Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar Jami 204 Ma’ruza 52
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari
Download 42.74 Kb.
|
Jahon xoâjaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bos-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni shakllari bo‘ yicha guruhlash mumkin.An’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish kabi shakllari asosida yotadi.Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo‘jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ular asosida tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili odatda, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansa-da, jahon xo‘jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqtisodiy munosabatlar sifatida tan olingan. Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlariJahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog‘liq. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo‘- jaligining shakllanishi jarayonida alohida o‘rin tutadi. Milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvida xalqaro savdo tarixiy ahamiyat kasb etadi. Savdo aloqalari quldorlik tuzumida ham olib borilgan. Misol tariqasida Rim imperiyasi davridayoq yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan xalqaro savdo-sotiqlarning o‘tkazilganligini keltirish mumkin. Bu turdagi savdo-sotiqlar feodalizm tuzumida ham mavjud bo‘lgan. Biroq mazkur ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi natural xo‘jalik yuritishga xos xususiyatlar tufayli xalqaro ayirboshlashga ishlab chiqarilgan tovarlarning juda oz qismi (qimmatbaho gazlamalar, javohirlar, ziravorlar, mineral xomashyolarning ba’zi bir turlari, shirinliklar va h. k.) kelib tushgan. Natural xo‘jalik yuritishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish asosida kapitalistik munosabatlarning yuzaga kelishi xalqaro savdo va jahon xo‘jalik aloqalarining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asta-sekin jahon xo‘jaligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni jahon xo‘jaligining rivojlanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin. Bu kabi tasdiqlar jahon xo‘jaligining rivojlanish jarayoni va uning bosqichlarida ham o‘z aksini topgan Download 42.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling