J. R. Qobulov
Download 0.54 Mb.
|
GULOMJONOV H
ΔE = Epog’. – Ejo’n. = 28860,65– 14323,2= 14537,45 ming so‘m ga ziyod.
4-BOB.STANSIYA ISH JARAYONING HAVFSIZLIGINI TAMIRLASHNING TALABLARI 4.1. Ortish-tushirish mashinalarining ishlash jarayonida ishchilaring havfsizligini ta’minlash chora tadbirlari Ushbu Qoidalar yuk ko‘tarish kranlarini loyihalash, tayyorlash, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, montaj qilish va eksplutatsiya qilishga, ularning uzellari va mexanizmlari, xavfsizlik qurilmalari, shuningdek yuk ilish organlari, yuk ushlash moslamalari, taralar va kran osti yo‘llariga bo‘lgan talablarni o‘rnatadi. Yuk ko‘tarish kranlarini loyihalash, tayyorlash, rekonstruksiya qilish, montaj qilish, ta’mirlash, texnik jihatdan qayta jixozlash va eksplutatsiya qilishga, ularni uzellari va mexanizmlari, xavfsizlik asboblari, shuningdek yuk ilish organlari, yuk ushlash moslamalari, taralari va kran osti yo‘llari sanoat xavfsizligi talablarini hisobga olgan xolda ishlab chiqiladi. a) barcha turdagi yuk ko‘tarish kranlarga, mashina yuritgichli ko‘priksimon-shtabel (yuk taxlovchi) kranlarga va kran manipulyatorlarga; b) yer usti rels yo‘llarida xarakatlanuvchi, boshqarish kabinasiga ega yuk ko‘tarish elektr aravachalarga; v) elektrmagnit yoki po‘lat arqonga ilingan faqat ilgak bilan ishlashga mo‘ljallangan ekskovator-kranlarga; g) elektr tallarga; d) smenali yuk ilish (ilgak, greyfer, yuk ko‘taruvchi elektrmagnit va boshqalar) organlariga; e) yechib qo‘yiladigan yuk ushlash va ilish (strop, zaxvat, travesalar va boshqalar) moslamalariga; 4. Ushbu qoidalar quyidagilarga taalluqli emas: a) maxsus qoidalar tegishli bo‘lgan shaxta, dengiz va daryo portlari kemalari va boshqa suzuvchi moslamalarga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish kranlari; b) yer o‘yish uskunasi yoki greyfer bilan ishlashga mo‘ljallangan ekskovatorlar; v) faqat ayvonli qurilmalar (titrovchi cho‘ktirgichli, shpuntni sug‘urib oluvchi, kajavali, burg‘ilash moslamali va boshqalar) bilan ishlashga mo‘ljallangan kranlar; d) montaj polispastlari va ular ilinadigan konstruksiyalar (machta, shevra, to‘sinlar va boshqalar); ye) harbiy idoralarning maxsus yuk ko‘tarish kranlari; j) qo‘l tali. Kranlar, mexanizmlar va moslamalargaqo‘yilgan talablar. Yuk ko‘tarish kranining portlash va yong‘in xavfi bor muhitda ishlashi mumkinligi (muhit kategoriyasi ko‘rsatilgan xolda) pasportda va uni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatiladi. Seysmik (6 balldan yuqori) rayonlarda eksplutatsiya qilinishga mo‘ljallangan yuk ko‘tarish kranlarini loyihalash va ishlab chiqarish, zilzilabardosh ko‘rinishda amalga oshirilib, O‘zbekiston Respublikasi xududida amaldagi qonun va me’yorlarga muvofiq bajariladi. Yuk ko‘tarish kranlarini loyihasi sifatiga, ishlab chiqarish, o‘rnatish, rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlashga, smenali yuk ilish organlari, yuk ushlash moslamalari ta’miri, shuningdek ularning ushbu qoidalarga mosligi ustidan javobgarlikni ushbu ishlarni bajargan tashkilot olib boradi. Yuk ko‘tarish kranlari bilan birga ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan pasport, montaj yo‘riqnomasi va boshqa ekspluatatsiya bilan bog‘liq xujjatlar, davlat yoki rus tilida rasmiylashtiriladi. Yuk ko‘tarish kranining yuk ko‘tarish quvvati va boshqa ko‘rsatgichlari, shuningdek tashqi o‘lchamlari davlat standartlariga, texnik shartlarga mos bo‘lishi, ular bo‘lmagan taqdirda, loyihalash uchun texnik shartga asosan o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 12. Strelali o‘zi yurar, temir yo‘l va pritsepli kranlar, ekskovator kranlar, minora va portal kranlari ishchi va ishsiz holatda barqaror bo‘lishi kerak. Kranning barqarorligi hisobi sinov yuklamasi xarakatida o‘tkazilishi, yukning xarakatida (yukli barqarorlik), yuksiz (o‘zining barqarorligi), yuklanishning behosdan olinishi va montaj (demontaj). Ekspluatatsiya shartlari bo‘yicha yuklama berilmagan strelani gorizontal xolatga tushirish talab etiladigan kranlarda, strelaning shu xolatida barqarorligi ta’minlangan bo‘lishi kerak. Kranning yuklama va yuklamasiz holatlardagi barqarorligini aniqlash qo‘yidagi qiyalik burchagidan ko‘p bo‘lmasligi kerak; Ko‘rsatilgan me’yorlar, aravachaning xarakatlanish mexanizmi yopiq tipdagi avtomatik tormoz bilan yoki aravachasi kanat (arqon) tyagasi bilan jihozlangan kranlarga taalluqli emas. Yuk ko‘tarish mexanizmlari va qulochni o‘zgartirish shunday bajarilgan bo‘lishi kerak, bunda yuk yoki strelani tushirish dvigatel yordamida amalga oshirilishi kerak. Yoqish yoki ishchi harakat tezligini o‘chirib yoqish uchun kulachli, friksion yoki boshqa mexanik moslamalar bilan jihozlangan yuk ko‘tarish kranlari mexanizmlari shunday yasalgan bo‘lishi kerakki, ular o‘zidan-o‘zi yoqilib ketish yoki mexanizmni ajratish imkoniga ega bo‘lmasligi lozim. Yuklarni ko‘tarish lebedkasi va strelada bundan tashqari yuritmaning tormozni bosmasdan o‘chib qolish xolati bundan mustasno. a) bir tezlikdan ikkinchi tezlikka yoqib o‘chiruvchi bir nechta diapazonli xarakatlanish yoki burish mexanizmlarida; b) alohida boshqarish uchun ikki gusenitsasi umumiy uzatmali gusenitsali kranlar xarakatlanish mexanizmlari; Yuk ko‘tarish krani mexanizmlarining aylanadigan vaziyatni uzatuvchi uzellarida shlitsali, shponli va boltli birikmalar qo‘llanilishi kerak. Yuk ko‘tarish kranlarining boltli, shponli va klinli (pona) birikmalari o‘z o‘zidan bo‘shab ketishi va ajralib ketishidan himoyalangan bo‘lishi kerak. Xarakatlanuvchi qulochga ega va minorali kranlarda, xarakatlanuvchi konstruksiyasining mustahkam fiksatsiyasi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Bolg‘alaydigan kranlarning ko‘tarish mexanizmlarida amortizatsiyalovchi moslama bo‘lishi kerak. Yuk ko‘tarish kranining kanat va zanjirli tallari va polispastlari shunday joylashgan bo‘lishi kerakki, bunda kanatning taldan o‘z-o‘zidan tushib ketishi, shuningdek kanatni blok bilan strela (yulduzcha bilan o‘q) orasida tiqilib qolishi bundan mustasno. Ikki qatorli polispastni qo‘llashda tenglagich bloki yoki balansirni o‘rnatish zarur. Yuk ko‘tarish kranlarining qo‘l uzatmali tortish g‘ildiraklari ularga ishlab turgan zanjirlarni tushib ketishini oldini olish uchun yo‘naltiruvchi bo‘lishi kerak. Tortish zanjirining uzunligi, uning pastgi qismi kranni boshqaruvchisi ish xolatida turgan yuzadan 500 mm balandlikda bo‘lishi kerak. Yuk ko‘tarish kranlarining metallkonstruksiyalar va metall detallari korroziyadan saqlangan bo‘lishi kerak. Ochiq havoda ishlaydigan kranlarning korobkali va trubkali metallkonstruksiyalarida namlik yig‘ilishini oldini olish choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Yuk ko‘tarish kranlarning texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiluvchi mexanizmlari, saqlovchi moslamalari, elektruskunalari, metallkonstruksiyalar elementlari xavfsiz kirish joyi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun galereyalar, maydonchalar va norvonlar tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Blok va xavfsizlik priborlariga xizmat ko‘rsatish uchun maydoncha va norvonlar bo‘lmagan xolda strelada uni pasaytirish imkoniyati bo‘lishi kerak. Yuk ko‘tarish kranlarining elektr uskunalari uning montaji, tok yetkazgich va yerga ulanishi o‘rnatilgan talablarga mos bo‘lishi kerak. Yuk ko‘tarish kranlar elektr uskunalarini eksplutatsiya qilish amaldagi qonunchilikka asoslangan xolda bajarilishi kerak. Gidravlik uzatmali kranlar uchun, quvurlar buzilishi yoki gidrosferada bosimning tushib ketishida avtomatik tarzda to‘xtash va mexanizmlar fiksatsiyasi (burilish, yuk va strelali lebedkalar, strelaning ko‘tarilishi va chiqaruvchi tayanch, strelaning suruvchi seksiyalar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Kranlar gidrosistemasi talablarga javob berishi va har bir ishchi konturida bosimni nazorat qilish va gidroagregatlar, shlanglar, filtrlarni bakdagi ishchi suyuqlikni to‘kmasdan almashtirish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Strelali, o‘zi yurar va minorali kranlar ishlash muddatini motosoatlarda hisoblash uchun moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Po‘lat arqonli trossni hisoblash arqonlar soni va ularning vertikalga egilgan burchagini hisoblagan holda o‘tkazilishi kerak. Bir nechta arqonlardan iborat umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan trossni hisoblashda ular orasidagi hisob burchagi 900 teng qabul qilinishi kerak. Alohida yuk uchun mo‘ljallangan trossni hisoblashda aniq burchak qabul qilinishi mumkin. Trossni hisoblaganda arqonlarning mustahkamlik zahira koeffitsenti 6 barobardan kam emas deb qabul qilinishi lozim. Ko‘p arqonli tross konstruksiyasi barcha arqonlar bir tekis tortilishini ta’minlashi kerak. Paxtatolali, kanoptolali va kapron lentali trosslarni hisoblash lentalar sonini va ularni vertikal egilgan burchagini hisobga olgan holda bajariladi. Bunda mustahkamlik zahira koeffitsenti 8 barobardan kam bo‘lmasligi kerak. Yuk ko‘tarish kranlari va yuk qamrash qurilmalarini tayyorlash,rekonstruksiya qilish,ta’mirlash va montaj qilish. Barcha yuk ko‘tarish kranlari ushbu Qoidalarga va yuk ko‘tarish kranlarni texnik tartibga solish bo‘yicha hujjatlarga muvofiq loyihalashtirilishi va tayyorlanishi kerak. Kranlar va ularning elementlari texnik vositalar va malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan, ushbu Qoidalar va texnik tartibga solish bo‘yicha hujjatlarga to‘la mos ravishda tayyorlanishini ta’minlaydigan korxonalarda ishlab chiqariladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling