Issiqlik energetikasi


Download 336.76 Kb.
bet64/72
Sana16.11.2023
Hajmi336.76 Kb.
#1777848
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72
Bog'liq
1-маърўза Кириш-fayllar.org

NAZORAT SAVOLLARI 
1. Qanday sath o‟lchash usullarini bilasiz?
2. Radiotulqinli sath o‟lchagichlar deb nimaga aytiladi?
3. Sochiluvchi moddalarni sathini o‟lchashni izohlab bering.
4. Vaznli sath o‟lchagichlar deb nimaga aytiladi?
5. Ultratovushli sath o‟lchagichlarning ishlash prinsipini tushuntiring.
6. Termokonduktometrik o‟zgartkichlar qanday tayyorlanadi?
7. Termokonduktometrik o‟zgartkichning ishlash prinsipini tushuntiring.



102
8. Termokonduktomerli sath o‟lchagichlar deb nimaga aytiladi?


9. Radiotulqinli sath o‟lchagichlarning ishlash prinsipini tushuntiring.
10. Bariy titanat, pezokvarts, manitostriktsion elementlar nima maksatda ishlatiladi?.
11. Termokonduktomerli sath o‟lchagichlarda sezgir element sifatida qanday
elementdan foydalaniladi?
12. Radiotulqinli sath o‟lchagichlarning sezgir elementi nima?
13. Ultratovushli sath o‟lchagichlar deb nimaga aytiladi?
14. Ultratovushli sath o‟lchagichlarda sezgir element sifatida qanday elementdan
foydalaniladi?

16-ma„ruza: GAZLARNING TARKIBINI ANALIZ QILISH 
ASBOBLARI. 

Rejа:
16.1. Gaz tahlillagichlari to‟g‟risida umumiy ma„lumotlar.


16.2. Termokimyoviy va elektrokimyoviy gaztahlillagich asboblar.
16.3. Termomagnit va absorbsion-optik gaztahlillagichlar.
16.4. Termokonduktomerik gaztahlillagich asboblar.
16.5.Xromatografik gaztahlillagichlar.
Tayanch iboralar: Gaz tahlillagichlar, termokimyoviy gaz tahlillagichlar,
elektrokimyoviy gaz tahlillagichlar, termokonduktomerik gaztahlillagichlar.
Аdabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 7, 9, 10.
16.1. Gaz tahlillagichlari to‟g‟risida umumiy ma„lumotlar 

Gaz tahlillagichlari tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi tarkibiy qismlar


yig‟indisi kontsentratsiyasi haqida ma„lumot beradigan qurilmalardir. Gaz
tahlillagichlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy tadqiqot ishlarida Еkng
ishlatiladi. Gazlarning tarkibini uzluksiz avtomatik nazorat qilish asosida
metallurgiyada, koks-kimyo sanoatida, neftni qayta ishlash zavodida, gaz sanoatida
va boshqa joylarda gaz hosil qilish va undan unumli foydalanish bilan bog‟liq
bo‟lgan kimyoviy – texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish amalga oshiriladi.
IES da organik yoqilg‟ilarni yoqishda yonish jarayonini nazorat qilish va kerakli havo
miqdorini aniqlash uchun avtomatik gaz tahlillagichlari ishlatiladi. Texnologik
ob„ektlarning xavfsiz ishlashini ta„minlovchi tizimlarda ishlatiladigan gaz tahlil qilish
asboblari ham katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza
qilishga katta e„tibor berilayotgan munosabati bilan sanoat korxonalari chiqindilari
tarkibidagi zararli qo‟shimalar miqdorini, ishlab chiqarish xonalari va atmosferadagi
zararli qo‟shilmalarni nazorat qilishga mo‟ljallangan, gaz tahlillagichlarini ishlab
chiqarish va ulardan foydalanish keskin kengaydi. Aholi yashaydigan hududlar
havosining sifatini nazorat qilish uchun havo ifloslantiradigan is gazi, azot, dioksid,
chang va boshqa shu kabi moddalar kontsentratsiyasi o‟lchanadi. Texnologik



103
jarayonlarni nazorat qilishda va avtomatlashtirishda turli sharoitlarda bo‟lgan


aralashmalarni tahlil qilishda gaz tahlillagichlarining turli-tuman xillarini aniqlashga
to‟g‟ri keladi. Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz tahlillagichlarining ko‟pchiligi
gaz aralashmalaridagi bitta tarkibiy qismni o‟lchash uchun mo‟ljallangan. Bu holda
gazlarning aralashmalari deb qaralib, undagi aniqlanadigan tarkibiy qism
o‟lchanayotgan aralashmaning fizik-kimyoviy xossalariga ta„sir qiladi, qolgan
tarkibiy qismlar esa, ularning tarkibi va kontsentartsiyasidan qat„iy nazar, ularning
xossalariga ta„sir qilmaydi va aralashmaning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi.
Gaz tahlillagichlari majmuiga datchik va chiqish signallarini o‟lchagichdan
tashqari, asbobning me„yoriy ishlashini ta„minlovchi bir qancha chigallar ham kiradi.
Asosiy yordamchi chigallar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, tozalovchi,
uzatuvchi va tahlil tayyorlovchi qurilmadir. O‟lchashga asos qilib fizik-kimyoviy
xossalar olingan.

Download 336.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling