Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
«Globus» nomli to’plam, shoirning «Bolalik»ni eslab, «O’zbekiston» she’rlari, «Alisherning yoshligi» qissasi, «Bolalik» qissasi, «Zafar va Zahro» dostoni.
Mavzuga oid muammolar:
Oybekning bolalar va o’smirlarga bag’ishlangan she’riy asarlarida qanday xususiyatlar aks etgan?
Adibning «Alisherning yoshligi» qissasida Hirotning tarixiy voqelari, shahzodalarning Shohruh vafotidan keyingi o’zaro taxt uchun kurashlari va shu davrda o’tgan Alisherning bolalik yillari haqida hikoya qilinadi. Qissada Alisher obrazi qanday tasvirlangan?
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Oybek she’rlarining bolalar ma’naviyatiga samarali ta’sir etganligi haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Oybekning bolaligi haqida so’zlaydi.
Oybekning bolalar va o’smirlarga bag’ishlangan she’rlari haqida ma’lumot beradi.
1-asosiy savolning bayoni:
Oybek bolalar adabiyotiga munosib hissa qo’shgan ulkan adibdir. U yaratgan she’r va hikoyalar, qissa va dostonlar bolalar ma’naviyatiga samarali ta’sir etib, yosh avlod estetik didining shakllanishida katta rol o’ynamoqda. «Yosh yo’lchi» (1925 y), «Bolalikni eslab» (1926 y), «Shaharcha bolalariga» (1934 y), «Shoirning bolaligi» (1937 y) kabi she’riy kitoblari «Zafar va Zahro» (1953), «Bobom» (1957 y), «Alisherning yoshligi» (1975 y) qissasi, «Globus» (1981 y) hikoyalar to’plami, «Bolalik » kabi asarlari ayniqsa xarakterilidir.
Yozuvchi Oybekning bolaligi ham barcha mehnatkash xalq bolalari kabi kechadi. Barcha bolalar kabi bahor vaqtlarida tomma-tom oshib varrak uchirar, xo’roz va it urishtirishlarida qatnashar, yoz kunlari onasining pinjida qarindosh urug’larining bog’lariga «mehmonga» borar, hayit, sayil va boshqa milliy bayram kezlarida esa o’zida yo’q sevinib, xalq qiziqchiliklarini, ko’ngil ochar tomoshalarni ko’rishga muyassar bo’lar edi. Keyinchalik «Shaharcha bolalariga», «Shoirning bolaligi» she’rlarida shu manzaralar o’z aksini topadi.
Oybekning bolalar va o’smirlarga bag’ishlangan she’riy asarlarida bugungi qaynoq hayot, ilm, hunar va mehnatga bo’lgan muhabbat, vatanparvarlik, jamoatchilik, ijtimoiy burchni anglash kabi xususiyatlar aks etgan.
Bu fazilatlar o’sha davrda Oybek asarlarining etakchi mavzuiga aylandi.
Muhokama uchun savollar.
1. Oybek adabiyot olamiga dastlab qanday shoir sifatida kirib keldi?
2. Oybekni adabiyotga adib sifatida mashg’ur qilgan asarlari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |