Iv bob. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalari
Download 314.37 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
Milliy kompaniya - bu noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, transport,
aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosida tashkil etilgan ko‘ngilli birlashma. O‘zbekistondagi milliy kompaniyalar jumlasiga: • “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi; • “O‘zbekiston havo yo‘llari” O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi; • “O‘zbekkino” davlat aksionerlik milliy kompaniyalari va boshqalar kiradi. Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Korxona to‘g‘risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan xo‘jalik sub’ekti bo‘lib, o‘ziga tegishli yoki to‘liq xo‘jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko‘rsatadi, deb ta’kidlangan. Ular o‘z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o‘zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqliligi sharoitlarida amalga oshiradi. Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki korxonaning o‘zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkahokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda, ularning operativ xo‘jalik jihatdan mustaqil ish ko‘rishi va tashabbus ko‘rsatishi asosida boshqariladi. SHu sababli: Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi. Korxonaga davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi. Firma - bu korxonadan farqli o‘laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi, davolash muassasasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin. Download 314.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling