Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус


MODDALARNING BIOLOGIK FAOLLIGI KO‘LAMI


Download 396.5 Kb.
bet11/13
Sana20.01.2023
Hajmi396.5 Kb.
#1103602
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
obs

MODDALARNING BIOLOGIK FAOLLIGI KO‘LAMI


1. Biologik faollik ko‘lami.
2. Faollik ko‘lami interpretatsiyasi.

Ko‘p kimyoviy birikmalar tirik organizmlarning turli darajalariga nisbatan biologik ta’sirga egadirlar. Ularni perspektiv moddalar qatoriga qo‘shish uchun spetsifiklik va tanlovchanlikka (farmakologik agentlar uchun xos bo‘lgan xarakterli xususiyat) ega bo‘lmaganliklari va yetarli bo‘lmagan samaradorliklari to‘siq bo‘ladi.


Ko‘p maqsadli sistemalarda olingan ma’lumotlar ko‘lamini, natijalarni aniqlashtirish va ularning interpretatsiyasi axboriy qimmat va murakkablikka qarab, turli darajalar qatoriga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, tadqiqotlar aniq faollik tipidagi modda sintezi bilan mashg‘ul bo‘lgan kimyogar sintetiklar ishini korreksiyalash maqsadiga ega bo‘lishi mumkin. Bu holda “buyurtmachini” kutilayotgan biologik faollikka dastlabki moddadagi almashinish qay darajada ta’sir ko‘rsatishi qiziqtiradi holos. Bu masalani pragmatik yoki empirik sinflash chegaralarida sinfiy yondoshish yo‘li bilan yechish mumkin. Хususan, qidirilayotgan faollik turi (uni tavsiflovchi parametrlar ro‘yxati) ta’sirning etalon vektori tarzida analogik moddaning biologik faollik xususiyatlarini “yaxshilash” uchun bajarilgan jarayonlar bilan solishtirgan holda taqdim etilishi mumkin.
Amaliyotga qo‘llash uchun tavsiya etiladigan birikmaning “keraksiz” xususiyatlarini aniqlash biologik faollik ko‘lami interpretatsiyasi bir etalon modda bilan solishtirib, bioob’ektga ta’sir etgandagi “keraksiz” xossalarga o‘xshashligi ko‘rib chiqilishi lozim. Qo‘yilgan maqsadga bog‘liq ravishda biologik faollik ko‘lami interpretatsiyasi yengilroq bo‘lishi mumkin.


Biologik faollik ko‘lamlarining тavsifi



Хarakterli ta’sir

Yaqin “qo‘shni” bo‘yicha baholashning miqdoriy asosi

Farmakologik faollik

Markaziy nerv sistemasi faolligining kamayishi, yuqori dozalarda ritmogen kardiotrop, gipotenziv tomir kengayishi

Atropin, spazmolitin, arfenad (0.65)

Antianginal, gipotenziv, antiaritmik

Kardiotonik, tomir kengaytiruvchi

M-xolinolitiklar (0.9)

Bronxospazmolitik

Markaziy nerv sistemasiga taxikardiyali va periferik qon oqimi kengayishli fazaviy ta’sir

Kofein (3), intensain (2), -adrenoblokatorlar (1)

-adrenoblokatorlik

Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yaqin “qo‘shni” larni tanlash orqali aniqlangan biologik faollik ko‘lami moddaning asosiy farmakologik xususiyatlariga yaxshi mos keladi. Тanlangan metodologiya fiziologik faol moddalarning asosiy ta’sir doiralarini baholashda, ya’ni, biologik faollik ko‘lami interpretatsiyasida, modda dorivormi yoki yo‘qmi degan masaladan qat’iy nazar xavfni kamaytirish yo‘lida qilinadigan ishlar, choralar haqida qaror qabul qilishda katta ahamiyatga ega.





Download 396.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling