28
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, keyingi 4 yil mobaynida xususan,
AQSh va ayrim Mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlari (Qirg’izistondan tashqari)
tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotlariga nisbatan salmog’i ortib borgan. Xususan,
2008 yilda AQSh tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog’i qariyb
90% ni tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich Rossiyada 37% ni, Qozog’istonda 102% ni,
Ukrainada 64% ni tashkil etgan. Qirg’izistonda esa keyingi 3 yil mobaynida pasayish
tendenstiyasi kuzatilib 2022 yilda 81% ni tashkil qilgan. Bu borada O’zbekiston
Respublikasida teskari tendenstiya kuzatilgan. Ya’ni,
amalga oshirilgan oqilona
iqtisodiy siyosat natijasida tashqi qarzlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i 2021
yildagi 29% dan 2020 yilda 13,3% ga qadar qisqargan.
Xususan, 2020 yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investistiyalar oqimi 20%
gacha pasayganligi kuzatilgan. 2022 yilda jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi,
bevosita xorijiy investistiyalar ko’lamining yanada pasayishini
kuzatilishi hamda
xalqaro savdo hajmi qariyib 15% ga pasayishi ehtimol qilinmoqda.
Bu holat esa
ishsizlik darajasining ortishi bilan bog’liq jiddiy ijtimoiy
muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin (2-rasm).
2-diagramma
Do'stlaringiz bilan baham: