Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari


Download 314.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana13.04.2023
Hajmi314.37 Kb.
#1351526
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-мавзу

Assotsiatsiya - bu korxonalarning paychilik asosida ko‘ngilli birlashmasi. U bir yoki 
bir necha ishlab chiqarish - xo‘jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida 
korxonalarning shartnomaviy asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. 
Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan hududda joylashgan va turdosh kasbga 
ixtisoslashgan korxonalar kiradi. 
Assotsiatsiyani Muassislar kengashi boshqaradi. Bu kengash raisni saylaydi, 
boshqaruvni tuzadi. 
Viloyatlardagi savdo va umumovqatlanish boshqarmalari negizida hududiy savdo 
ishlab chiqarish konsernlari tashkil etildi. Ular muassislar sifatida assotsiatsiya tarkibiga 
kirdilar va viloyatlarning hokimlari tasarrufiga olindilar. 
Korporatsiya - bu rivojlangan yirik aksionerlar jamiyatlari va trestlar birlashmasi. 
Korporatsiyalar negizi aksioner jamiyatlari hisoblanadi. Ular bir xil mahsulotlarning 
asosiy 
ishlab 
chiqaruvchilarini 
birlashtiradi, 
natijada 
ishlab 
chiqarish 
monopollashadi. Ayni paytda korporatsiyalar:| 
• investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi; 
• ilmiy-texnika taraqqiyotiga turtki beradi; 
• mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy siklini ta’minlaydi. 
Bulardan tashqari, faoliyatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib 
qo‘yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aksiyadorning aksiya 
sarmoyasining o‘ziga tegishli qismi bilan erkin tasarruf etishi va boshqalar 
korporatsiyaga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardir. 
Konsorsium - bu aniq vazifalar, yirik maqsadli dastur va loyihalar, shu 
jumladan, ilmiy-texnikaviy, qurilish, tabiatni muhofaza qilish va boshqa dusturlarni 
amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvaqqat birlashma. U ko‘p 
tomonlama qo‘shma korxona, moliyaviy operatsiyalarni hamkorlikda amalga 
oshirish uchun tuzilgan banklararo yoki sanoat korxonalararo bitimdir. 
Konsorsiumning o‘ziga xos xususiyati - bu mustakil yuridik sherik bo‘lgan har 
bir ishtirokchi - korxona bilan bitim tuzishida. Boshqaruvni markazlashtirish ham 
konsorsiumga xos xususiyat. Konsorsiumlarga boshqaruv bo‘yicha qo‘mitalar, 


direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. Konsorsiumlar yuridik shaxslar 
tomonidan va bitimlarga asoslanib tashkil qilingan konsorsiumlarga bo‘linadi. 
Konsorsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik 
va katta miqdordagi sarmoyali sohalar bo‘yicha tashkil qilinadi. Dastur 
bajarilgandan so‘ng konsorium o‘z faoliyatini to‘xtatadi yoki boshqa turdagi 
birlashmaga aylantiriladi. 

Download 314.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling