Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


asian encyclocative scientists in the process of teaching mathematics


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

asian encyclocative scientists in the process of teaching mathematics 
Abstract. This article provides a theoretical overview of the factors, forms and methods 
of improving the technology of using the scientific heritage of Central Asian encyclopedic 
scientists in the teaching of mathematics. The article also elaborates on the factors influencing 
the global trends in the development of mathematical science and education to a new level of 
quality. 
Keywords: mathematics, science, Central Asian encyclopedic scientists, global 
orientation, scientific heritage, form and method, factors, fundamental, international 
Olympiad, information and communication technologies, education, digital economy. 
 
Muhammad al Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugʻbek 
singari ulugʻ ajdodlarimiz tamal toshini qoʻygan matematika fani ilm-fan va texnikaning 
zamonaviy tarmoqlari jadal rivojlanishi munosabati bilan hozirgi kunda yanada katta 
ahamiyat kasb etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, biologiya, 
raqamli iqtisodiyot sohasida va boshqa koʻplab sohalarda uning roli ayniqsa ortdi.[1] 
Mazkur masala mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash, oʻquv 
jarayoniga samarali pedagogik texnologiyalarni joriy etish, pedagogik faoliyat uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bir qancha tizimli vazifalarni amalga oshirish 
muhimligini koʻrsatmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy sohaning barcha boʻgʻinlarida matematika 
taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirish, fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar 
olib borish, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining faoliyati va ilmiy kadrlar tayyorlash 
samaradorligini taʼminlash, ilm-fan, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning 


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
122 
integratsiyasini mustahkamlash, jahonning yetakchi ilmiy markazlari va universitetlari 
bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish mazmuni va oʻqitish tuzilmasi 
takomillashtirish ustuvorlik kasb etmoqda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini 
oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida 
matematika fani boʻyicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini 
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, matematika fani boʻyicha darsliklar 
va oʻquv qoʻllanmalarni takomillashtirish” kabi vazifalar belgilangan. Bu borada 
matematika fanini oʻqitish jarayonida oʻrta osiyolik qomusiy olimlarning ilmiy merosidan 
foydalanishga oid didaktik imkoniyatlarni oʻrganish, elektron taʼlim resurslari hamda 
oʻquv-uslubiy taʼminotini ishlab chiqish, natijalarni baholash indikatorlarini aniqlashtirish 
alohida ahamiyat kasb etadi.[2] 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son 
“Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi 
toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy taʼlim tizimini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy 
taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha 
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlarida 2020-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida 
matematika fanlari boʻyicha taʼlim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi 
va amaliy ahamiyatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. 
Aytish oʻrinliki, respublikamizda taʼlim sohasida oʻtkazilayotgan islohotlarning 
tahliliga tayanib, matematika ilm-fani va taʼlimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga 
qaratilgan global yunalishlariga taʼsir etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- Oʻrta Osiyolik matematik olimlarning ilmiy merosini ommalashtirishga 
erishish; 
- xalqaro fan olimpiadalarida Oʻrta Osiyolik matematik olimlarning ilmiy 
merosidan foydalanish uchun keng yul ochib berish; 
- matematika taʼlimotining taʼlim olish bosqichlari oʻrtasidagi uzviylikni toʻliq 
taʼminlashga erishish; 
- Oliy taʼlimda matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar gʻoliblari 
boʻlgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz faoliyatini muntazam nazorat qilib, ragʻbatlantirib 
borish; 
Shu oʻrinda aytish lozimki matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar 
gʻoliblari boʻlgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan boʻlishiga qaramasdan 
ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy taʼlim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit 
yaratib berishni yoʻlga qoʻyish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.[3] 
Matematika ilm-fani va taʼlimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan 
muhim omillardan yana biri, sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari 
bilan aloqalari milliy matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda 
nufuzini oshirishdan iborat. 
Aytish oʻrinliki, taʼlimning barcha bosqichlarida matematika fanini oʻqitish tizimini 
yanada takomillashtirishda koʻp yillik pedagogik tajribalarimiz acocida aytishimiz 
mumkinki, taʼlim - tarbiya jarayoniga pedagogik va innovatsion texnologiyalardan samarali 
foydalanish, yosh matematiklar uchun “mahorat darclari” tashkil qilish ham matematika 
fani boʻyicha kadrlarni tayyorlashda muhim ahamityaga ega. 
“Mahorat darci” tushunchaci ingliz tilidan kirib kelgan boʻlib, master class, yaʼni 
master – “eng yaxshi”, class – dars, degan maʼnoni bildirib, tajribali pedagoglarning 
innovatsion, kreativlik, texnologik va reflekciv faoliyatining cintezi cifatida yaratiladi, 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling