Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
Quyidagi tayanch so„zlarga ta‟rif bering 
 
Bank ta‘sischisi 
Bank aksiyadori 
Bank manfaati 
Mijoz manfaati 
Ochiq turdagi aksiyadorlik banki 
Yopiq turdagi aksiyadorlik banki 
Bank foydasi
Bank zarari 
Bank vasiysi 
Vasiy huquqlari 
Ekvivalent mablag‗ 
Bank ochish 
Banklarni tugatish 
Bankni majburiy tugatish 
Bankni ixtiyoriy tugatish 
Bank litsenziyasi 
Litsenziyani bekor qilish 
Litsenziyani qaytarib olish 
Litsenziyani to‗xtatish 
O„z bilimini tekshirish bo„yicha savollar 
 
- Tijorat banklari iqtisodiyotga qaysi jihatlari bilan ta‘sir ko‗rsatadi? 
- Xususiylashtirish sharoitida banklarning o‗rni va rolini ko‗rsating? 
- Banklar faoliyatini erkinlashtirish deganda nimani tushunasiz? 
- Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslarini keltiring? 
- Qanday shartlar bajarilganda banklar faoliyatini olib borishga 
litsenziya beriladi? 
- Litsenziya chaqirib olinishi mumkinmi? 
- Markaziy bank bilan tijorat banklarining munosabatlarini keltiring 
va asoslang? 
- Tijorat 
banklarining 
ustav 
kapitali 
minimal 
miqdoriga 
qo‗yiladigan talablarni tushintirib bering?
- Tijorat banklarining funksiyalarini keltiring? 
111
To„rtinchidan, bank zaruriy kapitalining miqdori kredit resurslari 
bozorining rivojlanganlik darajasiga va O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki olib borayotgan pul-kredit siyosatiga ham bog‗liq. Bo-
zor munosabatlarni rivojlantirish sharoitida O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining tijorat banklariga mustaqil kredit siyosatini olib 
borishga yo‗l ochib berishi natijasida tijorat bankining kredit resurslariga 
bo‗lgan talabini qondirish osonlashdi va bankning zaruriy o‗z 
mablag‗lari darajasi kamayadi. Lekin yetarli darajada moliya bozorining 
rivojlanmaganligi, kredit resurslarga bo‗lgan ehtiyojning yuqoriligi 
banklarning o‗z mablag‗larini doimiy tarzda oshirishini talab etadi. 
Banklarning o‗z mablag‗lari tijorat banklari faoliyatida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bank ustav kapitali miqdorining o‗zgarishi ustav 
kapitali miqdorining oshirilishi yoki kamaytirilishi shakllarida amalga 
oshirilishi mumkin. 
Banklarning o‗z mablag‗lari miqdorini oshirishda 2 usul ishlatilishi 
mumkin: qo‗shimcha aksiyalar chiqarish va ularni joylashtirish yoki 
chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatini oshirish. Birinchi usul 
bank ustav kapitali miqdorining oshirilishi qo‗shimcha aksiyalarni 
chiqarish, ularni joylashtirish yoki aksiyalar nominal qiymatini oshirish 
yo‗li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu yo‗l bilan foydani jamg‗arish, 
bankning zaxira va boshqa fondlarini jadallashtirilgan tarzda 
shakllantirish va ularni keyinchalik kapitalga aylantirish shaklida ro‗y 
beradi. Bunda yil oxirigacha foydaning bir qismi to‗g‗ri kapitalga 
aylanishi ham mumkin. Bu usul ancha arzon, yangi paychilar jalb qilish 
yoki aksiya chiqarish borasidagi qo‗shimcha xarajatlarni talab etmaydi. 
Lekin foydani jamg‗arish joriy yilda aksionerlarga to‗lanadigan 
dividendlar miqdorining kamayishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi 
usul, aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‗li bilan amalga 
oshiriladi. 
Aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‗li bilan bank ustav 
kapitalini oshirish quyidagi usullar: 
- moliyaviy yil yakuni bo‗yicha ko‗rilgan foydaning bir qismini 
yoki hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‗naltirish; 
- aksiyadorlar tomonidan aksiyalar nominal qiymati oshirilgan 
qismining to‗lanishi orqali bo‗lishi mumkin.
Aksiyalar chiqarish yoki ularning nominal qiymatini oshirish yo‗li 
bilan bankning ustav kapitalini ko‗paytirish Markaziy bankning 
litsenziyalash deportamenti ruxsati bilan amalga oshiriladi. 


110
mumkin. Ularni shakllantirish va ishlatish tartibi tijorat hisob-kitoblari 
to‗g‗risidagi bank yo‗riqnomalarida belgilanadi. 
Bankning mijozlari oldidagi majburiyatlarini ta‘minlash – bank 
mablag‗larining asosiy funksiyasi hisoblanadi. Ularga o‗z majburiyatlari 
bo‗yicha javobgarlikni ta‘minlovchi kattalik sifatida qaralishi mumkin. 
Bankning o‗z resurslari miqdori uning faoliyat ko‗lamiga bog‗liq. 
Bankning o‗z mablag‗lari uning moddiy bazasini rivojlantirish manbayi 
bo‗lib xizmat qiladi. 
Bank amaliyotida o‗z kapitalining netto va brutto turlari farqlanadi. 
Bankning o‗z kapitali – brutto – bankning barcha fondlari va balans 
bo‗yicha taqsimlanmagan foydasi yig‗indisiga teng. Bankning o‗z 
kapitali – netto – bu kapital bruttodan, o‗z mablag‗laridan kapital xa-
rajatlarning oshgan qismini, yo‗l qo‗yilgan va potensial zararlar, sotib 
olingan xususiy aksiyalar va muddati 30 kundan ortiq bo‗lgan debitor 
qarzlarni chegirib tashlangandan qolgan summaga teng. Shunday qilib
kapital – netto naqd mavjud bo‗lgan bank kapitalini o‗zida aks ettiradi. 
Tijorat bankining o‗z kapitali miqdori ko‗pgina omillarga bog‗liq 
bo‗ladi. Bu omillar sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin. 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling