Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari
Boshqarishning tarmoq organlari
Download 314.37 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
4.5. Boshqarishning tarmoq organlari
Respublikamizda mustaqil tarmoqlarning soni 20 tadan, korxonalarning soni esa 100 mingtadan ortadi. Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish, mamlakat hududida joylashtirish va mahsulot (xizmat)ga bo‘lgan talabni aniqlaщ tarmoq boshqaruvi tizimi oldida turgan juda murakkab, keng qamrovli masalalardir. Bu masalalarni samarali hal qilish uchun boshqarishning quyidagi tarmoq organlari mavjud: • Vazirliklar; • Davlat qo‘mitalari; • Konsernlar; • Korporatsiyalar; • Konsorsiumlar; • Assotsiatsiyalar; • Kompaniyalar; • Korxonalar; • Firmalar va boshqalar. Bu organlar umumdavlat va mahalliy organlardan farqli o‘laroq boshqaruv tizimida shunchaki ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizim ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi. Boshqarishning tarmoq organlari odatda, umumdavlat va mahalliy organlardan o‘z faoliyatining hajmi (mikesi) bilan farq qiladi. Bu hol ularning huquqiy nizomlarida aks etgan bo‘ladi. Vazirlik - bu o‘ziga tegishli tarmoqning xo‘jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo‘g‘ini. Vazirlik: • tarmoqning ahvoli, uni yanada rivojlantirish; • fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi; • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va uning raqobatdoshligi; • ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo‘lgan ichki va tashqi talabni qondirish uchun mas’uldir. Vazirlikka O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi hamda vazirlik tizimidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyati uchun vazir to‘liq javobgardir. Vazirlikda vazir (rais), uning o‘rinbosarlari va vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat xay’at tuziladi. Xay’at o‘z majlislarida tarmoqni rivojlantirishga, korxonalarga amaliy rahbarlik qilishga doir asosiy masalalarni ko‘rib chiqadi, quyi organlar rahbarlarining hisobotini tinglaydi. Xay’at qarorlari vazir buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Boshqarish amaliyotida tarmoqlararo xarakterdagi zarurat, ya’ni turli tarmoqlar uchun umumiy bo‘lgan bir qancha maxsus vazifalarni amalga oshirish zarurati kelib chiqadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan maxsus masalalar bo‘yicha bunday muvofiqlashtiruvchi rahbarlikni maxsus vakolatga ega bo‘lgan organlari, ya’ni Davlat qo‘mitalari amalga oshiradi. Download 314.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling