Issn 2181-0737 Doi Journal 10. 26739/2181-0737


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/31
Sana02.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1421717
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
Madaniyat-2023-1

 
Bahri tavil (tojik tilida) 
Hofiz sо‘zi, Buxoro xalq ashulasi, 
X.Xudoyev notaga olgan. 
Shuningdek, Bahri tavilni ba’zan “Mavrigi” va “Buxorcha”lar tarkibida ham uchratish 
mumkin. Bunda ularning she’rlari asosan yuqorida ta’kidlanganidek, mumtoz shoirlarning ijodidan 
olinib doyra usuli esa ufar usulida kelgan.
Biz bu о‘ziga xos kichik turkum tarzida kо‘zga tashlanuvchi “Bahri tavil” ashulasini mantiqiy 
davomi “Мавригия баҳри тавилаш” (Mavrigining bahri tavili) ashulasi borligi sabab mazkur kichik 
izlanishimizga kiritgan edik.
Мавригия баҳри тавилаш - “Mavrigining bahri tavili” ma’no va ohang mazmunidan shuni 
anglash mumkinki, “Bahri tavil”ning mavrigicha uslubda ijro etilishining о‘ziga xos kо‘rinishidir.
Endi о‘quvchiga aniqroq tasavvur paydo qilish uchun mazkur “Mavrigiya bahri tavilash” 
aytimining kirish qismidan bir namuna keltiramiz. 


№1 | 2023
16 
Мавригия баҳри тавилаш 
(Mavrigining bahri tavili) 
Xalq sо‘zi, Bobo Abdullo ijro etgan, 
G‘anijon Xudoyev notaga olgan. 
 
 
 
“Mavrigicha” uslubda ijro etilgan qо‘shiqlar. “Mavrigi” ijrochiligining keng yoyilishi, 
ya’ni saroyda ijro etilishi bilan bir vaqtda, kо‘cha-kuyda, bozor va boshqa joylarda ijro etilishi 
о‘laroq, undagi ma’no va mazmunda ham biroz sodda va hazilomuz aytimlar ham ijro etilganligini 
kо‘ramiz. Buni quyida keluvchi iqtiboslardan ham anglash mumkin. 
“Mavrigi” tarkibida bir silsila hazil va lirik qо‘shiqlar borki, ular alohida payt sifatida ijro 
etilmaydi, chunki qо‘shiqlar maxsus payt ijrochiligiga muvofiqlashmagan, qolaversa, ular alohida 
payt shaklida qat’iy tartibga kirmagan, bazmning chо‘zilishi taqozosi bilan ayrimlari yoki bir nechtasi 
ijro etilishi mumkin. Shu boisdan ularni alohida payt sifatida ifodalash mumkin emas, ularni faqat 
qо‘shimcha hazil va lirik qо‘shiqlar tarzida maxsus guruh sifatida e’tirof etish – “Mavrigi” 
turkumining xos tabiatini tо‘g‘ri aks ettiradi. 
Bu qо‘shiqlarning kо‘pchiligi hayvonlar, hasharotlar va parandalar ta’rifida, aksariyati takror 
zamirida qurilgan. Natijada ijrosida о‘zgachalik yuzaga kelgan. 
Mazkur qо‘shiqlar sirasiga kiruvchi “Бале мурғак” (Alo murg‘ak), “Уштур ба чаман” (Tuya 
chamanda), “Дупар газид” (Ikki qanotli chaqdi), “Қаландарат ман” (Qalandaring о‘zim), “Aka 
mana donashо‘rak”, “Рафтам ба Қоракўл” (Qorakо‘lga borganimda), “Biyo yak, biyo yak” (Bir 
kelgin, bir kelgin), “Jon burgam, azamat burgam”, “О‘ng kо‘zingiz qaysi” kabi qо‘shiqlarni kо‘rish 
mumkin. 
Yuqorida keltirilayotgan tojik tilidagi “Бале мурғак” (Alo murg‘ak) qо‘shig‘i mavrigicha 
uslubda ijro etilgan bо‘lib, biroq, ayrim manbalarda aynan “Mavrigi” turkumi tarkibida ham ijro 
etilgan vaqtlari bо‘lganligi mavrigixon ustozlar tomonidan e’tirof etiladi. Biroq buxorolik ustoz 
san’atkor va olimlar tomonidan nashr ettirilgan “Buxorcha va Mavrigi taronalari” kitobida “Mavrigi” 
turkumi tarkibiga kiritilmay, balki, ilovadagi alohida “Hazil va lirik qо‘shiqlar” bandida berilgan.
Shu о‘rinda mazkur “Бале мурғак” qо‘shig‘ining boshlanish daromadidan bir parcha 
keltiramiz: 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling