Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Birinchidan, tijorat banklarni jalb qilgan resurslarini mijozlar 
nomidan emas, balki bank nomi joylashtiradi, ya‘ni bank mazkur 
mablag‗ning egasi sifatida maydonga chiqadi. 


166
Ikkinchidan, agar passiv operatsiyalarda bank mijozga resurs 
uchun foiz to‗lovi to‗lagan bo‗lsa, aktiv operatsiyalarda banklar bu 
resurslar uchun foiz to‗lovini olish imkoniga ega bo‗lishadi; 
Uchinchidan, banklar aktiv operatsiyalar orqali yuqori daromadga 
ega bo‗ladi. 
To„rtinchidan, banklar aktiv operatsiyalar bilan bog‗liq xarajatlar 
va risklarni o‗z zimmalariga oladilar.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari orqali kreditning bahosi 
shakllanadi. Tijorat banklarining asosiy turi bo‗lgan kredit operatsiyalari 
va ular bo‗yicha o‗rnatiladigan foiz stavkalariga:
– mijozlar tomonidan kreditga bo‗lgan talab;
– O‗zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankining 
qayta 
moliyalashtirish stavkasi; 
– kreditning muddati; 
– kreditning turi; 
– jalb qilingan mablag‗larning o‗rtacha foiz stavkasi; 
– mamlakatdagi pul muomalasining holati (odatda, inflyatsiya 
jarayonlari shiddat bilan o‗sganda, kredit bo‗yicha foiz stavkalar ham 
yuqori bo‗ladi, deflyatsiya sharoitida u past darajada bo‗ladi) ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklari aktiv operatsiyalarining 
asosiy maqsadi yuqori foyda olish va bank faoliyati likvidligi hamda 
barqarorligini ta‘minlashdan iborat. Biz keyingi mavzularda tijorat 
banklari aktiv operatsiyalarining turlarini yanada kengroq ko‗rib 
chiqamiz. 
 
4-§. AQSh tijorat banklarining aktivlari va ularning tarkibi 
 
Bankning aktivlari deganda bankga kelajakda iqtisodiy jihatdan 
manfaat keltiruvchi amalga oshirilgan operatsiyalar, sotib olingan 
mulklar tushuniladi. Iqtisodiy manfaat bank aktivlarini vaqtincha 
foydalanishga berish, boshqa aktivlarga almashtirish, ularni qarz 
majburiyatlarini to‗lashga yo‗naltirish, ulardan foydalanish orqali foyda 
ko‗rishda o‗z ifodasini topadi.
Bankning aktivlari quyidagi hisob varaqlarida o‗z ifodasini topadi: 
1. Kassa va nostro hisob varaqlari – bular rezerv sifatida 
saqlanayotgan banknotalar va tangalar, korrespondent banklardagi 
depozitlar. 
171
mablag‗lar aylanishining barcha bosqichlarida ishtirok etishi va 
mablag‗lar aylanishida yuzaga keladigan uzulishlarning oldini olishi 
mumkin. Kredit ko‗lamining kengayishi tadbirkorlikning kengayishining 
asosiy 
shartlaridan 
hisoblanadi. 
Kredit 
hajmining 
oshishi 
tadbirkorlarning sotib olish qobiliyatining oshishiga olib keladi, bu esa 
tovar zaxiarlari va materiallarning bahosining oshishiga olib kelishi 
mumkin.
Bank kreditlari turli belgilari bo‗yicha tasniflanishi mumkin:

maqsadi bo‗yicha; 

ta‘minoti va uning turlari bo‗yicha; 

to‗lash muddatlari bo‗yicha; 

qarz oluvchilarning turlari va boshqa belgilar bo‗yicha 
tasniflanishi mumkin.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling