchada “omma” degani. Demak, ommaviy uslub. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling