Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Konsalting (maslahat) operatsiyalari
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trast operatsiyalari
Konsalting (maslahat) operatsiyalari. Tijorat banklari o‗zining
mijozlariga va boshqa fond bozorining ishtirokchilariga, aholiga qimmatli qog‗ozlarning muomalada bo‗lishi, fond portfelini 217 shakllantirish va qimmatli qog‗ozlar bozorini tadqiq qilish va istiqbolini belgilash, huquqiy maslahatlar berish, kasbiy o‗qitish va o‗rgatish, qimmatli qog‗ozlarni baholash, axborot xizmatlari ko‗rsatish kabilar bo‗yicha yordam va maslahat xizmatlarini ko‗rsatadi. Trast operatsiyalari. Trast – ingliz tilida ―ishonch‖ degan ma‘noni bildiradi. Bank jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‗larini ma‘lum bir muddatga jalb qilib, shu muddat ichida ishonchga olingan mablag‗ni yuqori foyda olib keladigan operatsiyalarga joylashtiradi. Trast operatsiyalari bank ishida va banklarning sanoat va iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan aloqalarida katta rol o‗ynaydi. Badavlat insonlar tomonidan hali balog‗at yoshiga yetmagan farzandlari nomiga qoldirilayotgan mulk yoki boyliklarni, ularning vasiyati bo‗yicha boshqarish muammosining yuzaga kelishi banklarning trast operatsiyalarini paydo bo‗lishiga sabab bo‗lgan. Banklar trast operatsiyasida ushbu mablag‗larni farzandlar balog‗at yoshiga yetgunga qadar, ishonchli tarzda boshqaradilar. Trast operatsiyalari asta-sekin banklarning korporativ mijozlari bilan bo‗ladigan munosabatlariga ko‗chdi. Mijoznnig qimmatli qog‗ozlari portfelini yoki ushbu portfelning bir qismini hamda u bilan bog‗liq bo‗lgan pul mablag‗larini boshqarish ham tijorat banklarining trast operatsiyalarini tashkil qiladi. Tijorat banklari trast operatsiyalarini amalga oshirishi tufayli, birinchidan, qimmatli qog‗ozlarni joylashtirish, birjadagi operatsiyalarda foydalanishi mumkin bo‗lgan uzoq muddatli moliyaviy resurslardan bahramand bo‗la oladi. Ikkinchidan, trast operatsiyalariga bog‗liq bitimlarni banklar o‗z mijozlarining shartnomalari asosida amalga oshiradi, shuning uchun bitimlar qonunlar bilan cheklanmaydi. Uchinchidan, bank qimmatli qog‗ozlarni boshqarishdan komission mablag‗lar olib, o‗zi boshqarayotgan qimmatli qog‗ozlardan tushayotgan foydadan o‗z ulushini oladi. To‗rtinchidan, bank o‗z sarmoyalari bilan emas, balki o‗zgalar sarmoyalari bilan operatsiyalar o‗tkazadi va faqat trast shartnomasi doirasidagina javobgar bo‗ladi, asosiy tavakkalchilik esa qimmatli qog‗ozlar egasining zimmasida bo‗ladi. Tijorat banklari xilma-xil trast operatsiyalarini bajarishi mumkin: mijozlarning pul mablag‗larini boshqarish, mijozlarning fond portfellarini shakllantirish va qimmatli qog‗ozlar paketlarini boshqarish, meroslar va xususiy mablag‗larni tasarruf etish, agentlik vazifalarini bajarish, obligatsiyalar chiqarish va to‗lov muddati kelganda, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling