Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet59/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Tuproq qalinligi

(sm)

Cs-137

Bk/kg

1

0-2

66.725±9.52

2

2-4

38.946±3.9

3

4-6

7.2342±2

4

6-10

<1.472

5

10-15

<1.676

6

15-20

<1.1

7

20-30

<1.413

Texnogen seziy-137 va stronsiy-90 izotoplarining tuproqdagi migratsiyasi ancha murakkab [2]. Radionuklidlarning tuproq tizimidagi vertikal migratsiyasi tarkibida radionuklidlar bo‘lgan zarralarni mexanik uzatilishi hamda ularning ishlov beriladigan qishloq-xo‘jalik tuproqlarida ekinlar ekiladigan qatlam chegarasida xususiy ko‘chishi natijasida ro‘y beradi.



Seziy-137 texnogen izotopining solishtirima aktivligi erning 1-3 sm li qatlam qismida eng katta bo‘ladi ( 66,725 Bk/kg). 3-rasmdan ko‘rinishicha seziy-137 izotopining erning yuza qismida tarqalishi (asosan gorizontal migratsiya hisobidan) balandlik ortishi bilan monoton kamayib 15-20 sm chuqurlikda keskin (1,0 Bk/kg gacha) kamayadi. Seziy-137 ning solishtirma aktivligi erning (1-2) sm li yuzasida (66,729,5) Bk/kg ni tashkil qiladi.SSziy-137 radionuklidi gorizontal migratsiya tufayli erning ustki qismida qayta taqsimlanadi.

70-rasm. Cs-137 radionuklidi solishtirma aktivligining tuproq qatlamlariga bog‘liqligi

Bunday taqsimlanish radionuklidning asosan o‘simliklarning ildiz qismida to‘planishini tasdiqlaydi va asta-sekinlik bilan Erning chuqurroq qatlamiga kirib borib ekosistemaning migratsiya zanjiriga qo‘shilib ketadi.

Radionuklidlarning gorizontal migratsiyasiga asosiy sabab kuchli shamollar va tuproq erroziyasi ta’sirida bo‘lsa, sug‘oriladigan erlarning qayta ishlov berilishi natijasida ham migratsiya jarayoni tezlashadi va aktivlik yuza qismiga qaraganda (15-20) sm li chuqurlikda 60-70 % ga kamayadi. Seziy-137 radionuklidining (15-20) sm li chuqur qatlamda keskin kamayishi, bu qatlamda radionuklidlarning nam tuproqda boshqa kimyoviy elementlar bilan ion almashinuvi yuqoriligi bilan tushuntiriladi. Bunday fikrlarni seziy-137 elementining 662 keV energiyali ssintillyasion gamma spektrlari tahlili ham tasdiqlaydi.70-rasmda seziy-137 izotopining turli tuproq qatlamlarida (0,5-30,5 sm) li 662 keV energiyali gamma spektrlari ko‘rsatilgan. Spektrlardan ko‘rinishicha Er sirtidan turli chuqurliklarda gamma spektrlar intensivligi bir xil emas. Aktivlik 0,2-0,5 sm li chuqurlikda katta. Bu esa bunday qatlamda haqiqatdan ham seziy-137 ning aktivligi yuqoriligini, qolaversa bu qatlamda deyarli yilning barcha fasllarida radionuklidlarning gorizontal migratsiyasi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Jadvaldan ko‘rinishicha Erning yuza qatlami (1-3 sm) uzoq yillar, balki yuzlab yillar davomida shakllanib, kuchli shamollar va yomg‘ir suvlari orqali migratsiyaga uchraydi. Bunday qatlamda [2] da keltirilishicha aktivlik stronsiy-90 va seziy-137 radionuklidlari uchun ham juda yuqori (70-80 Bk/kg). Ammo solishtirma aktivlik past qatlamlarda nihoyatda kichik (1,4 Bk/kg). Tajriba natijalariga ko‘ra 30-40 sm li qatlamda stronsiy-90 uchun solishtirma aktivligi 1,2 Bk/kg ni tashkil etsa, seziy-137 izotopi uchun bunday chuqurlikda, namunalar olingan hududda solishtirma aktivlik 1,0 Bk/kgni tashkil etadi. Seziy ham tuproqda kuchli to‘planuvchi elementlar guruhiga mansub. Bu esa muhitning dastlabki ifloslanish holatidan, migratsiya jarayonining baholash vaqtidan bog‘liq. Izotopning (tuproq-suv-o‘simlikda) gorizontal migratsiya bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillardan, uning asosan tuproqning noorganik fazasida kuchli to‘planishi aniqlangan va shu bilan birgalikda stronsiy-90 radionuklidining biomassada to‘planish koeffitsienti (8000-9000) saqlangan holda [2] ning tuproqdagi migratsiyasi ko‘p jihatdan tuproq tarkibi va uning o‘simlik bilan ion almashinuv xususiyatlariga bog‘liq. Stronsiyga qaraganda tuproqda to‘planish koeffitsienti kichik bo‘lishiga qaramasdan muhitning (tuproq, suv, havo) radioaktivlik holatini asosan seziy-137 belgilaydi.

Bo‘linish mahsulotlarining ishlov berilmaydigan cho‘l tuproqlaridagi (qum-shag‘alli) vertikal migratsiyasi juda kichik bo‘ladi. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra [3-5] radionuklidlarning asosiy parchalari tuproqning gorizontal yupqa sirt qatlamida (3 sm gacha) to‘plansa ularning vertikal ko‘chishi bir yil davomida bor yo‘g‘i 3-4 mm ni tashkil qiladi. Umuman kattaligi va xarakteri tuproqning radiatsion sig‘imiga bog‘liq bo‘lgan tuproq radioaktivligini stronsiy-90 izotopi bilan birgalikda seziy-137 izotopi ko‘proq belgilaydi. Erning radiatsion sig‘imi tuproqning yumshoqligi, eritmasi miqdoridan, kation tarkibidan, kimyoviy yutish qobiliyati va biologik holatidan bog‘liq.



SHunday qilib, ishlov beriladigan tuproqlarda tabiiy Ra-226, Th-232 va K-40 elementlarining Erning turli qalinlikdagi ichki qatlamlarida solishtirma aktivligi taqsimotini o‘rganish va texnogen radionuklid Seziy-137 elementining asosan erning sirt qismida (2-3 smli) solishtirma aktivligi yuqoriligi bu radionuklidlarning asosan gorizontal migratsiya ta’sirida er yuzasida qayta taqsimlanishini ko‘rsatadi. Olingan natijalardan shunday xulosa qilish mumkin, tabiiy radionuklidlar toriy-232, radiy-226 izotoplari qum-shag‘alli tuproqlarda gorizontal migratsiyaga uchrasa, texnogen seziy-137 radionuklidi ham tuproqning ishlov beriladigan yuza qismida (1-2 sm) gorizontal migratsiya xususiyatiga ega bo‘ladi. Tabiiy kaliy-40 izotopi esa tuproqda ham gorizontal ham vertikal migratsiya orqali atrof-muhitga tarqaladi.


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling