Iv. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 104.75 Kb.
|
Anorning yetishtirish
Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism 2.1. Anor oʻsimligi va uning biologiyasi 2.2. Anorzorlarni barpo qilishda navlarga qoʻyiladigan talablar. 2.3. Anorzor barpo etishda talab etiladigan tuproq xolati 2.4. Anorzorlarni barpo qilishda talab etiladigan omillar III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Keyingi vaqtlarda yurtimizda meva-sabzavot yetishtirish tizimini takomillashtirish, jumladan, meva-sabzavot ekiladigan maydonlarning hosildorligini oshirish, saqlash va qayta ishlash quvvatlarini sezilarli kopaytirish hamda xalqaro moliyaviy institutlarning mablaglarini faol jalb etishga yonaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda yiliga 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Ular tabiiy va tuproq-iqlim sharoitlarining uygunligi bois, eng totli hamda foydali hisoblanadi. Inson salomatligi uchun zarur bolgan mikroelementlar va turli biologik moddalarga boyligi jihatdan esa dunyoda yetakchi orinda turadi. Shunday ekan, savol tugiladi: nega unda umumiy hosilning atigi 14 foizi, yani bor-yogi 1,5 million tonnasi eksport qilinmoqda? Mutaxassislarning fikricha, mahsulot mazali va servitamin bolishi mumkin, lekin marketing yoqligi, jahon bozoridagi holat organilmasligi oqibatida eksport talablariga javob beradigan mahsulotlar yetarli miqdorda yetishtirilmayapti. Dehqon, qayta ishlovchi va eksportchi korxonalar ortasida tizimli hamkorlik yolga qoyilmagan. Sohibkor ekinlarni oz bilganicha joylashtirib, yetishtirilgan mahsulotini sota olmayapti, eksportyor esa meva-sabzavot qidirib yuribdi. Bu xorijlik xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga salbiy tasir korsatyapti. Boz ustiga, bog va tokzorlarda hosildorlik juda past. Masalan, xorijiy davlatlarda bir gektar intensiv bogdan 70-100 tonna, ayrim mevalardan 130 tonnagacha hosil olinsa, yurtimizda bir gektardan 10-30 tonna ananaviy bog-tokzorlardan esa 4-5 tonna mahsulot olinadi. Yurtimizda meva-sabzavotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish boyicha 31 ta agrologistika markazi tashkil etilgan. Lekin aylanma mablaglar yetishmasligi va doimiy mahsulot yoqligi tufayli mavjud quvvatlardan atigi 10-15 foizidan foydalanilmoqda. Anor osimligi Ozbekiston iqlim sharoitiga mahalliylashtirilgan issiq sevar, sugorish suvi va tuproq unumdorligiga talabchan, shorga chidamli ekin. Anor XIX asrning oxirlaridan boshlab Fargona viloyatining Quva tumani xududida keng ekilib kelinmoqda. Bugungi kunda Anor Respublikamizning Fargona, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo va boshqa barcha viloyatlarda ekilib ostirilib kelinmoqda. Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlaridan tashqari Respublikamizning barcha viloyatlarida anor qish oylarida sovuqdan komilib, baxorda ochilib parvarish qilinadi. Mustaqillik yillardan keyin ayniqsa keyingi 4-5 yillarda anorchilikni rivojlantirishga katta etibor berilmoqda. Mamlakatimizda anorchilik maktabi ilk bor Quvada tashkil etilib, butun Osiyoda tajriba sifatida organilgan. Bugungi kunda Quva tumanida 470 ta fermer xojaligi 1 ming 800 gektar maydonda anor yetishtirish bilan shugullanmoqda. Anorchilikni rivojlantirishda serxosil maxalliy navlar bilan bir qatorda kasallik va zararkunandalariga va noqulay ob-xavo sharoitlariga chidamli va xosildorligi yuqori hamda mevasining sifat korsatkichlari yuqori bolgan chet navlarini intraduksiya qilish, anorchilikka ilgor fan-texnika yutuqlarini inovatsion texnologiyalarni joriy qilish amalga oshirilmoqda. Fargona sharoitida ozining istiqbolli dehqonchilik sohasi ekanini amalda isbotladi. Chunki shorga chidamli bu ekin turi har bir xonadonning tomorqasida mavjud. Bir tup anordan 40 kilogrammdan 80 kilogrammgacha hosil berishini hisoblaganda bu tabiat inomi qanchalik serdaromad ekanini anglash qiyin emas. Yana bir etiborli jihati shundaki, u boshqa mevalarga qaraganda uzoqroq saqlanish xususiyatiga ega. Bu ham anorning xaridorgirligini taminlaydi, albatta.Anor 200 (300) yilgacha umr korishi mumkin. Sifatli oziq-ovqat tayyorlash avvalambor xom-ashyo tarkibida bolgan va mahsulotga qoshilgan kimyoviy moddalar turlarini, tarkibini, tuzulishini, olinish usulini hamda texnologik va organizmda xazm bolish jarayonlaridagi ozgarishlarga uchrashi mumkinligini bilib olishga bogliq. Malumki qishloq xojaligi mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil holda aholini yil boyi sifatli turli xil mahsulotlar bilan taminlash masalasini hol qilib boladi. Qishloq xojaliq mahsulotlarini yigish, tashish, saqlash va qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilgor tajribaga suyanib ish korilsa mahsulotning isrof bolishi ancha kamayadi. Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika, biokimyo, biotexnologiya, biofizika, fiziologiya, osimlik-shunoslik, mikrobiologiya va boshqa bir qator fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda. Meva va sabzavotlarni qayta ishlash usulini mahsulotning turiga, naviga, yetishtirilgan regioniga, ularning kimyoviy tarkibiga va boshqa bir qator korsatkichlarga qarab tanlanadi. Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach dastlabki kunlaridan boshlab kichik va orta biznesga keng yol ochib berildi. Yurtimizga koplab chet el investorlari jalb qilindi. Anor navlarini organish otgan asrning 20 yillaridan keyin boshlangan. Ozarbayjon quruq subtropik osimliklar stantsiyasida 1932-1939 yillar mobaynida Zakavkaze, Orta Osiyo respublikalari, Dogiston va Qrimda anor osimliklari boyicha tadqiqotlar otkazildi. 1935 yildan boshlab quruq subtropik osimliklar ilmiy-tadqiqot institutida ushbu osimlikning Orta Osiyoga mansub navlarini va ularni ostirish usullarini organish davom ettirilgan. Nikitski botanika bogi, Dogiston mevachilik stantsiyasi va boshqa ilmiy muassasalarda mahalliy sharoitlarda anor osimligi keng kolamda sinab korildi. Qulay sharoitlar mavjudligi sababli Orta Osiyo respublikalarida anorning turli xil navlari ostirilmoqda.Keng ishlab chiqarish sharoitlarida kopaytirishga anorning quyidagi navlari tavsiya etilgan. Respublikamizda anorning 40 dan ortiq navlari bor. U Ozbekistonning deyarli barcha tumanlarida ostiriladi. Tabiiy holda osuvchi anorlar Ozbekistonning janubiy tumanlarida uchraydi. Anor osimligi qadimdan ekib kelingan eng mashhur tropik va subtopik osimliklar qatoriga kiradi. Ushu osimlikka Ispaniyada katta qiziqish uygotgan va keng hududlarga ekib kelingan (Lanskiy va Nyuman, 2007). Ispaniya Yevropada asosiy anor ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlardan biri sanaladi. Ispaniyada anor yetishtiruvchi maydon janubiy-sharqiy qismda joylashgan. Download 104.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling