Iv. Foydalanilgan adabiyotlar


Anorzor barpo qilishda navlarga qoʻyiladigan talablar


Download 104.75 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi104.75 Kb.
#1505597
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Anorning yetishtirish

2.2 Anorzor barpo qilishda navlarga qoʻyiladigan talablar.
Butun dunyo bo‘ylab turli milliy, mintaqaviy va xalqaro navlar kolleksiyasida 2000 dan ortiq mahalliy navlar mavjud. Anorning yovvoyi va maxalliylashtirilgan kolleksiyalari Sharqiy Osiyo,Yevropa, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada, xususan, Albaniya, Kipr, Italiya, Ispaniya,Fransiya, Germaniya, Vengriya, Isroil, Portugaliya, Rossiya, Tunis, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina,AQSH, O‘zbekiston, Hindiston, Marokash, Gretsiya, Misr, Eron, Xitoy, Tojikiston, Kiprdamavjudligi ma’lum. Turli xil navlar kolleksiyalari orasida Garrigala-Turkmaniston, Sankt-Peterburg - Rossiya, Erondajuda katta navlar kolleksiyalari mavjud. Garrigala - Turkmaniston kolleksiyasidagi navlar,anorning kelib chiqish joyi sifatida qaraladigan Markaziy Osiyo geografik mintaqasida to‘plangan namunalar bo‘lganligi sababli Turkmanistonning Garrigala navi kolleksiyasiga alohida qiziqish mavjud. Garrigala navi kolleksiyasida Zakavkaziya va Ispaniya, AQSH, Eron, Tojikiston, Hindiston kabi xorijiy mamlakatlardan anorlarni namunalari mavjud.
Boshqa muhim 200 – 300 hil navlar Ozarbayjon, Ukraina, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlari tomonidan kolleksiyalarga kiritildi. (masalan, Toshkentdagi Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining o‘zbek anorlari).
O`zbekistonda anorning qirqqa yaqin navlari bor. Ular orasidan sifati jihatidan jahon standart anorlaridan qolishmaydigan navlar ko`plab topiladi. Anor juda ham foydali o`simlik, bevosita ist`emol qilinishidan tashqari xalq xo`jaligining ko`p gina tarmoqlarida ishlatiladi.
Anorning tabiiy tarqalish geografiyasi – O’rta Osiyo, Turkiya, Ozarbayjon, Janubiy Amerika, Gruziya, Eron, G’arbiy Turkmanistonning janubiy qismi, Afg’oniston, B.S.Rozanov ma’lumotlariga ko’ra – Shimoliy G’arbiy Hindiston, Shimoliy-Sharqiy Afg’oniston, Zakavkazedagi Katta Kavkaz tizma tog’lari, Kichik Osiyo, Arabiston dengizi sohillarida ham uchraydi.
Anor navlari va turlarini tanlash
Anor navlari nafaqat hosildorligi, balki quyidagi sifatlardan kelib chiqqan holda tanlanishi shart:
1.Ob-havo va ma’lum bir hudud mikroklimatiga moslasha olishi talablaridan kelib chiqqan holda;
2.Ma’lum bir hududdagi zararkunanda hashorot va kasalliklarga chidamligi;
3.Ozuqa va suvga bo‘lgan talablardan;
4.Daraxtning o‘sish sur’ati, bu ekish sxemasini belgilaydi;
5.Haridorlar va bozor talabidagi maxsulot sifati;
Kalforniya Devis Universiteti tavsiyalariga ko‘ra anor daraxtlarini ekayotganda ularning changlatuvchilarini ham qo‘shib ekish tavsiya etiladi. Agar siz tanlagan navning changlatuvchi naviga ham bozorda talab bo‘lsa, unda changlatuvchining siz tanlagan navga nisbati 1:1 foizda bo‘lishi tavsiya qilinadi. Agar siz tanlagan navning changlatuvchi naviga bozorda talab yaxshi bo‘lmasa, unda changlatuvchining siz tanlagan navga nisbati 1:9 foizda bo‘lishi tavsiya qilinadi.SHunday bo‘lsada, ba’zi navlar ko‘proq hosil tugushi va meva hajmikatta bo‘lishi uchun changlatuvchi navni zichroq ekilishini talab qiladi.
Anor daraxtlari odatda o‘zidan, boshqa navlar va hashoratlar xamda asalarilar yordamida changlanadi. Ularni shamol yordamida changlanishi juda sust deb topilgan. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘z-o‘zini changlatuvchi navlarninghosildorligi har-hil. O‘z-o‘zini changlatuvchi navlar gullarinazoratga olinganda 45% foizgacha meva tukkan, boshqa navlaryordamida changlanuvchi navlar nazortaga olinganda hosildorlik 68%ga ortgan. Katta hajmdagi bog‘larda faqat bir navli anor ko‘chatlarini ekish tavsiya etilmaydi. Mavsum davomidagi pishib borish tartibi bo‘yicha bir nechta navdan foydalanish maqsadga muvofiq, bu usul hosil yig‘ishtirish jarayoni va bog‘ni boshqarish jarayonlarini maksimallashtiradi, ya’ni ishchi kuchi va texnikalardan unumli foydalanish imkonini beradi.

Download 104.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling