Iv. Foydalanilgan adabiyotlar
Anorzorlarni barpo qilishda talab etiladigan omillar
Download 104.75 Kb.
|
Anorning yetishtirish
2.4. Anorzorlarni barpo qilishda talab etiladigan omillar
Yoruglik - uglerodni assimilyatsiya qilish jarayoni - fotosintezning asosiy omili hisoblanadi. U osimlik organlarining osishi va hosil bolishiga yordam beradi, transpiratsiyasiga, osuvchi organlarning yonalishiga va boshqalarga tasir korsatadi. Yoruglikning ozgarishi bilan osimlik tuproq va havoning harorati, namlik, tuproqning kimyoviy tarkibi hamda mikrobiologik muhit ozgaradi. Anorzorning yoruglik rejimi ochiq joyning yoruglik rejimidan farq qiladi. Shox-shabba va daraxt tagiga yoruglik kam tushadi. Anor aprel oyining boshida havo harorati 12-14°S ga kotarilishi bilan kokara boshlaydi. Kuzda issiq harorat shu darajaga tushganda osishdan toxtaydi. Anorning osish davri naviga, iqlimiga qarab 180-215 kun davom etadi. Anor may oyining boshida gullaydi, birinchi galda qishlab chiqqan kurtaklar gullaydi, oradan 10-15 kun otib, yoppasiga gullash boshlanadi. Anor ozining naviga qarab 120-160 kunda pishib etiladi. Issiqlik energiya omili sifatida transpiratsiya, fotosintez, osuv fazalarning boshlanishi va uzunligiga tasir korsatadi. Issiqlik yetishmasa osuv davrida fotosintez susayadi, osimlik osishdan qoladi, qishga tayyorgarligi yomonlashadi, mevasining sifati buziladi, ularning shira yigishi va pishib yetilishi choziladi, kerakli rangga ega bolmaydi. Issiqlik optimal darajadan kotarilib yoki kamayib ketganda osimlik organizmining hayot faoliyati susayadi malum chegaraga yetganda esa ular osishdan toxtaydi va hatto nobud bolishi ham mumkin. Osimliklarning normal osishi va rivojlanishi uchun uzoq sovuq bolmaydigan malum davrni talab qilibgina qolmay, balki osuv davrida haroratning kerakli ritmda bolishini ham talab etadi. Osuv davrining turli fenofazalarida bir osimlikning ozi issiqlikning har xil miqdorda bolishini talab qiladi. Masalan, ildizlar 2,5-5,4 oS da osa boshlaydi, kurtaklar 5-10oS atrofida yoziladi, meva kurtaklar esa 15-20 oS da differentsiatsiyalanadi Namlik anorning hayotida muhim ahamiyatga ega.Chunki, osimlik barglari, shoxlari, ildizlari, mevalari 72-86 foizini suv tashkil etadi. Suv tasirida bir qator murakkab biokimyoviy, fiziologik jarayonlar, mineral hamda organik moddalarning kolloid holatini saqlanishi, fermentlar tasiri, fotosintez, osish jarayoni intensivligi roy beradi. Suv toqimalarni turgor holatda saqlaydi. U ozining solishtirma issiqlik sigimi tufayli osimliklarda haroratni stabillashtirishga va hokazolarga yordam beradi. Osimlik hujayralarida suv yetarli darajada bolganda organik moddalar sintezi, yetishmaganda esa, gidroliz kuchayadi. Suv osimlikka tuproq orqali tasir etadi. Shuning uchun tuproqning suv rejimi, yillik yogingarchilikni miqdori va ularning taqsimlanishi, yer osti suvlari sathi osimliklar hayotida katta orin tutadi. Anor osimliklarining suvga bolgan talabi osimlik naviga qarabgina emas, balki ularningyoshi meterologik sharoit, tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi va bir qator boshqa omillarga qarab aniqlanadi. Sovuq 10-15C ga yetganda anorning yer usti organlari kuchli zararlanadi. Sovuq 18-20 C ga yetganda, uning yer usti organlari ildiz boyinchasigacha sovuqdan zararlanadi. Qishda anor tuproqga komiladi. (oktyabr oxiridan boshlab). Mart oylarining boshidan boshlab ochiladi. Garchi anorlar qurgoq va yarim quruq hududlarda osib issiqlikni yoqtirsada ular optimal hosil va meva sifatiga erishish uchun ularni quruq mavsum davomida muntazam sugorish kerak. Anor daraxtlari qurgoqchilik sharoitlarida omon qolishi mumkin, ammo yetarli sugorishsiz meva sifati va miqdori kamayishi mumkin. Qurgoqchilik davrida barglar mevadan suv sorayotgani va mahsulot sifatini pasayishi va buzilish oqibatida yuzaga kelishi mumkinligini takidlash lozim. Anor daraxtlari turli tuproq sharoitlariga osonlikcha moslasha oladi, lekin unumdorboz tuproqlarda juda yaxshi rivojlanadi. SHunday bolsada ular turli tuproqsharoitlarida rivojlanishi mumkin, shu jumladan orta meyordagi shorhok tuproqlarda ham. Anor daraxtlari shorlik darajasi bir oz yuqori bolgan tuproqlarda hamrivojlanishi mumkn. Tuproqning suv otkazuvchanligi (suv turib qolmasligi) juda muhim. Anor daraxtlari kislotaligi ortameyordan ishqorliligi bir oz yuqori bolgantuproqlarda ham rivojlanishi mumkin, ular yaxshi rivojlanishi uchun eng yaxshi tuproqsharoitlari bu rN olchami 5.5 va 7.5 oraligidagi tuproq sharoitlari.Tuproqning ishqorliligi yuqori va tuproqning suv otkazuvchanligi yomonlashgansharoitlarda meva sifati buzilishini boshlaydi. Yuqorida tilga olinganidek, ular unumdorligi yuqori boz tuproqlarda yaxshirivojlanadi, lekin ular qumoq va kley (srach) tuproqlarda ham samarali rivojlanishimumkin. Ko`chatlar ekiladigan maydon tekis, sugorish uchun qulay, quyosh nuri yaxshi tushuvchi, quruq va sovuq shamollardan himoyalangan bolishi kerak. Bahor va yoz paytlarida sugorish suvi bilan yetarli taminlangan bolishi alohida ahamiyatga ega. Qalamchalar ekiladigan maydonnning tuprogi yengil yoki ortacha zichlashgan unumdor, shorlanmagan yoki kam shorlangan bolishi kerak. Anor qalamchalarini Fargona viloyati sharoitida (barcha tuproq tarkibi meyordan ortiqcha shorlangan yerlarda ham) yetishtirishda tanlangan yer maydoni pol tizimida yaxob suvi berilishi hamda bir yoki ikki marta tuproqning shorlanish darajasini hisobga olgan holda shor yuvish ishlari olib borilishi lozim. Bahorda qalamchalar ekilishidan oldin yer tekislanib qayta shudgorlanadi. Bunda shudgorlashni tuproq qatlamini agdarmagan holda amalga oshirish mumkin. SHudgorlangan yer zudlik bilan boronalanadi. Yana bir usul chizel bilan ishlov beriladi va chizellangan maydon zudlik bilan boronalanadi. Boronalashdan maqsad tuproq yuza qatlamidagi yirik kesaklarni maydalash, yumshatish va namlikni behuda yoqolishini kamaytirishdan iborat. Aytib otilgan tadbirlar tomorqa va dala hovlilardagi kichik maydonlarda qolda lopata va ketmon bilan amalga oshiriladi. SHu tariqa anor qalamchalarini ekish uchun yer tayyor holatga keltiriladi. XULLOSA Anorni kelib chiqishi, tarqalishi va rivojlanish tarixi.Keyingi yillarda axolini oziq-ovqat maxsulotlariga, sanoatni esa xom ashyoga bolgan talabini qondirish xamda mamlakatimizni eksport saloxiyatini oshirishga katta etibor berilmoqda. Shu jumladan qimmatbaxo meva-anor anorchilikni rivojlantirish maqsadida anorzorlar uchun yer maydonlari ajratish yangi serxosil maxalliy va istiqbolli navlarni kopaytirish, anor yetishtirishda ilg’or inovatsion texnologiyalar qollagan xolda xosildorligi va sifatini oshirishga katta etibor berilmoqda. Oxirgi 5-6 yil davomida Respublikamizda paxta va boshoqli don maydonlari bosqichma-bosqich qisqartirilishi va bu maydonlarga sabzavot poliz, oziq-ovqat yogli ekinlar xamda meva, uzum shu jumladan anorzorlar tashkil qilish kengaymoqda. Birgina Fargona viloyatida yangitdan 2000 gektar maydonga anorzorlar tashkil etildi. Anor juda ham foydali osimlik, bevosita istemol qilinishidan tashqari xalq xojaligining kopgina tarmoqlarida ishlatiladi. Uning tarkibida har xil muhim moddalar bolishi bilan birga u xalq meditsinasida Boyoqchilikda va manzarali osimlik sifatida juda qadirlanadi. Bu esa respublikada meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan korxonalar sonini yanada oshirish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish asosida ularning yalpi ish unumdorligini kotarish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Hozirgi vaqtda yer yuzi aholisi bir sutkada 4,5-5,0 mln tonna ovqat istemol qilayotgan bolib, bu korsatkich yildan yilga ortib bormoqda, chunki har bir sutkada tugilish sonini hisobga olsak, bu korsatkich oz-ozidan ortib boradi. Mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat muammosini kafolatlangan holda xal etish boyicha turli xildagi, mazmundagi Farmonu-qarorlar qabul qilinib hayotga tatbiq etilmoqda. Bunda paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga boshoqli ekinlar maydonini 50 ming gektarga, hamda sabzavot va boshqa oziqa ekinlar maydonini yanada kengaytirish kozda tutilgan. Shu farmon asosida birinchi Prezidentning 2009 yil 26 yanvardagi Qarorida ham mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kopaytirish va oziq-ovqat uchun ekiladigan ekinlarni turini kengaytirish, bu asosda aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan talabini tola qondirish vazifasi qoyilgan. Xalqimiz anorni mevalarning sultoni deya ataydi. Darhaqiqat, unga sinchiklab qarasangiz toj kiydirilganga oxshaydi. Ona yurt nemati, xalqimiz tomonidan sevib istemol qilinadigan anor qadimdan tabobatda keng qollanilgan. Turli kasalliklarni davolash maqsadida uning mevasi, posti bilan birga daraxtning novdasi va postlogi ham ishlatiladi. Bobur Fargona viloyatining marifatida anor va orik mevasining bisyor bolishini qayd etgan. Anorchilik Fargona sharoitida ozining istiqbolli dehqonchilik sohasi ekanini amalda isbotladi. Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach dastlabki kunlaridan boshlab kichik va orta biznesga keng yol ochib berildi. Yurtimizga koplab chet el investorlari jalb qilindi. Anor navlarini organish otgan asrning 20 yillaridan keyin boshlangan. Ozarbayjon quruq subtropik osimliklar stantsiyasida 1932-1939 yillar mobaynida Zakavkaze, Orta Osiyo respublikalari, Dogiston va Qrimda anor osimliklari boyicha tadqiqotlar otkazildi. 1935 yildan boshlab quruq subtropik osimliklar ilmiy-tadqiqot institutida ushbu osimlikning Orta Osiyoga mansub navlarini va ularni ostirish usullarini organish davom ettirilgan. Nikitski botanika bogi, Dogiston mevachilik stantsiyasi va boshqa ilmiy muassasalarda mahalliy sharoitlarda anor osimligi keng kolamda sinab korildi. Qulay sharoitlar mavjudligi sababli Orta Osiyo respublikalarida anorning turli xil navlari ostirilmoqda.Keng ishlab chiqarish sharoitlarida kopaytirishga anorning quyidagi navlari tavsiya etilgan.Respublikamizda anorning 40 dan ortiq navlari bor. U Ozbekistonning deyarli barcha tumanlarida ostiriladi. Tabiiy holda osuvchi anorlar Ozbekistonning janubiy tumanlarida uchraydi. Anor osimligi qadimdan ekib kelingan eng mashhur tropik va subtopik osimliklar qatoriga kiradi. Ushu osimlikka Ispaniyada katta qiziqish uygotgan va keng hududlarga ekib kelingan (Lanskiy va Nyuman, 2007). Ispaniya Yevropada asosiy anor ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlardan biri sanaladi. Ispaniyada anor yetishtiruvchi maydon janubiy-sharqiy qismda joylashgan.Anor qimmatbaho subtropik o`simliklardan biri. O`zbekistonda anor boshqa mevali daraxtlar ichida 5-7 foyz maydonni egallaydi, bu esa aholining anorga bo`lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Shu sababli kam harajat qilgan holda ko`p miqdorda anor ko`chati yetishtirish va anorzorlar barpo etish muhim masala bo`lib qolmoqda. Anor issiqsevar osimlik, foydali harorat summasi 5000 0S ga yetganda undan alo sifatli meva olinadi. Janubiy hududlarda anor dengiz sathidan 1200 m balandlikda, qariyib 700 mm yogingarchilik tushadigan lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Anorzor boglar bir yillik kochatlardan barpo etiladi. Anorzor bog barpo etish uchun yer boshqa meva daraxtlar uchun tayyorlangandek, odatdagi usulda tayyorlanadi. Anor sovuq shamollardan himoyalangan va quyosh qizdirib turadigan unumdor qumoq boz yerlarda osadi. SHorlangan va botqoqlashgan yerlarda yaxshi osmaydi. Anor kochatlari bir-biridan 4 x 2 m oraliqda, lalmikor yerlarda ostirilganda esa 5 x 4 m oralatib otqaziladi. Anor chetdan changlanadigan osimlik, lekin oz-ozidan ham changlana oladi. Shuning uchun, anorning har xil navlarini aralashtirib ekish Download 104.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling