Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana02.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1421717
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
Madaniyat-2023-1

Ключевое слово: стиль мавриги, майда газель, бахри тавиль, фольклор, песня, ашуля. 
Ganizhan KHUDOEV 
Head of the Department of “Musical and theoretical disciplines” 
of the SIAKUz, PhD, dosent. 
 
MELODIES PERFORMED IN THE STYLE OF MAVRIGA 
 
ANNOTATION 
This article discusses the performing arts in the Mavrigi style of a number of musical 
melodies, such as bakhri tavel, maida ghazal and other works that are not included in the Mavrigi 
cycle, but are directly related to the Bukhara national heritage. A comparative analysis of the 
performance skills of the national heritage reveals the features of the performance style. 
Keywords: mavrigi style, maida gazelle, bakhri tawil, folklore, song, ashulya. 


№1 | 2023
14 
Buxoro mavrigilarining yaralish tarixi bundan 200-250 yillar oldingi davrlarga borib taqaladi. 
Mavrigilar Buxoro amirligi hududida erkaklar tomonidan ijro etilishi urfga kirganligi bir qator ilmiy 
manbalarda aks etgan edi.
Mavrigi ijrochiligida asosan xalqning tо‘y-tantanalari, urf odat va an’analaridagi erkaklar 
davrasida namoyon bо‘lib, bunda Mavrigi turkum asarlari uch bо‘limga (“payt” ham deb yuritiladi) 
bо‘lib ijro etilgan. Bunda har bir bо‘limning nomlanishi birinchi qismda kelgan asarning nomi bilan 
atalgan. Biz bu bо‘yicha bir qator ilmiy va uslubiy nashrlarni amalga oshirgan edik.
Bu galdagi kichik tadqiqotimiz, Buxorolik ustoz san’atkorlar va olimlar tomonidan nashr 
etilgan “Buxorcha va Mavrigi taronalari” nota nashrida keltirilgan “Mavrigi” turkumi tarkibiga 
kiritilmagan, biroq xalq tomonidan aynan mavrigicha uslubda sevib ijro etilgan asarlar 
qiziqishimizning manbai bо‘lib xizmat qildi. 
Mavrigixon ustoz san’atkorlar tomonidan mavrigicha uslubda ijro etilgan qо‘shiq va 
ashulalarni yuqorida ta’kidlanganidek “Mavrigi” turkumi tarkibida uchratmaymiz. Biroq undagi 
ohang, kuy, usul tuzilmalaridagi yoki ayrim she’r matnlaridagi ba’zi bir о‘xshashliklarda kuzatish 
mumkin.
Mavrigicha uslubda ijro etilgan – “Mayda g‘azal”, “Bahri tavil”, “Мавригия баҳри тавилаш” 
(Mavrigining bahri tavili) kabi maqom yoki ashula yо‘llariga xos “Kichik turkumli ashulalar” 
bо‘lsa, qо‘shiq janriga xos: “Бале мурғак” (Alo murg‘ak), “Уштур ба чаман” (Tuya chamanda), 
“Бале мурғак” (Ало мурғак), “Уштур ба чаман” (Туя чаманда), “Дупар газид” (Ikki qanotli 
chaqdi), “Қаландарат ман” (Qalandaring man), “Aka mana donashо‘rak”, “Рафтам ба Қоракўл” 
(Qorakо‘lga borganimda), “Биё як, биё як” (Bir kelgin, bir kelgin), “Jon burgam, azamat burgam”, 
“О‘ng kо‘zingiz qaysi” va boshqa bir qator hazil-mutoyiba qо‘shiqlarni mavrigicha uslubida ijro 
etilganligini kо‘rish mumkin. 
Maqom, Buxorcha, Mavrigi va xalq ohang-usullari omuxtaligida ishlangan hamda erkaklar 
va ayollar bazmlarida raqslar bilan ijro etiladigan Mayda g‘azal nomli kichik ashula turkumlari 
yuzaga kelganki, ular odatda, raqssimon ufar yoki soqiynoma usullari asosida aytiladi. Bunda 
kо‘pincha dastlabki she’riy misralar tojik tilida kelsa, keyingi misralari о‘zbek tilida davom etadi.
Mayda g‘azal ijrosi mavrigilarga о‘xshab shahddan boshlanishi shart bо‘lmay, balki 
maqomlardagi ufar yoki soqiynoma usulida ham keladi. Bunday mayda g‘azallar mavrigi, buxorcha 
va maqom ohanglarini xalq ohanglari bilan omuxta qilish asosida yaratilgan kichik xalq ashula 
turkumlaridan tarkib topadi. Mayda g‘azal aksariyat hollarda olti yoki yetti daqiqa davom etgan. 
Lekin keksa sozandalarning aytishicha, ayrim marosim va urf-odatlar vaziyatidan kelib chiqib 
kо‘proq ham davom ettirilganligini kо‘rish mumkin. Bunda turli tarixiy ijtimoiy shart-sharoitlarda 
shakllangan ijro rasmlari ta’siri sezilarli darajada namoyon bо‘ladi. Bunday mayda g‘azallar 
“termalar” ham deb atalgan. Sо‘zimizning isboti sifatida quyida mayda g‘azalga misol tariqasida bir 
namunadan parcha keltiramiz: 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling