Iv guruh kationlari Al3+, Cr3+5+, Zn


Simob (II) xloridni qaytarishda


Download 178.67 Kb.
bet10/12
Sana30.09.2023
Hajmi178.67 Kb.
#1690234
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-LABORATORIYA MASHG'uloti

2. Simob (II) xloridni qaytarishda2-3 tomchi SnCl2 eritmasiga bir tomchi HgCl2 eritmasi qo'shilganda, Hg2Cl2 ning oq cho'kmasi hosil bo'ladi. Birozdan so'ng, cho'kma metall holatdagi Hg gacha qaytarilib, qorayadi:
2HgCl2 + SnCl2 → Hg2Cl2↓ + SnCl4
Hg2Cl2 + SnCl2→ 2Hg↓ + SnCl4
Bu reaksiya Sn2+ ionini topishda asosiy analitik reaksiya sifatida qo'llaniladi.
2.3. Pikrin kislotaning qaytarilishiSn2+ ionini topishda o'ziga xos reaksiya sanaladi. Bu reaksiyani gazeta qog'ozida tomchi usulida bajarish qulay. Buning uchun qog'ozga pikrin kislotaning bir tomchi suvli eritmasi va bir tomchi qalay (II) eritmasi tomiziladi. Qog'ozni ozroq qizdirganda eritmalarning yutilishi tezlashib, natijada pikramin kislotaning yorqin to'q sariq rangli dog'i paydo bo'ladi:
5Sn2+ + 2C6H2(NO2)3OH + 12H+→ 5Sn4+ + 2C6H2(NO2)2(NH2)OH + 4H2O
Reaksiyani ishqoriy muhitda probirkada ham o'tkazish mumkin. Bunda 5 tomchi tekshiriladigan eritmaga bir tomchi pikrin kislota va Sn(OH)2 cho'kmasi hosil bo'lguncha tomchilatib, ammiak eritmasi qo'shib, aralashma qizdiriladi. Hosil bo'ladigan pikramin kislota eritma va cho'kmani qizil rangga bo'yaydi.
Kumush va simob ionlari ishtirokida ularning qaytarilishi natijasida hosil bo'ladigan erkin metallaning qora rangi pikramin kislotaning qizil rangini niqoblab, reaksiyaga xalaqit beradi.
4. Rux metali qalay (II) va (IV) ionlarini metallgacha qaytaradi, natijada kulrang cho'kma paydo bo'ladi:
Sn2+ + Zn → Sn↓ + Zn2+
Sn4+ + 2Zn →Sn↓+ 2Zn2+
Qalay metali xlorid kislotada eriganligi uchun muhitning kislotaligi yuqori bo'lmasligi kerak.


4.5. Qalay (IV) kationining reaksiyalari

Download 178.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling