Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Asosiy tabiiy va antropogen (YAdro energetik) radionuklidlarning harakteristikasi


Download 1.87 Mb.
bet41/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Asosiy tabiiy va antropogen (YAdro energetik) radionuklidlarning harakteristikasi.

7-jadval

Radionuklid

YArim emirilish davri

So‘rilishi, %

Organizmida eng ko‘p to‘planish joyi

Organizmda aktivlikning 2 marta kamayish vaqti

Nurlanishlarning o‘rtacha energiyasi

O‘rtacha yillik dozasi (mBer)

α

β

γ

Kaliy (K40)

1,3*109 yil

100

Organizmda, bosh miya, eritrotsit

58 sutka

-

0,5

0,16

Butun organizmda bir yilda 

Uglerod (C14)

5730 yil

100

YOg‘larda, suyak to‘qimalarida

To‘planmaydi

-

4,9*10-2

-

YOg‘ to‘qimalarida 4,2

Radon (Rn222)

3,8 sutka

So‘rilmaydi

To‘planmaydi nafas yo‘llarini nurlantiradi

To‘planmaydi

5,5

1*10-5

1*10-4

O‘pkada 

Toron - 220

54,5 sutka

So‘rilmaydi

Radiy (Ra226)

1620 yil

0,5-1

Skeletda 80 % gacha

17 yil

4,7

3,6*10-3

6,7*10-3



Toriy (Th232)

1,4*1010 yil

1

Suyak to‘qimasi va jigarda

22 yil

4,07

1,5*10-2

1,3*10-3

0,007-0,7

Poloniy (Po209)

103 yil

43

Suyak to‘qimalarida, o‘pkada

50 sutka

5,75*102

5,8

1,55

O‘pkada 0,002 gacha

Stronsiy (Sr90)

29,1 yil

5

Skeletda, butun organizmda

5700 sutka

-

0,3-1,0

-

Muhitda fon miqdori 0,045 Ku/km2

Yod (I131)

8,06 sutka

100

Buqoq bezida

7 sutka

-

0,2

0,4

-

Yod (I129)

1,57*107 yil

6,4*10-2

2,5*10-2

Seziy (Cs137)

30 yil

76

Butun organizmda jigarda

1,38 sutka

-

0,2

0,6

Muhitda fon miqdori 0,08 Ku/km2

Seziy (Cs134)

2,06 yil

0,2

1,6

Plutoniy (Pu238,239)

8,9*106 sutka

0,35

O‘pkada (aerozol holda buyrak, jigarda ham to‘planadi)

3,2*104 sutka

5,5

1*10-2

8*10-4

Fon miqdori 0,005 Ku/km2

Xususan eng asosiy antropogen, ekosistemalarda doimiy migratsiya qiladigan, radiatsion fonni va energetik spektrni o‘zgartiradigan nurlanishlar yadro-energetik radionuklidlardir. Asosiy radiatsion fonni belgilaydigan, muhit tarkibida tekis taqsimlangan, yadro qurollari portlashi natijasida (yadro qurollarini sinashda) hosil bo‘lgan radionuklidlar paydo qilgan fonni taqsimoti quyidagi rasmda ko‘rsatilgan [6].



68-Rasm. Radionuklidlarning Er mintaqasida taqsimlanishi.
Antropogen nuklidlar asosan yadro qurollarni sinashda va boshqa yadro portlashlarida paydo bo‘ladi.

1945-2001 yillar davrida Er sayyorasida hammasi bo‘lib 2089 marta yadro sinovlari o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 508 tasi atmosferada o‘tkazilgan. Eng ko‘p sinovlar AQSHda, 1290 marta o‘tkazilgan, shundan-205 tasi havoda. Keyingi o‘rinda, sobiq SSSR da, 930 marta, shundan -215 tasi havoda. Fransiyada jami 182 marta yadro sinovlari o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan – 45 marta atmosferada, bundan tashqari Angliya, Xitoy, Hindiston va Pokistonda bir necha marta er ostida va havoda yadro sinovlari o‘tkazilgan.



YAdro portlashlari o‘tkazilgan 1954-2001 yillar mobaynida atmosferaga o‘ta xavfli minglab tonnalab radionuklidlar tarqalib ketdi. Bu radionuklidlar tarkibida uzoq yashovchi o‘nlab izotoplar kiradi bu izotoplar quyidagi jadvalda keltirilgan.

8-jadval

Radionuklid

YArim emirilish davri, yil

Yig‘indi aktivligi, Bk



12,33





5730





28,1





1,023





2,73





30,2





24110





6560




Ikkinchi o‘rinda yadro energiyasini ishlab chiqaruvchi Atom elektr stansiyalari turadi. Hozirda dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini qariyb 31 % AES lar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2017 yil ma’lumotlari bo‘yicha dunyoning 32 mamlakatida 452 ta energiya blokli 193 AES faoliyat ko‘rsatmoqda va bu AES larda 3477 TVt soat ( Vt soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Dunyoda atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha AQSH etakchilik qilmoqda:

Masalan, AQSHda bir yilda AES larda 805,3 mlrd KVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, bu umumiy ehtiyojning 70 % ni, Fransiyada – 384 mlrd KVt soat – 76 % ni, Xitoyda 211 mlrd KVt soat -15 %, Rossiyada 215 mlrd kVt.soat – 17 % ni, Koreyada 154,3 mlrd kVt.soat – 31 % ni, Kanadada 199 mlrd kVt.soat – 16 % ni, Ukrainada 81 mlrd kVt.soat – 53 % ni, Germaniyada 80 mlrd kVt.soat – 36 % ni, Angliyada 65 mlrd kVt.soat – 21 % ni, SHvetsiyada 61 mlrd kVt.soat – 40 % ni, YAponiyada 400 mlrd kVt.soat – 40 % miqdordagi elektr energisi AES larda ishlab chiqarilgan.

Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, barcha rivojlangan yirik mamlakatlarda elektr energiyasining bir qismi AES larda hosil qilinmoqda.Bundan tashqari radiatsion antropogen fonning shakllanishida yadro ilmiy- tadqiqot laboratoriyalari va ishlab chiqarish korxonalarining hissasi ham juda katta. AQSH va Evropa mamlakatlarining 40 dan ortiq, Rossiyaning 30 ga yaqin yadro qurollariga ega bo‘lgan 500 dan ortiq suv osti va suv usti kemalari dengizlar va dunyo oekanlarida suzib yuribdi. SHuningdek AQSHning “Nautilis”, Sargo, SSSRning “Komsomolets”, Kursk kabi o‘nlab yadro qurollariga ega suv osti kemalarining portlab ketishi natijasida Atlantika va Tinch okeanlari hamda SHimoliy dengizlarda radiatsion fon keskin ko‘tarilib ketdi.

Amerika va Evroosiyo kontinentlarida mavjud AESlardan hosil bo‘lgan 10 yillik yig‘indi aktivlik CHernobel AES dan hosil bo‘lgan atrof-muhitning radiatsion ifloslanish darajasiga ekvivalentdir. AESlardan chiqarilgan qattiq va suyuq chiqindilar ham umumiy radiatsion fonning kuchaytiradi va ular mavjud talablarga ko‘ra ko‘mib yuboriladi. Seziy (Cs137), stronsiy (Sr90) va qisman plutoniy (Pu239,240)lar atrof-muhitni radioaktiv ifloslantiruvchi asosiy, uzoq yashovchi yadro-energetik radionuklidlar hisoblanadi. Bu radionuklidlarning yarim emirilish davri ularni muhitda to‘planish tezligidan ancha past. SHu sababli bu radionuklidlar ekosistemalarda etarlicha miqdorda to‘planib qoladi.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling