Iv. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 104.75 Kb.
|
Anorning yetishtirish
1-jadval
Yangi tashkil etilayotgan anorzorlar belgilangan qoidalar asosida tashkil etilishi tavsiya qilinadi. Atrof muhit va iqtisodiy-ijtimoiy bilim va malakalarga tayangan holda inson salomatligi uchun havfsizbolgan qishloq hojaligi maxsulotlarini yetirishtirish va ularni yigishtirib olish jarayonlarini nazorat qilishga yordam beradi.Kichik, orta va katta hajmdagi fermer xojaliklari oz faoliyatlariga GAP amaliyotini joriy qilish orqali yetishtirayotgan mahsulotlariga qoshimcha qiymat qoshish va mahsulotlari bozorgirligini oshirish imkoniyatiga ega bolishadi. Maxsulot yetkazib berish jarayonida fermerlar ihtiyorlaridagi tabiiy resurslar va shu jumladan ozlarining manaviy-ijtimoiy qadriyatlari bahosini oshirishga qaratilgan tajribalarni amaliyotga joriy qilishga haraka qilishadi. Talab nuqtai-nazaridan, haridorlar (mahsulotni qayta ishlovchilar va ularni sotuvchilar) ularga taklif qilinayotgan qishloq xojaligi mahsulotlarini inson salomatligi uchun havfsiz va sifatli bolishini taminlash maqsadida ularni yetishtirish ekologik toza maxsulot bolishini talab etadi. Haridorlar, oziq-ovqat sanoati va jamiyatni rivojlantirishga hissa qoshayotgan tashkilotlar kundan-kunga oziq-ovqat havfsizligi masalasiga koproq etibor bermoqdalar. Ular yana mahsulotlarni atrof muhit va ijtimoiy tartib qoidalar, yani osimliklarni parvarishlash va zararkunanda kasalliklarga qarshi kurashishda kimyoviy preparatlarda kam foydalanish, ishchilarga belgilangan minimum talablarning qondirilishi, bolalar mehnatidan foydalanish hususidagi halqaro qonunlar normalarini oz vaqtida va benuqson bajarilishi tarafdoridir. Yangi boglarni rejalashtirishda anor rivojlanishida muhim ro’l oynovchi uchta asosiy masalaga alohida etibor berish tavsiya qilinadi: 1. Imkoniyat darajasida kochatlarni sovuq urishdan saqlovchi (hudud); 2. Neytral rN korsatgichiga yaqin namlikni yaxshi otkazuvchan tuproq sharoiti; 3. Yuqori sifatdagi meva etishtirish uchun talab etiluvchi suv manbai; Agar bahor salqin kelsa, mart oyining boshida qazib olingan qalamchalar 25-30 sm qalinliqdagi yangi gonglar tashlangan parniklarda bir necha kun saqlanadi, shunda gong ozidan issiqlik ajratib chiqaradi va qalamchalarga biologik tasir qiladi, birlamchi ildiz bortmachalarining paydo bolishi ancha tezlashadi. Meyorida ishlov berilib tayyorlangan maydonlarga ekilgan qalamchalardan 95-98 foyiz nihol olinishi mumkinligi isbotlandi. Ob-havo sharoitlari. Anor daraxtlari rivojlanishi uchun optimal sharoitlar etarlicha quyoshnuri, iliq qish va quruq (issiq) yoz mavsumidir, ayniqsa meva rivojlanishining songgi bosqichlarida yomgir bolmasligi katta ahamiyatga ega. Bunday sharoitlarda meva eng yaxshi hajm, rang va etarlicha shira oladi, bu esa oz navbatida mevaning yorilishi bilan bogliq muammolarni kamaytiradi.Anor daraxti tinim davrida - 110C haroratda sovuqdan zararlanishimumkin. Izlanishlar shuni korsatadiki anor daraxtlari -9°C dan -12°Cgacha haroratga chidashi mumkin. -20°C dan haroratda esa anordaraxtlarining butun tanasi er yuzasiga muzlab quriydi. Vegetativ mavsum uzoq davom etuvchi, lekin harorat -15°Cdan tushib ketuvchi hududlarda samarali hosil olish maqsadida anor kochatlarini qishki sovuqdan himoyalash tavsiya qilinadi. Kech gullashi sababli odatda erta bahordagi qirovlar anor kochatlari uchun uncha katta muammo tugdirmaydi, ammo kech kuzgi qirov yoki kutilmagan sovuq hosil uchun juda havfli bolishi mumkin. Anor daraxtlari qishki tinim davrida sovuqqa birmuncha chidamli, lekin kuzda tinim davriga toliq kirgungacha bolgan va bahorda kurtak yorish davrlarida sovuqdan aziyat chekishga ancha moyil boladi. Anor daraxtlari issiqqa juda chidamli va 120 kun davomida harorat +30C dan yuqori boladigan hududlarda juda yaxshi rivojlanadi. Download 104.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling