Iv. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 104.75 Kb.
|
Anorning yetishtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qrim-qirmizi-shirin-nar.
- 2.3. Anorzor barpo etishda talab etiladigan tuproq xolati
Qizil-qobig-shirin-nuri. Armanistonning Megrin tumanida ostiriladi. 1937 yildan buyon Ozarbayjonda sinab korilmoqda. Mevasi yirik. Posti va bolaklari oraligidagi tosiqning qalinligi ortacha. Mevasi tiniq tusli, qizil, donalari yirik, toq sariq, shirin, xushboy. Tarkibidagi qand 14,2%, kislota 0,49%. Mevasi oktyabr ortalarida yetiladi. Bir tupidan ortacha 38 kg hosil olinadi. Ag-nuri-shirin. Armanistonning Megrin tumanida ostiriladi. Mevasining yirikligi ortacha, vazni 150-200 grammga yaqin, toq sariq, shirin, xushboy. Tarkibidagi qand 12,23%, kislota 0,32%. Mevasi oktyabr oxirida yetiladi. Bir tupidan ortacha 40 kg hosil olinadi.
Qrim-qirmizi-shirin-nar. Qrimda ostiriladi. 1934 yildan buyon Ozarbayjonda sinab korilmoqda. Mevalari maydaroq, toqqizil tusda. Tarkibidagi qand 15,5%gacha boradi, kislota 0,9%. Mevasi oktyabr ortalarida yetiladi, serhosil. Bir tupidan ortacha 45-50 kg hosil olinadi. Mevasi sharbat olish uchun ayniqsa maqbuldir. 2.3. Anorzor barpo etishda talab etiladigan tuproq xolati Anorzor barpo qilish uchun uchun ajratilgan yer tekis, sug`orish uchun qulay, oftob, quruq va sovuq shamollardan himoyalangan, tuprog`i yengil va o`rtacha zichlashgan, unumdor, shuningdek, noyabr, dekabr oylarida gektariga 90 kg dan fosfor, 10-20 tonna atrofida organik o`g`it solinib, 30-35 sm chuqurliqda shudgorlangan bo`lishi kerak. Ayniqsa, bahor va yoz oylarida suv bilan ta`minlanishning ahamiyati kattadir. Ekish oldidan qalamchaning pastki uchi kurtak qadoq qabariq ostidan biroz qiyshaytirilib kesilsa, yosh ildizchalarning paydo bo`lishi osonlashadi. Tayyorlangan qalamchalar dastalanib, bir necha soat oqar suvga tashlab qo`yilgandan so`nggina ekishga tayyor hisoblanadi. Ekib bo`lingach, pushtalari qorayguncha jildiratib suv beriladi. Shunda qalamcha bo`g`zidagi tuproq cho`kib, zichlashadi va ildiz chiqarishi osonlashadi. Ob-havo va tuproq sharoitiga qarab, qalamchalar o`sish davrida 10-12 marta sug`oriladi va tagi yumshatiladi. Yangi tashkil etilayotgan anorzorlar quyidagi tamoyillariga asoslanganbolishi maqsadga muvofiq: -bogning agronomik nuqtai nazardan togrishakllantirilishi: -bogyuqori va sifatli hosil olish tamoyillarigaasoslangan holda tashkil etilishi shart. -bogning atrof muhit va er resurslaridan unumli foydalanishi. -bogning atrof muhit va er resurslaridan unumli foydalanishi. -bog tashkil etilishida ekologik unsurlar etiborga olinishi shart. Bog tashkil etilishida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar etiborga olinishi; Bogda ishchilar uchun qulay mehnat sharoitlari va iqtisodiy jihatdan qishloq hududlari uchun zarur bolgan daromad va bandlik imkoniyatlarining yaratilishi, hamda shu bilan birga haridorlar uchun havfsiz va sifatli meva yetishtirilishi; Yangi tashkil qilinayotgan anorzorlar yuqori daromad olish va mavjud texnik resurslardan unumli foydalanish imkonini bera oluvchi tizimda yaratilishi shart.Mana shu bosqichda, bog uchun tanlangan tizim tuproq va ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda samarali rejalashtirilishi tavsiya qilinadi.
Download 104.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling