J: Mox tárizlilerdiñ dùnyas jùzi boyinsha 5 miñday tùri, Ğmda terrritoriyasinda 1500 dey tùrleri tarqalģan. Kòpshilik wàkilleri arqa yarim sharda, tawlarda, tropikaliq ellerde, yaģniy iģalliq jetkilikli orinlarda keñ tarqalģan


Aral torta baliģi (Rutilus rutilus aralensis Berg.)


Download 246.89 Kb.
bet55/70
Sana18.06.2023
Hajmi246.89 Kb.
#1598428
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
MISJ 150 SORAW JUWABI MN

Aral torta baliģi (Rutilus rutilus aralensis Berg.) uzınlıǵı 40 sm ge, salmaǵı 1200 g ǵa shekem jetedi. O`simlikler jaqsı rawajlanǵan jaǵa boylarında, qoltıqlarda topar bolıpju`redi. İri formaları suwdıń tereń ashıq bo`limlerin unatadı. 2-3 jasında uzınlıǵı 10-11 sm, salmaǵı 30-45 g ǵa,kanallarda ayırım jaǵdaylarda uzınlıǵı 6-7 sm ge jetkende jınısıy jaqtan pisip jetilisedi. Ko`beyiwi dushshı hámde duzlılıǵı 14,2‰ ge shekemgi suwlarda o`tedi. Marttıń aqırı maydıń baslarında suwdıń temperaturası 12-16 0C qa jetkende ko`beyedi. Ko`beyiw dáwirinde erkekleriniń bas bo`liminde siyrek dene boylap isikler payda boladı yaǵnıy jasanıw dáwiri o`tedi. Tuwıwshılıǵı 4-150 mıń uwıldırıqqa tuwra keledi. Uwıldırıqların 30-150 sm tereńlikte o`simliklerge shashadı. Keń awqatlanıw spektrine iye, tiykarınan shayan tárizliler, makrofitler, jasıl suw otları, xironomid lichinkaları, detrit penen awqatlanadı. Tarqalıwı: Ámiwdár`ya basseyninde keń ushırasadı. O`zbekistannıń suw qorlarında tez o`siwshi yarım o`tkinshi, áste o`siwshi otırıqshı formaları ushırasadı.

Qizil qanat torta (Scardinius erythrophthalmus Linnaeus., 1758) Uzınlıǵı 20-25 sm, siyrek 30 sm ge shekem, eń irileri 35-36 sm, salmaǵı 100-300 g, irileri 500 g ǵa shekem jetedi. Dár`yanıń aǵısı az bo`limlerinde siyrek ushırasadı, tiykarınan ko`llerdiń o`simlikke bay bo`limlerinde ushırasadı. 2-3 jasında dene uzınlıǵı 12-13 sm, salmaǵı 30-50 g ǵa jetkende jınısıy jaqtan pisip jetilisedi. Aprel - iyun aylarında suwdıń temperaturası 18-22 °C ta ko`beyiwi o`tedi. Ko`beyiw dáwirinde erkekleriniń bas hám dene bo`limlerinde isikler payda boladı. Bul isikler olardıń ko`beyiw dáwirindegi jasanıwı bolıp esaplanadı. Ko`beyiwi dushshı hám duzlıraq suwlarda da o`tedi. Uwıldırıqlar suw o`simlikleriniń shaqalarına jabısadı. Tuwıwshılıǵı 7-200 mıń uwıldırıqqa tuwra keledi. Jetilisken uwıldırıqlarınıń o`lshemi 1,3-1,5 mm ge teń. Tiykarınan suw o`simlikleri, siyrek shıbınshirkeylerdiń lichinkaları, plankton shayan tárizliler menen awqatlanadı.Tarqalıwı: Aral teńizinde tirishilik etken, házirgi waqıtta Ámiwdár`ya basseyniniń tegis bo`limlerindegi suw qorlarinda ushirasadi.

104. Mikrobiologiya páninde L. Pasterniñ tutqan orni jáne onıń miynetleri.
Lui Paster, ilk bora fanning o‘zi uchun yangi sohasi – mikrobiologiyaga qadam qo‘ydi.Bijg‘ish hodisalari Pasterni tasodifan qiziqtirib qo‘ygan deyish qiyin. Paster hech qachon xonasida o‘tirib ishlaydigan qog‘ozboz olim bo‘lmagan. U doimo, kundalik turmush talab qilayotgan o‘tkir muammolarning yechimini izlashga qaratilgan sayi-harakatlari bilan hammaga o‘rnak bo‘lgan. Fransiyaning iqtisodiy hayotida sharob (vino) ishlab chiqarish sanoati katta o‘rin tutar edi. Vino esa, uzum sharbatining bijg‘ish jarayonlari mahsuloti bo‘lishi bugun hech kimga sir emas. Lekin, Pastergacha bo‘lgan paytda, bu jarayonning mohiyatini hech kim tushunmas edi..Lill shahridagi ishxonasida Lui Paster o‘zi uchun kamtar jihozlangan laboratoriya tashkillab, o‘sha yerda bijg‘ish jarayonlarining ilmiy asoslarini tekshirish bilan shug‘ullangan. U aynan shu yerda o‘zining ajoyib kashfiyotini amalga oshirgan. Bijg‘ish jarayonini o‘sha paytlar hamma kimyoviy jarayon deb o‘ylar edi. Pasterning laboratoriya tadqiqotlari esa, bijg‘ish kimyoviy jarayon emas, balki, biologik hodisa ekanini isbotlab berdi. U sirka kislotasi, yoki, spirtli bijg‘ish hodisalarining hammasining tub mohiyatida, mikroskopik organizmlar, ya'ni, achitqi va zamburug‘larining faoliyati yotishini ko‘rsatib berdi. O‘sha vaqtning o‘zida Paster yana bir muhim kashfiyotni amalga oshirdi. U kislorodsiz ham yashay oladigan organizmlar mavjudligini aniqladi. Bunday organizmlar uchun kislorod nafaqat kerak emas, balki, zararli ham bo‘lar ekan. Bunday organizmlarni fanda hozir anaerob organizmlar deyiladi. Bunday organizmlarga xususan, moyli-kislotali bijg‘ish jarayonini keltirib chiqaruvchi mikroblar mansub bo‘lib, shunday mikroblar tufayli, vino va pivo achqimtir bo‘lib qoladi. 1857-yilda Lui Pasterni yana Parijga chaqirib olishadi va uni Oliy maktab direktori muovini qilib tayinlashadi. Dastavval unga ishlash uchun alohida laboratoriya ajratib berilmagan. Shu sababli olim, maktab binosining chordoq qismida o‘z hisobidan kamtarona jihozlangan ilmiy laboratoriya tashkil qilgan va izlanishlarini qaytadan boshlab yuborgan. Pasterning mikrobiologiyaga oid yirik kashfiyotlari, aynan o‘sha, kichik va kamtarona laboratoriyada amalga oshirilgan edi. Yuqorida ham aytilganidek, Lui Paster o‘z ilmiy izlanishlarida eng avvalo ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarni amaliy hal qilishga qaratilgan tarzda ish yuritgan. Xususan, 1864-yilda unga fransuz vinochilar uyushmasi vinoga tushadigan zararli kasalliklarni bartaraf etish uchun, masalani ilmiy jihatdan o‘rganib, amaliy yordam berish uchun murojaat bilan chiqishganida, u muammoning mohiyatini jiddiy o‘rganishga kirishadi. O‘zining mazkur muammo yuzasidan qilgan ilmiy izlanishlari natijasini monografiya shaklida e’lon qilgan Paster, vino kasalliklarining sababchilari turli mikroorganizmlar ekanini ko‘rsatib bergan edi. Bunda, har bir kasallikning qo‘zg‘atuvchisi alohida, shu kasallikning o‘zigagina xos bo‘lgan mikroorganizm bo‘lishini olim alohida qayd qilgan. Bunday zararli mikroorganizmlardan qutulish yo‘llarini ham Paster vinochilarga topib bergan. U agar vino 50-60 ℃ haroratda qizdirilsa, zararli mikroorganizmlar yo‘q bo‘lib ketishini namoyish qilib berdi va shu tariqa, vino sanoati har yili ko‘radigan katta iqtisodiy zararlarni bartaraf etilishiga mislsiz hissa qo‘shdi. Mahsulotlarni zararli mikroorganizmlardan tozalashning bunday usulini hozirda ham sanoat va ilm-fan katta muvaffaqiyat bilan qo‘llamoqda. Usulning o‘zi esa, olim sharafiga pasterizatsiya deb nomlanadi. Xususan, sutni va konserva mahsulotlarini iste’molga tayyorlashda, ishlab chiqaruvchilar uni pasterizatsiya qilish orqali turli mikroorganizmlardan zararsizlantirishadi.Paster tomonidan bijg‘ish hodisasining mohiyati ochilishi ilmiy nuqtai nazarda juda katta voqea edi. Bu orqali, vino kasalliklaridan har yili katta-katta iqtisodiy zarar ko‘radigan vino ishlab chiqaruvchilarigina emas, balki, biologiya fani ham o‘zi uchun ulkan istiqbollarni ochdi. Buning natijasida, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, hamda, oziq-ovqat sanoatidagi ko‘plab og‘riqli muammolarning yechimi topildi. Bijg‘ish jarayonining tub mohiyatini anglab yetish orqali, inson ushbu jarayonning borishini nazorat qilish imkoniga ega bo‘ldi. Xususan, bijg‘ish jarayonini nozik o‘lchov chegaralari bilan mohirona boshqarish orqali, non pishirish, sharob va sirka tayyorlash va boshqa ko‘plab amaliy muhim texnologik jarayonlarning sifat ko‘rsatkichi bir necha karra oshdi.
Ushbu kashfiyotdan keyin Lui Pasterning mamlakatdagi nufuzi keskin oshib ketdi. Uni turli yondosh sohalarda ham muammolarni o‘rganib, yechim topishda yordam berish uchun taklif qila boshlashdi. Xususan, Fransiya ipakchilari uchun yomon bosh og‘rig‘i bo‘lgan pilla qurti kasalliklari, ipak va shoyi tayyorlash sohasi mutaxassislarini qattiq qiynab kelar edi. XIX-asr o‘rtalarida, Fransiyaning janubiy hududlarida boshlangan pilla qurti kasalligi epidemiyasi, butun ipak sanoatini jar yoqasiga keltirib qo‘ygan edi. Ipakchilar Lui Pasterni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, muammoni o‘rganib chiqishga ko‘ndirishdi. 1865-1869 yillar orasida har yili yoz faslida olim o‘z qizlari va shogirdlarini olib, mamlakat janubidagi Ade ipakchilik hududiga yo‘l olardi va pilla qurtlarini laboratoriyada sinchiklab tadqiq qilar edi.Paster va uning ilmiy jamoasi to‘rt yil yoz ichi o‘tkazgan ilmiy izlanishlari besamar ketmadi. Ular, pilla qurtini kasallikka duchor qilayotgan epidemiyada ikki xil xastalik ishtirok etayotganini aniqlashdi. Bu kasalliklardan biri pebrina deb nomlangan va u hasharotning qurt, kapalak va g‘umbak ko‘rinishidagi hamma rivojlanish bosqichlarida organizmida mavjud bo‘ladigan muayyan yot tanachalar bilan bog‘liq bo‘lar ekan. Aynan o‘sha tanacha ipak qurtida kasallikni qo‘zg‘atishini Paster jamoasi isbotladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu tanachalar ona qurt tuxumi orqali avlodga o‘tar ekan va ya’ni, bu kasallik avloddan-avlodga o‘tuvchi kasallik bo‘lar ekan. Paster ipak qurtining mazkur kasalligini bartaraf etish uchun, kapalaklar ichidan hali kasallikka chalinmaganlarini alohida ajratib olish va keyingi avlodni aynan o‘sha kapalaklardan olishga yo‘naltirilgan seleksion tanlash usulini taklif qildi. Birinchi sinovlardayoq, Paster taklif qilgan tanlash usuli ipak qurtining ushbu epidemiyasi ustidan g‘alaba qozonish imkonini bergan. Ipak qurtining yoppa kasallanishiga sabab bo‘ladigan ikkinchi kasallik esa, Pasterning aniqlashicha, flyasheriya deb nomlangan kasallik bo‘lib, olim uni ham yengishning juda oson usulini topib bergan. Lui Paster va uning ilmiy jamoasi sayi-harakatlari bilan, shu tariqa fransuz ipakchilari pilla qurtining epidemik kasalliklaridan xalos bo‘lishgan. Tez orada, uning tajribalarini Italiya ipakchilari ham o‘zlashtirib, katta muvaffaqiyatga erishishga edi. Bu orqali esa, endi Lui Paster butun Yevropada katta hurmat qozongan olimga aylandi. Hayvonlar orasida uchraydigan yuqumli kasalliklarning aksariyati mikroorganizmlar tomonidan qo‘zg‘atilishini Lui Paster anchadan beri taxmin qilib kelgandi. U endi, laboratoriya sharoitida, yuqumli kasalliklar bilan kasallangan jonivorlarni, xususan, quyonlarni tadqiq qila boshlagan. Buning uchun u ishni avvalo, yuqumli kasallik aynan zararli mikroorganizmlar tufayli odamdan-odamga, yoki, hayvondan-hayvonga yuqishini isbotlashdan boshlagan. Bungacha bo‘lgan paytda fanda, yuqumli kasallik organizmning ichida, organizmning o‘z-o‘zidan mustaqil paydo bo‘ladi degan qarash hukm surgan. Paster esa, ko‘p sonli amaliy tajribalar orqali, kasallik aynan tashuvchilar tomonidan, tashqi muhim orqali yuqtirilishini isbotlab bergan. Bu asnoda u, o‘sha zamonning eng taniqli olimlaridan biri Pushe bilan jiddiy ilmiy bahsga kirishgan. Bahsni butun jamiyat diqqat bilan kuzatgan va yakunda, Paster haq ekani isbotlangan. U, mikroorganizmlar faqat ko‘payish yo‘li bilan tarqalishini va agar, ularning ko‘payishining oldi olinsa, hamda, organizmga mikroblarning tashqi muhitdan kelib tushishi yo‘llari to‘silsa, unda, kasallik yuqmasligini isbotlab berdi. Steril muhitda mikroblar bo‘lmasligini va agar muhitda mikroblar mavjud bo‘lmasa, u yerda achish, chirish va bijg‘ish hodisalari ro‘y bermasligini ham Paster birinchi bo‘lib ko‘rsatib bergan.
1880-yilda Paster tovuqlarda tarqaladigan vabo kasalini qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan mikroorganizmlarni aniqlashga va ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orqali olim insoniyat tarixidagi eng ulkan va eng foydali kashfiyotlardan birini amalga oshirdi. U tadqiqotlari mobaynida tekshirish uchun tovuq vabosi qo‘zg‘atuvchisining probirka namunalariga doim ega bo‘lish maqsadida, ushbu mikroorganizm koloniyasini laboratoriyada aynigan eski go‘shtga ekib undirib saqlab turar edi. Bir safar Paster parishonxotirlik qilib, shunday namunalardan birini termostatda bir necha haftaga esidan chiqarib qoldiradi. Keyin uni topib olgach, Paster ushbu uzoq turib qolgan namunadagi vabo qo‘zg‘atuvchisi bilan tovuqlarni kasallantirsa nima bo‘larkin deb tekshirib ko‘radi. Uning hayratiga sabab bo‘lgan holda, mazkur qo‘zg‘atuvchidan eng katta dozalarda ham yuqtirilishiga qaramay, undan zararlangan tovuqlar o‘lmagan. Bu paytda, olimlar allaqachon, sigir sog‘uvchilarning suvchechak bilan kasallanmayotgani sababi, sigir chechagi sut sog‘uvchilarda odam chechagiga nisbatan immunitet hosil qilishi boisidan ekanini bilib olishgan edi. Lui Paster ham, demak, termostatda qolib ketgan va shu sababli, kuchsizlanib qolgan tovuq vabosi qo‘zg‘atuvchisi, tovuqlarda ushbu kasallikka nisbatan immunitet hosil qilsa kerak degan taxminni fahmlab qoldi. Sinovlar esa, Pasterning taxminlari to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi. Olim katta muvaffaqiyat bilan navbatdagi ilmiy yutug‘ini nishonladi. Ya'ni, yuqumli kasallikning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan mikroorganizmni kuchsizlantirilgan namunasi organizmga kiritilsa, u keyinchalik ushbu organizmning aynan shu kasallikka nisbatan chidamli bo‘lib qolishiga olib kelar ekan! Shu tariqa Paster ko‘plab yuqumli kasalliklarining oldini olish imkonini beradigan buyuk kashfiyotni amalga oshirdi. Bu usul hozir ham ko‘plab infeksion kasalliklarga nisbatan muvaffaqiyat bilan qo‘llanmoqda va odamzotga asrlar osha dahshat solib kelgan ko‘plab yuqumli kasalliklar ustidan g‘alaba qozonish imkonini berdi. U kashf qilgan mazkur metod nechog‘lik samarador ekanini esa, 1881-yilda sibir yarasi kasalligiga nisbatan o‘tkazilgan sinov natijalari ham ko‘rsatib berdi. Muvaffaqiyatlardan ruhlangan olim, 1882-yildan boshlab, o‘z shogirdlari bilan qizilcha kasalligini o‘rganishga kirishadi. Buning uchun u avvalo, cho‘chqa qizilchasini tadqiq qiladi. U cho‘chqalarda kasallik qo‘zg‘atadigan infeksiya manbaini ajratib olib, uni ham kuchsizlantirgan namunasini tayyorlash va keyinchalik, boshqa cho‘chqalarga uni yuqtirish orqali, cho‘chqa qizilchasini ham bartaraf etish mumkinligini isbotlab berdi. U tayyorlagan shtamm butun Fransiya bo‘ylab cho‘chqalarni emlash uchun katta muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan. Shu tariqa, hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasalliklarning manbalarini aniqlab va ularga qarshi davo choralarini topib borar ekan, Paster 1882-yilda o‘z oldiga, eng bedavo yuqumli kasalliklardan biri – quturish kasalligining qo‘zg‘atuvchisini aniqlash maqsadini qo‘yadi. Paster izlanish olib borgan yillari quturishning qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan edi. Hozirda, quturish kasalligi virus tufayli kelib chiqishini ilm-fan yaxshi biladi. Uni faqat elektron mikroskop orqali bir necha barobar kattalashtirib qaragandagina ko‘rish mumkin. Lui Paster hayvonlarda quturish qanday kechishini kuzatish uchun, quyonlar bilan tajriba qilib ko‘rgan va dastavval, quturishdan o‘lgan quyon miyasini quritib, boshqalariga berish orqali, ushbu dahshatli kasallikka qarshi emlash usulini o‘ylab topgan. Quyonlar bilan olib borilgan sinovlar yaxshi natija bergach, Paster xuddi shu ishni boshqa jonivorlar bilan ham takrorlab ko‘radi va shu tariqa, xonaki hayvonlarning quturishini oldini olish yo‘lini topadi. Pasterning quturishga qarshi amaliyoti hayvonlarda yaxshi natija bergach, hamma undan endi odamlar uchun ham ushbu dahshatli kasallikdan davo topish umidi bilan qaray boshlaydi. Biroq, Lui Paster, odam ustida tajriba qilib ko‘rishga jur’ati yetmay, uzoq vaqt mobaynida bu ishga qo‘l urmay yurgan. U, agar mabodo odam quturish kasalligi yuzasidan qilingan sinovlar chappasiga ketsa va tajribada qatnashishga rozi bo‘lgan odam vafot etadigan bo‘lsa, buning uchun o‘zini bir umr kechira olmasligini aytgan. Bilasizki, quturishga yo‘liqqan odam tuzalmaydi. Bu kasallik asab tizimida tiklab bo‘lmas o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va quturgan odam albatta vafot etadi. 1885-yilning 6-iyul kuni, Lui Paster o‘ta qiyin tanlov oldida qoladi. Uning huzuriga ikki kun avval quturgan it tishlab olgan bolakayni olib kelishadi. Agar, Paster davo topmasa, bu begunoh go‘dak o‘lishi aniq edi. Qattiq va iztirobli ikkilanishlardan keyin Lui Paster bu bolakayning hayotini saqlab qolishga urinib ko‘rishga jazm qiladi. Unda hali quturish belgilari paydo bo‘lmagan bo‘lsa-da, uni qopgan it quturganligi aniq bo‘lgani uchun, unda ham tez orada vasvasa boshlanishi muqarrar edi. Boz ustiga, it uni kuchli jarohatlagan bo‘lib, bir necha joydan tishlagan bo‘lgan. Paster bolaga o‘z usuli bilan, quturishga qarshi emlashni amalga oshirib ko‘radi. Va natijada, bolakay quturishga yo‘liqmay, yengil kasallanib, tuzalib ketadi. Paster quturishni davolagani haqidagi xabar yashin tezligida butun Fransiya bo‘ylab yoyiladi. Mamlakatning turli burchaklaridan, quturgan hayvonlardan jabr ko‘rgan yuzlab odamlar Lui Paster huzuriga davo izlab oqib kela boshlashadi. 1886-yilning 1-mart holatiga birgina Parijning o‘zida Paster 350 nafar bemorni quturishdan davolagani ma’lumotnomalarda qayd etilgan. Pasterning quturishga qarshi vaksinatsiya usuli tajribasi tezlik bilan boshqa mamlakatlarda ham o‘zlashtirila boshlagan. Xususan, 1886-yildayoq uning tajribasidan Germaniya, Avstriya, Rossiya, hamda AQShda foydalanila boshlangan. Biroq, Pasterning quturishni oldini olish borasida ishlab chiqqan uslubi osonlikcha rasmiy tasdiqdan o‘tgan deyish qiyin. Unga qarshi bir necha olimlar va jurnalistlardan iborat raddiyachilar keskin tanqidlar bilan chiqish qila boshlashgan. Tanqidlarda birinchi navbatda, Lui Pasterning ma’lumoti tibbiyotga taalluqli emasligiga urg‘u berilardi va vrach diplomiga ega bo‘lmagan holda, Paster odamlarni davolash bilan shug‘ullanishiga haqqi yo‘q ekani ta’kidlanar edi. Uni asrlar osha hukm surib kelgan ilmiy g‘oyalarga isyon qilganlikda ayblashar edi. Lekin, Paster bunday tanqidlardan xunob bo‘lsa hamki, ularga jiddiy e’tibor berib, vaqtini sarflab o‘tirmagan. U shunchaki o‘z ishini puxta bajarishda davom etardi va eng asosiysi, uning uslublari amalda, chindan ham natija beradi.


105. Biologiyani oqitiw metodikası paninıń wazıypası hám áhmiyeti.
Биология ўқитиш методикаси умумий ўрта таълим мактаблари ва ўрта махсус, касб-хунар таълими ўқув юртларида ўкитиладиган биология ўкув фани асослари билан боглик бўлган мазкур таълим муассаларида ташкил этиладиган таълим- тарбия жараёнлари, таълим мазмуни, ўкитиш принциплари, қонуниятлари, методлари, воситалари ва шаклларини ўрганади. Ушбу масалапарни билиш ўқитувчига узлуксиз таълим тизими турларида таълим муассасаси максади ва вазифасидан келиб чикиб, биология курси мазмуни билан боглик ҳолда ўқув-тарбиявий жараёнларни замон талабларига мос холда ташкил этиш ва бошкариш имконини беради. Биология ўкитиш методикаси биология ўқув фанларини ўкитишда таълим мазмуни, ўкитиш шакллари, методлари, воситаларини ўзаро боғлик холда амалиётга жорий этишни асосий мақсад килиб кўяди.Узлуксиз гаьлим тизимининг умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-хунар таълими турида таълим-тарбия жараёнига кўйилган талаблар, тахсил олувчиларнинг ёш ва психологик хусусиятлари хисобга олинган холда,таълим мазмуни, ўқитиш шакли, методи ва воситаларининг узвийлигини таъминлаш масаласи долзарб муаммо саналади. Биология ўқитиш методикасининг асосий вазифаси ўкувчиларга биология ўкув фанлари бўйича ДТС билан меъёрланган билим бериш, ривожлантириш, тарбиялаш, уларнинг хар томонлама ривожланган шахc сифатида камол топиши, мустақил ҳаётга тайёрлашга кўмак берувни ўқув фанлар мазмуни, ўқитиш шакллари. воситалари ва методларини ишлаб чиқишдан иборат. Биология ўкитувчиси ўз педагогик фаолиятида биология ўқитиш методикаси максади, вазифаси, ўкитиш принциплари, конуниятларини чукуранглаган холда, таълим-тарбия жараёнини унга кўйилган тапаблар асосида ташкил этиши, тахсил олувчиларнинг ёш ва психологик хусусиятлари хисобга олинган холда, таълим мазмуни, ўкитиш шакли, методи ва воситаларининг узвийлигини таъминлаши лозим.
Биология ўкитиш методикаси фан сифатида. Ҳар кандай фан инсоннинг тадкикот фаолияти билан алокадор бўлиб, у нарса ва ходисалар тўғрисида билимлар тўплашга йўналган, хамда тадкиқот килинаётган нарса ходисалар тўгрисида тўлик ва чукур билим олишга каратилган. Фаннинг асосий функцияси тадкикот хисобланади.
Биология ўкитиш методикаси фан сифатида мазкур фан билан боглик ўкувчиларнинг билим олиш, тарбиялаш ва ривожлантиришни назарий ва амалий жиҳатидан тадқик килишни максад килиб кўяди. Фаннинг асосий белгиси бўлиб, максаднинг аниклиги, ўрганиш предмети, билимларни билиш усуллари, шакллари, шу билан бирга фаннинг ривожланиш тарихи, унинг бойишига сабаб бўлган кашфиётлар муҳим саналади. Биология ўкитиш методикаси педагогик фанлар мажмуасига киради. Шу сабабли унинг максади ва вазифалари умумий педагогик максад ва вазифалардан келиб чикади.Биология ўқитиш методикаси барча ўқув фанларга таалуқли бўлган педагогик коидапарни, биологик ўкув материалига тадбик этишга йўналган. Шу билан бир каторда, биология ўкитиш методикаси табиий, илмий, биологик, психологик, педагогик билимларни ўзида мужассамлаштиради. Биология ўкитиш методикаси биология ўкув фанининг ўқитиш максадини, мазмунини, биологик билимларнинг танлаш принципини белгилаб беради. Биологик билимларни танлаш принципи - бу мухим принцип бўлиб,таҳсил олувчиларнинг билим захираси, ёш ва психологик хусусиятлари хисобга олинган холда, уларга тушунарли бўладиган, аввал ўзлаштирилган билимларга мантикий богланган билимларни саралашга асосланади. Умумий ўрта таълим мактаблари, ўрта махсус, касб-хунар таълими муассасаларида биологияни ўкитишда таълим мазмуни мазкур принцип асосида шакллантирилган. Биология ўқитишнинг ҳозирги даврда самарали бўлиши ўқувчиларнинг ўкув, мехнат ва жамоат ишларида катнашиши учун зарур бўлган биологик билимлар, кўникмалар, малакаларни эгаллаганликлари билан белгиланади. Улар эса ўз навбатида ўқувчиларнинг тарбияланганлик даражаси, дунё қараши, эътикоди, табиат, жамият ва шахсга бўлган муносабатида намоён бўлади. Ўқувчиларнинг ривожланиш даражаси - унинг кобилияти, жисмоний ва аклий жиҳатдан такомиллаштиришга бўлган эхтиёжи билан ифодаланади. Фан сифатида биология ўқитиш методикасининг вазифалари қуйидагилардан иборат:
1. Баркамол шахсни камолга етказиш, ўкитиш, ривожлантириш ва тарбиялаш жараёнида биология ўқув фанининг ўрнини аниқлаш;
2. Умумий ўрта таълим мактаблари, ўрта махсус, касб-хунар таълими муассасалари учун белгиланган биология ўқув дастурлари, ДТС ва дарсликларни такомиллаштириш бўйича тавсиялар ишлаб чикиш ва уни таълим-тарбия жараёнига тадбиқ этиш;
3. Ўқувчиларнинг билим захираси, ёш ва психологик хусусиятларига мос равишда ўқув фанларининг мазмуни, ундаги мавзуларнинг ўрганиш изчиллиги ва мантиқий богланишларни белгилаш;
4. Биология ўқув фанининг ўзига хос хусусиятларини эътиборга олган холда, ўқитиш методлари, воситалари ва ташкилий шаклларини ишлаб чикиш;
5. Ўқитиш жараёнида қўллаш учун зарур жихозлар, биология хонаси тирик бурчак, тажриба ер майдонини ташкил этиш, табиий, тасвирий, динамик, аудио, видео воситаларни белгилаш.
6. «Мактаб таълимини ривожлантириш Давлат умуммиллий дастури» асосида биологиядан янги тахрирдаги ДТС ва ўқув дастурини педагогик тажриба-синовдан ўтказиш;
7. Биологиядан ўқувчиларнинг ўзлаштирган билим ва кўникмаларини назорат қилиш ва бахолаш рейтинг тизимининг методик таъминотини ишлаб чикиш;
8. Биология дарсликларининг янги авлодини ва электрон вариантини яратиш.
9. Биология чукур ўзлаштиришга ихтисослашган академик лицейлар учун янги тахрирдаги дастур талаблари ва ДТС меъёрларига мос келадиган дарсликлар ва методик қўлланмалар тайёрлаш;
10. Биологияни ўқитишда педагогик ва ахборот технологияларидан уйгун равишда фойдаланишнинг методик таъминотини яратиш.
Биология ўқитиш методикасининг объекти бўлиб, мазкур ўқув фани билан алокадор бўлган ўқув-тарбиявий жараён ҳисобланади. Биология ўқитиш методикасининг предмета биология ўкув фанларининг максадидан келиб чиккан холда, таълим мазмунини танлаш, ўкитиш методлари, воситалари ва шаклларини уйгуилаштяриш оркали, ўкувчиларнинг ёш ва психологик хусусиятларига мос равишда таълим бериш, тарбиялаш ва ривожлантириш саналади. Биология ўқитиш методикасининг предметига асосан, умумий ўрта таълим мактабларида ўқитилиши белгиланган «Ботаника» ўкув фанининг таълим мазмунини танланган, мазкур мазмунни ўкувчиларнинг ёш ва психологик хусусиятларига мос равишда улар онгига етказишда ўкитиш методлари, воситалари ва шаклларини уйгунлаштириш йўллари ишлаб чиқилган.

106. Miyweler haqqında túsinik beriń?
Meva yopiq urug’li o’simliklar uchun xos bo’lgan generativ a'zo hisoblanib, gulda urug’lanish jarayonidan so’ng urug’chi tugunchasi va gulning boshqa a'zolari ishtirokida rivojlanadi. Agarda gulda bir necha urug’chi bo’lsa, ular urug’langanidan so’ng ayrim mevalardan tashkil topgan to’pmeva rivojlanadi. Mevalar shakli, ichki tuzilishi va gistologik xarakteriga ko’ra nihoyatda xilma - xildir. Mevanining po’sti yoki meva yonligi perikarp deb atalib, uni shartli ravishda uchta qavati ajratiladi: ichki endokarp, o’rta mezokarp va tashqi ekzokarp. Ushbu qavatlar barcha mevalarda bir xil darajada rivojlanmagan. Mevalar kelib chiqishiga ko‘ra: haqiqiy, soxta, oddiy, murakkab va to‘p mevalarga bo‘linadi. Haqiqiy mevalar deb faqat tugunchaning o‘zidan kelib chiqqan mevalarga aytiladi. Masalan: shoftoli, o‘rik, olcha, gilos, olxo‘ri mevalari. Soxta mevalarda meva hosil bo‘lishida tuguncha bilan birga gulning biron qismi ishtirok etadi. Masalan: olma mevasida gul kosa, qulupnay mevasida gul o‘rni va boshqalar. Oddiy mevalarni hosil bo‘lishida 1 ta tuguncha ishtirok yetadi (o‘rik, olcha, gilos, olxo‘ri). Murakkab mevalarni hosil bo‘lishida bir nechta tuguncha ishtirok etadi. Masalan: kungaboqar, qoqio‘t, ayiqtovon va hokazo. To‘p guldan hosil bo‘lgan mevalarga to‘p mevalar deyiladi. Masalan: tut, shotut, malina mevalari. Mevalar meva qatining tuzilishiga ko‘ra ho‘l va quruq mevalarga ajratiladi.
Ho‘l mevalar ham, quruq mevalar ham ichidagi urug‘larining soniga ko‘ra 1 urug‘li va ko‘p urug‘li mevalarga bo‘linadi. Bir urug‘li ho‘l mevalarga olcha, gilos, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, ko‘p urug‘lilarga nok, qovun, tarvuz, uzum, apelsin, limon, mandarin kabi mevalar kiradi. Bular boshqacha rezavor mevalar deyiladi. Bir urug‘li quruq mevalarga don, pista, xakalak, eman daraxti mevalari va bir urug‘li qanotli mevalar kiradi. Кo‘p urug‘li quruq mevalarga dukkak, qo‘zoq, qo‘zoqcha, ko‘sak, ko‘sakcha va har xil shakildagi quticha mevalar misol bo‘la oladi. Aytib o’tganimizdek, meva urug’chining tugunchasidan hosil bo’ladi. Ayrim hollarda esa meva hosil bo’lishida ustuncha, juda kam hollarda–og’izcha ishtirok etadi. Agarda meva hosil bo’lishida mevachidan tashqari urug’ning boshqa qismlari, ko’p hollarda gulo’rni ishtirok etsa, meva soxta meva deyiladi. Mevalar turli xil shakl va o’lchamlarda, meva qati yesa turli tarkibda bo’ladi. Ho’l mevalarda meva qavati 3 qismdan: tashqi -ekzokarp, u odatda pishiq va mustahkam, o’rta - mezokarp, go’shtdor va yaxshi rivojlangan, hamda ichki - endokarpdan iborat. Ichki qavati turli tarkibda, ayrim o’simliklarda, masalan gilos, olchada u qattiq bo’ladi. Meva qavati qurug’ mevalarda ko’zga tashlanmaydi. Meva hosil qilishida qatnashgan urug’chining soniga qarab mevalar oddiy va murakkab mevalarga bo’linadi. Agarda gulda bitta urug’chi bo’lsa, bu urug’chidan hosil bo’lgan meva oddiy, gulda bir nechta urug’chi bo’lib, bu urug’chidan hosil bo’lgan meva murakkab meva deyiladi. Agarda meva bir nechta guldan yoki to’pguldan hosil bo’lsa to’p meva deyiladi. Masalan, anjir va tutning mevasi to’p mevaga misol bo’ladi. Aytib o’tilgan xususiyatlarga asoslanib, mevalar klassifikatsiyalangan. Morfologik xususiyatlariga qarab, bu sun'iy sistema avvalo mevalar quruq va ho’l mevalarga bo’linadi. Quruq’ mevalar esa ochiladigan ko’p urug’li ko’saksimon va ochilmaydigan bir urug’li – yong’oqsimon bo’ladi. Ko’saksimon mevalar quyidagi tiplarga bo’linadi:
Barg meva - bitta meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan bir uyali, ko’p urug’li, bir tomonlama ochiladigan quruq meva. Bunga ayiqtovondoshlar vakillari misol bo’ladi. Dukkak - bitta meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan bir uyali, bir, ikki yoki ko’p urug’li, ikki tomonlama ochiladigan mevalar. Burchoqdoshlaroilasining vakillari bunga misol bo’ladi.
Qo’zoq va qo’zoqcha meva - ikkita meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan, ikki uyali, ko’p urug’li meva hisoblanadi. Urug’lari soxta pardaga o’rnashgan, ikki tomonlama ochiladigan quruq meva. Bularga karamdoshlar vakillari misol bo’ladi.
Ko’sak meva - ikki yoki bir nechta meva barglarining birikib o’sishidan hosil bo’lgan ko’p urug’li quruq meva, bangidevona, mingdevona, g’o’za mevasi bunga kiradi.
Yong’oqsimon mavalarga esa:Yong’oq va yong’oqcha - meva qati qattiq yog’ochlangan, bir urug’li ochilmaydigan qurug’ meva. Yong’oqqa odatdagi yong’oqlar, yong’oqchaga kanopning yong’oqi misol bo’ladi.
Don-ikkita meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan, ochilmaydigan quruq meva. Masalan arpa, buqdoy, sholi va boshqalar.
Qanotcha - meva yonligi terisimon, ekzokarp qavati yaxshi rivojlangan bo’lib, pardasimon qanotcha hosil qilgan. (qayrag’och, shumtol, zarang mevasi).
Pista - meva qati terisimon, spermoderma bilan yopishmagan. Ho’l mevalar esa quyidagi tiplarga bo’linadi.
Rezavor meva - sersuv, ko’p urug’li ho’l meva. Uzum, ituzum, kartoshkaning mevasi rezavor meva hisoblanadi.
Danak meva - bitta meva bargchasining birikib o’sishidan hosil bo’lgan ho’l meva. Meva qati 3 qatlamdan iboratligi aniq ko’rinadi. Shaftoli, gilos, o’rik, mevalari bunga misol bo’ladi.
Qovoq meva - hosil bo’lishida gulo’rni ishtirok etgan ko’purug’li soxta meva: ekzokarp qavati qattiq, mezokarp va endokarp sersuv. Tarvuz, oshqovoq mevalari bunga kiradi.
Mevalar tabiiy sistemaga ko’ra ularning qanday ginetseydan hosil bo’lganligiga qarab klassifikatsiyalanadi. Ya'ni, mevalar apokarp, sinkarp, parakarp va lizikarp gurug’larga bo’linadi.

Download 246.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling