J: Mox tárizlilerdiñ dùnyas jùzi boyinsha 5 miñday tùri, Ğmda terrritoriyasinda 1500 dey tùrleri tarqalģan. Kòpshilik wàkilleri arqa yarim sharda, tawlarda, tropikaliq ellerde, yaģniy iģalliq jetkilikli orinlarda keñ tarqalģan


Download 246.89 Kb.
bet56/70
Sana18.06.2023
Hajmi246.89 Kb.
#1598428
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
Bog'liq
MISJ 150 SORAW JUWABI MN

Apokarp mevalarga tutashmagan yoki murakkab meva, ya'ni yuqori gul tugunchasidan hosil bo’ladigan bir necha urug’chi barglardan tashkil topgan mevalar kiradi. Ayiqtovondoshlar, magnoliyadoshlar, ra'noguldoshlar, burchoqdoshlar oilasi vakillari shunday mevalar hosil qiladi. Bitta urug’chi bargdan hosil bo’lgan bir chanoqli meva bargcha bargak yoki monokarp meva deb ataladi. Ular kelib chiqishiga ko’ra juda sodda, ochilishi uning ustki o’ng tomonidan. Bargakning moslashishidan dukkak meva kelib chiqqan bo’lib, ular bir-biridan ochilish xususiyati bilan farq qiladi. Dukkak ikki tomondan, ya'ni qorni va orqa chokidan yorilib ochiladi (sezalpindoshlar, mimozadoshlar). Bargchadan mezokarp shirasining oshishi, endokarpning yog’ochlanishi, urug’larning kamayishi natijasida danakli mevalar: bir xonali, bir urug’li (olcha, gilos, o’rik, bodom) va ko’p danaklilar (do’lana, ituzum) kelib chiqqan. Ko’p uyli danakli murakkab mevalar malina, maymunjon kabilarda uchraydi. Ular gul o’rnidan hosil bo’ladi, danagida urug’ soni bitta.
Sinkarp mevalar (yunon. sin-birgalikda). Bu guruq mevalar apokarp mevalarga yaqin, chunki ular hosil bo’lgan ginetseylari o’zaro yaqin. Sinkarp ko’sak - ko’p urug’li meva, ikki yoki undan ko’p meva bargchalardan tashkil topadi. Loladoshlar, sigirquyruqdoshlar, ituzumdoshlar, zubturumdoshlar, ko’knordoshlar shunday meva hosil qiladi. Tugmachagul, gulxayri, ziradoshlar, yalpizdoshlarda uchraydigan ikki yoki ko’p uyli, pastki yoki o’rta tugunchadan hosil bo’ladigan merikarpiy yoki bo’linadigan mevalar hosil bo’ladi. Ustki tugunchadan hosil bo’ladigan bir urug’li quruq, qobiqi po’st bilan o’ralgan meva yonqoqcha deyilib, ayiqtovon va espartsetlarda uchraydi. Qanotchali mevalar ham merikarpiy mevalar turiga kirib, ularning yonida qanotchalari bo’ladi (zarang, qayrag’och). Olma - evolyutsion nuqtai-nazardan kam taraq-qiy etgan sodda sinkarp meva (olma, behi, nok). Ostki sinkarp tugunchasi gul naychasining tutashishidan hosil bo’ladi. Anor - ko’p urug’li sinkarp meva bo’lib, ostki tugunchadan hosil bo’ladi. Meva po’sti qalin. Yong’oq - bir urug’li, yoqochlangan meva qatiga ega qurug’ meva. Takomillashgan ostki tugunchadan hosil bo’ladi (funduk, eman).

Download 246.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling