Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari
Download 314.37 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
Xolding kompaniyasi - bu eng avvalo, moliyaviy jamg‘arma bo‘lib,
korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksionerlar jamiyatlari “aksiyalarining nazorat paketi” kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi. Bundan maqsad aksionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish va dividentlar ko‘rinishida fonda olishdir. 15-jadvol Yangi tipdagi firmalar № Firmalar turlari Izoh 1. Lizing firmalar * Bunda salohiyati qudratli xo‘jalik tizimi etarlicha moliyaviy vositalari bo‘lmagan boshqa bir korxonaga mashina-uskunalar va boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat tugagandan so‘ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. 2. Injiniring firmalari * Ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish bilan shug‘ullanadi. * Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi, chet eldagi ilmiy g‘oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib turadi. 3. Konsalting firmalar * Ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug‘ullanadi, xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o‘xshash faoliyat turlariga ko‘maklashadi. 4. Venchur firmalari Bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo‘lib: * ilmiy-muxandislik ishlari; * yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; * tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; * yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish; * ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug‘ullanadi. 5. Seleng firmalari * Ular jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jalb etish va bu mulklardan o‘z ehtiyojlari bo‘yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadilar. Bu mulklarga er maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul, qimmatli kog‘ozlar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling