Iv. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 104.75 Kb.
|
Anorning yetishtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Achchiq dona
- Yupqa pochoq
- Qizil pochoq
Qozoqi-anor. Ozbekistonning janubiy hududlarida va Orta Osiyo respublikalarining boshqa tumanlarida keng tarqalgan. Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Ozbekistonda keng maydonlarga ekish uchun tavsiya etilgan. Tupi sershox, ortacha tikanakli. Barglari kichik, nashtarsimon. Gullari kozasimon va qongiroqsimon, pastga egilgan, toqqizil tusli. Mevalari yirik, vazni 300 400 gr, yumaloq, boyni togri, uzunligi 13,5, diametri 17,1 mm, pallasi egik, bazida 13 mm.gacha buralgan. Posti va donalari oraligidagi tosiqlar ortacha qalinlikda. Mevalari och malina tusli; asosiy mevalari sariq nimyashil, mevasi bir-xil och malina rangi bilan qoplangan, mayda nuqtachalari bor. Doni toqqizil, yirik, uzunligi 13 mm.gacha, uruglarining uzunligi 8 mm.gacha. Mazasi shirin xushboy, sharbati malina rangida. SHarbat chiqishi 40-45%. Mevasida qand 15,9 20,4%, kislota 0,9 1,85%. Mevalari oktyabrning birinchi yarmida yetiladi. 1 tupdagi hosildorligi: Orta Osiyoning yopiq maydonchalarida 25 kg, Ozarbayjonning ochiq dalalarida 35 40 kg. Mevasining saqlanish muddati 6 oy. Mevalaridan yangiligicha istemol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Achchiq dona Ozbekiston mahalliy navi. Ozbekistonning Namangan, Andijon va boshqa viloyatlarida ostiriladi. 1932 yildan buyon Ozarbayjonda ekilmoqda. Tojikiston va Turkmanistonda ekish uchun tavsiya etilgan. Tupining boyi ortacha, shoxlari yoyilib osadi. Mevalari yirik vazni 400-500 gramm, bazan 1 kg.gacha yetadi, tiniq malina tusli boladi. Posti qalin, pallasining yirikligi ortacha. Asosan sirti ochsariq, malina tusli. Ortacha yirik donalari toqqizil. Mazasi nordonroq. Ozarbayjondagi mevalari sharbatida qand 14%, kislota 2,5%, Ozbekistondagi mevalarida qand 15,71% va kislota 2%. SHarbat chiqishi 42-48%. Mevalari oktyabrning ikkinchi yarmida yetiladi. Ozarbayjonda sakkiz yillik osimligining bir tupidan 15 25 kg.gacha hosil olingan. Ozbekistonda kop yillik tupidan 12 20 kg.gacha hosil olinadi. Istemol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi. Yupqa pochoq (bumajniy). 1931 yilda Ozarbayjonga Chudesniy nomi bilan keltirilgan. Ozarbayjon, Armaniston va Orta Osiyo respublikalarida ostirilmoqda. Gruziya, Ozarbayjon va Turkmanistonda ekish uchun tavsiya etilgan. Mevalari maydaroq, ortacha vazni 200 gramm, yumaloq, posti va donalari oraligidagi tosiqlari yupqa. Asosiy rangi och sariq, qoplami qizil, dogli. donalari qizil, uruglari kichik, xushboy. Mazasi shirin. Tarkibidagi qand 12,75%, kislota 0,2%. SHarbati malina tusli. SHarbat chiqishi 60% gacha. Mevasi oktyabr boshlarida yetiladi. Bir tupidan ortacha 60-70 kg hosil olinadi. Mevasidan qayta ishlash uchun foydalaniladi. Sovuqqa mahalliy navga nisbatan chidamsizroq. Oq dona Ozbekiston mahalliy navi. Ozbekistonda, Tojikistonda, 1933 yildan buyon Turkmanistonda ostirilmoqda. Tupi boychan, yignoq. Gullari yirik, kozasimon va qongiroqsimon, toqqizil tusli. Mevalari yirik, vazni 400 gr va undan koproq, yumaloq; pallasi kichikroq, yignoq; pallasining bogzi konussimon, balandligi 6 mm; Asosiy rangi ochsariq, sirti qizgish, toliq va qisman dogli. SHarbat chiqishi 62%. Mazasi shirin, xushboy, tarkibidagi qand 14,1%, kislota 0,52%. Ozarbayjonda serhosil, past haroratga nisbatan chidamli nav 18 hisoblanadi. Mevalari oktyabr boshlarida yetiladi. Saqlanishi qariyb 2 oy. Yangiligicha istemol qilish uchun foydalaniladi. Qizil pochoq. Ozbekistonda ostiriladi. 1933 yildan boshlab Ozarbayjonda ekilmoqda. Qirgizistonda kopaytirish uchun tavsiya etilgan. Tuplarining boyi uzun, sershox. Mevasining vazni 300 gramm, yumaloq, qizil, uruglari qizil, mazasi nordonroq. Mevasi oktyabrda yetiladi. Bir tupidan ortacha 45 kg.gacha hosil olinadi. Mevalaridan yangiligicha istemol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi. Download 104.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling