Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari


Download 314.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana13.04.2023
Hajmi314.37 Kb.
#1351526
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-мавзу

Davlat qo‘mitalari - bu vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, nazorat 
qilish va muvofiqlashtirish yo‘li bilan sotsial-iqtisodiy rivojlanish faoliyatiga rahbarlik 
qilishga mo‘ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir. Qo‘mitalarga 
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan rais boshchilik qiladi. 
Bugungi kunda Respublikamizda 18 ta vazirlik va 13 ta davlat qo‘mitalari mavjud. 
Konsern - bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o‘zgarishi, xilma-xilligining 
ko‘payishi) asosida tarkib topadigan yirik, ko‘p tarmoqli korporatsiya. Uning tarkibiga 
turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli korxonalar ixtiyoriy 
asoslarda kiradi. Bunday korxonalar orasida o‘zaro kooperatsiyalashgan turg‘un 
aloqalar mavjud bo‘lib, ular konsern rivoji yo‘lida: 
umumiy moliyaviy resurslardan
• yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. 
Konsern quyidagiga ko‘ra, ishlab chiqarish belgilariga qarab tuziladi va yagona 
xo‘jalik majmui hisoblanadi. Konsern faoliyatini tashkil etish maqsadida boshqarish 
tizimi yaratiladi. Bunda konsern tarkibiga kirgan har bir qatnashchi o‘z vakolatlari va 
vazifalarining bir qismini, shu jumladan, davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatlarda 
manfaatlarini himoya qilishni ham ixtiyoriy ravishda boshqa korxona va tashkilotlarga 
beradilar. 
Konsernlar, ayniqsa pirovord mahsulot ishlab chiqarish va sotishda o‘zaro bog‘liq 
texnologik jarayonlar, chuqur ichki kooperatsiya mavjud bo‘lgan tarmoqlar uchun xosdir. 
Eng yirik konsernlar o‘nlab va yuzlab korxonalarni, shu jumladan: 
• mahsulot sotadigan; 
• xizmat ko‘rsatadigan; 
• moliya; 
• sug‘urta; 
• ilmny-tadqiqot va boshqa firmalarni birlashtiradi. 


O‘zbekiston Respublikasida 1992 yilning o‘rtalaridan boshlab qator tarmoqlarda 
konsernlar tashkil etila boshlandi. Bu: 
• Neft va gaz sanoatida - “O‘zneftgaz qurilish” O‘zbek davlat konserni; 
• Qurilishda - “O‘zqurilishmaterial” O‘zbek davlat konserni; 
• Farmatsevtika sanoatida - “O‘zfarmsanoat” O‘zbek davlat aksionerlik konserni; 
• Oziq-ovqat sanoatida - “O‘zoziqovqatsanoat” O‘zbek davlat konserni; 
• Matbuotda - “SHarq” nashriyot-matbaa konsernlari va hokazolar. 
Uyushma - bu jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘ngilli jamoat birlashmalari. Bunday 
uyushmalar o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, manfaatlarini himoya qilish va yagona 
ilmiy-texnik siyosatni ta’minlash maqsadida respublika hududida keng tarmoq yozgan.

Download 314.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling