Iv. Foydalanilgan adabiyotlar
Anor oʻsimligi va uning biologiyasi
Download 104.75 Kb.
|
Anorning yetishtirish
2.1 Anor oʻsimligi va uning biologiyasi.
Anor issiqsevar osimlik, foydali harorat summasi 5000 0S ga yetganda undan alo sifatli meva olinadi. Janubiy hududlarda anor dengiz sathidan 1200 m balandlikda, qariyib 700 mm yogingarchilik tushadigan lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Anorzor boglar bir yillik kochatlardan barpo etiladi. Anorzor bog barpo etish uchun yer boshqa meva daraxtlar uchun tayyorlangandek, odatdagi usulda tayyorlanadi. Anor sovuq shamollardan himoyalangan va quyosh qizdirib turadigan unumdor qumoq boz yerlarda osadi. SHorlangan va botqoqlashgan yerlarda yaxshi osmaydi. Anor kochatlari bir-biridan 4 x 2 m oraliqda, lalmikor yerlarda ostirilganda esa 5 x 4 m oralatib otqaziladi. Anor chetdan changlanadigan osimlik, lekin oz-ozidan ham changlana oladi. SHuning uchun, anorning har xil navlarini aralashtirib ekish hosildorlikni oshiradi. Anor kochatlari asosan bahorda - mart oyi oxiri aprel oyi boshlarida ekiladi. Kochatlar ekiladigan oralarning chuqurligi 60 sm, kengligi 75 sm gacha boladi. Kochatlar ekishdan oldin yerlar chuqur 40-50 sm chuqurlikda plantajli pluglar bilan agdarib haydalishi lozim. Kochatlar ekilgandan song joyaklab sugoriladi. Sugorilgandan 2-3 kun otgach, kochatlar togrilab chiqiladi va zarur bolsa, ular tagiga tuproq tortiladi. Anor kochatlari otqazilgan dastlabki yili vegetatsiya davri davomida 10-12 marta (gektariga 600-700 m3 hisobida) sugoriladi. Anorlar tuprogining namligi dala nam sigimiga nisbatan 75-80% da saqlanadi. Oxirgi suv oktyabrning birinchi on kunligida beriladi. Har galgi sugorishdan song tuproq yetilishi bilan sugorish egatlari va osimlik taglari hamda qator oralari yumshatiladi. Osimlik qator oralari yoz davomida 4-5 marta yumshatiladi. Kuzda anor tuplari yostiqcha olinib tuproq bilan komiladi. Qishda qattiq sovuq bolmaydigan va harorat 15-16 S dan pastga tushmaydigan, janubiy hududlarda anor tuplari komilmay ostiriladi. Dastlabki ikki yil davomida qator oralari qora shudgorligicha qoldiriladi, undan keyingi yillar qator oralariga siderat ekinlarni ekish maqsadga muvofiq boladi. Hosilga kirgan anor osuv davrida 9-10 marta sugoriladi. Sugorish normasi gektariga 800-900 m3, anor tuplarini qishda oson bolishi uchun osuv davrida bostirib sugoriladi. SHoxlar mogorlamasligi uchun qishda sugorilmaydi, lekin qish juda quruq kelganida bir-ikki marta gektariga 1500-2000 m3 meyorida sugoriladi. Yosh anorzorlar bog barpo qilgandan song uchinchi yildan boshlab gektariga 25-30 t hisobidan gong berilib ogitlanadi, beshinchi yildan boshlab esa har uch yilda bir marta 35-40 t dan gong ishlatiladi. Mineral ogitlardan dastlabki ikki yilda har yili gektarga tasir etuvchi modda hisobida 30-35 kg dan azot, 20-25 kg dan fosfor va 7-8 kg dan kaliy solinadi. Uchinchi, tortinchi yilda azot va kaliy miqdori ikki barobar, fosforni esa 1,5 barobar oshiriladi. Besh yoshli va undan oshgandan keyin har gektarga azot normasi 100-120 kg/ga, fosforniki 60-65 kg va kaliyniki 25-30 kg/ga yetkaziladi. Unumdorligi past yerlarda azot va fosfor miqdori 1,5-2 barobar oshiriladi, shulardan azotning 50% i yoz davomidagi oziqlantirishda beriladi. Ogitlar yosh boglarda 15-20 sm chuqurlikda, hosilga kirgan anorzorlarda esa 35-40 sm gacha chuqurlikda solinadi. Kuzda anor tuplari qishga komilgandan keyin, qator oralari 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. Shudgor qilingan yer bahorda boronalanadi, qatordagi osimliklarni yonlari esa, osuv davri davomida 2-3 marta yumshatiladi. Muntazam ravishda sugorib turish muhim orin tutadi, aks holda anorlar yorilib ketadi. Har galgi yoki har ikki sugorishdan keyin oralari yumshatiladi. Anor kochati ekilganidan keyin birinchi yildan boshlab 3040 sm balandlikda 45 ta asosiy shox qoldirib past boyli daraxt korinishida yoki 34 asosiy shox qoldirib butasimon shakl beriladi. Har yili qurigan, nimjon rivojlangan, eskirgan ozak novdalar kesib turiladi. Vegetatsiya davrida 610 marta sug’oriladi, qator oralari yumshatiladi, begona otlardan tozalanadi, oziqlantiriladi. Anor daraxti sovuqqa chidamsiz bolib, 10 darajagacha chidaydi. Anor daraxtining qishli kunlardan saqlab qolish uchun uni komish kerak. Komish uchun eng qulay vaqt oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining birinchi on kunligidir. Chunki bu vaqtda anor daraxti tanasida suv bolib, yaxshi egiladi va sinmaydi. Zax yerlarda yerga bir qavat xas-xashak tashlanadi, anor yotkizilib, ustiga yana bir qavat xas-xashak tashlab, shoxlari yig’ishtirilib komiladi. Iloji boricha anor tanasiga tuproq tegmay xashak ustida bolishiga etibor bering. Shundagina daraxt qishdan omon chiqadi.Yana bir jixati borki, qish chozilib ketgan davrda anor tanasini tuproq «yalamay», unga ziyon yetkazmaydi. Baxor boshlanib, mart oyining oninchisini otkazib, qishi bilan tayyorlangan ogit bolsa, anorning chuqurlariga solib ustidagi tuprogini tushirib, qoyiladi. Faqatgina xashagini olinmaydi, chunki, kutilmagan sovuq tushib, tuproq ostidan issiq chiqqan anor daraxtiga tez tasir qilishi mumkin. Xamal boshlanib, mart oyining 20-chisidan songgina uning xashaklari olinib, yeri tekislanadi.Ayrilar qoyib, singan shoxlari olib tashlanadi. Ishlov berish chogida zinxor otmas chopqi va bolta ishlatmaydi. Anor daraxti tanasidagi kochib qolgan postlogini tozalab, oxaklab qoyishyoki butun tanasini dorilab chiqishga etibor qaratiladi.Bu bilan anor daraxti tanasida qishlab soglom chiqqan zararli xasharotlarni kopayishini oldini olgan boladi. Shundan song anorga suv berish kerak. Aprelning oxiri may oylarida anorga suv berishga extiyoj bolmaydi. Uning tanasidan osib chiqqan xom navdalarni olib tashlab, tagini ketmon bilan chopib chiqiladi. Shundan song anor daraxti ogitlanadi. Ogitlashning turli yollari bor. Bu kop ogit yigishga bogliq. Agar kop ogit yiqqan bolinsa xar bir anor daraxti atrofini kavlab tomiriga tegmaydigan qilib bir zambirdan chirigan gong solib, komilgani maqul. Bu usulda gongdagi mavjud azot, fosfor, kaltsiy va boshqa ogitlar daraxtga meyorida yetib boradi. Ogitlashning yana bir usuli-bogingizga suv kiradigan tomoniga xandaq qazib, qishi bilan ogit jamgariladi. Suvni shu xandak orqali beriladi.Ogitni tez-tez aralashtirib turiladi. Bu usul suv bilan ogitlash, yani sharbat berish deyiladi.Keyingi suvni may oyining oninchisidan song berish nixoyatda foydalidir. Qiyg’os gulga kirgan daraxt suv bilan birinchi gullarini ushlab qoladi. Bu bilan anor serxosil bolib, dastlabki, tug’ilgan mevalari yirik va shirin boladi.Xar suv bergandan song yer qurigach, ketmon bilan agdarib, ayrisini togrilab qoyiladi. Yangi osib chiqqan yovvoyi novdalarni yulib tashlashni xam nazardan qochirmaydi. Anordan mol xosil olish uchun saraton suvidan kamida ikki bor qondirib sugoring. Shundan song yana begona ot-olanlarni yulib, daraxt tanasidagi yosh navdalarni olib tashlashga etibor qaratiladi. Avgust oyining oxiri-sentyabr oyiboshlarida yerning sharoitiga qarab anorga yana suv beriladi. Bu paytda anor xosili korinib, kozni quvontirarli darajaga yetadi. Xar bir tup daraxtni sinchiklab kozdan kechiradigan bogbon ayrim daraxtlar kam xosil qilganini guvoxi bo`ladi. Bundan xulosa chiqarishga shoshilmang, chunki anor daraxti kamida uch yilda bir marta dam oladi, juda oz miqdorda xosil beradi. Sentyabr oyining oninchisidan song anorga suv berish toxtatiladi.Chunki, keyingi suvlarni foydasi bolmay, aksincha, pishgan anorlarni yorib yuboradi.Anor mevasining pishganini terib olib, yana suv beriladi, bu keyingi xosilni pishishi va anor bog`ingizni yumshoq turishga yordam beradiki, anor daraxtini komish paytida ildizi bilan egiltirishga xamda anorni sindirmay komishga yordam beradi.Shunday qilib, baxor va yoz mavsumi anor daraxtini 4 marta butash va tagini chopish, yer sharoitiga qarab, olti -sakkiz marta sugorishni maqsadga muvofiq. Zarur xolda xashoratlarga qarshi kurash vaziyatga qarab olib boriladi. Anor asosan, qalamchadan kopaytiriladi. Unumdor qumoq, ita yetarli yaxshi osadi. Chidamli, lekin namsevar. Yerning unumdorligiga qarab, kochat oraligI 4x4 va 5x4, tomorqa-larda 3x3 m qilib ekiladi. Ozbekiston sharoitida kech kuzda xashak, qamish bilan yopiladi yoki tuproqqa komilib, bahorda ochiladi 180215 kun. Yozdan kuzgacha gullaydi. Mevasi 120160 kunda ikkinchi yarmida pishadi.-15°-17° sovuqqa chidaydi,-20° da yer usti qismini sovuq urib ketadi. Anor 34 yoshdan meva tuga boshlaydi, 810 yoshdan toliq hosilga kirib, 3040 yil meva beradi, 200 s/ga gacha boradi. Bu oila filogenetik jihatdan mirtadoshlar oilasiga yaqin bolib, unga bitta turkumga mansub 2 ta tur kiradi.Bittasi sokotra anori (Punica protopunica). U Sokorta orolida osadi, ikkinchisi oddiy anor (P.granatum) Yevropaning Janubi-Sharqiy qismiga yaqin Sharq va Orta Osiyoda tarqalgan. Ozbekistonda oddiy anor tabiiy holda ham osadi. Ikkala tur ham buta yoki kichik daraxtdan iborat. Gullari aktinomorf, ikki jinsli. Gulqorgoni murakkab, gultoji qizil rangli. Urugchisi (onaligi) normal rivojlangan, kozachasimon guli meva tugadi, urugchisi qisqa, qongiroqsimon gullari odatda meva tugmaydi. Anor chetdan changlanadi. Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin mevalisida tikani kamroq). May-iyun oylarida gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8 sm gacha), och qizil, shoxi uchida bitta, ikkita, bazan beshtagacha joylashadi. Guli ikki xil: hosilli va hosilsiz boladi. Hosil tuguvchi gullar biroz yirik, yani 5 sm atrofida, hosilsiz gullar undan kichikroq boladi. Hosilli gullar hosilsiz gullardan farqi, shakli kozachasimon bolib hosilsiz gullarda kozachasimonlik kuzatilmaydi va ular tez tokilib ketadi.Asosiy tanadan shakllantirilgan shoxlarda mayda tikanli hosil shoxchalari shaklllangan boladi. Havo harorati -150S dan past bolganda anor daraxtini sovuq urishi kuzatiladi. Shuning uchun ham Fargona viloyatidan boshqa viloyatlarda anor tupi oktyabr oyida 10-15 sm qilib tuproq qatlami bilan komiladi. Download 104.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling