Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Kreditga layoqatlilik ko„rsatkichlariga qarab mijozlarni
Download 5.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bank ishi (2) (1) (1)
Kreditga layoqatlilik ko„rsatkichlariga qarab mijozlarni
sinflarga ajratish bo„yicha talablar № Ko„rsatkichlar I sinf II sinf III sinf 1. Qoplash koeffitsiyenti (Kq) Kq 2,0 2,0>Kq 1,0 1,0>Kq 2. Likvidlilik koeffitsiyenti (Kl) Kl 1,5 1,5>Kl 1,0 1,0>Kl 3. Muxtoriylik koeffitsiyenti (Km) Km 60% 60%>Km 30% 30%>Km Kreditga layoqatlilikning har bir sinfdagi korxonalarga banklar har xil kredit munosabatlari tuza oladilar. 1-sinfga mansub qarz oluvchilarga bank kredit liniyasi ochishi, kontokorrent hisob raqami bo‗yicha kredit berishi, boshqa qarz oluvchilarga nisbatan past foizlarda ishonchli kre- ditlar berishi, kreditlar bo‗yicha ta‘minlanganlik talab qilinmasligi mumkin. 2-sinfga mansub qarz oluvchilarga esa umumiy asoslarda va odat- dagi tartibda, ya‘ni majburiyatni muvofiq shaklda ta‘minlanishi (kafolat, garov, kafillik) shartlari asosida kredit beriladi, agar uning qo‗shimcha ko‗rsatkichlari ijobiy holda bo‗lsa, unda unga imtiyozlar berilishi mum- kin, ammo ishonchli kreditlar berilmaydi. Agar qo‗shimcha ko‗rsatkichlar bo‗yicha kamchiliklar bo‗lsa, uning moliyaviy ahvoli no- barqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‗rishning talab qilinishi, kredit bo‗yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarini oshirishi, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‗rish mumkin. Bank uchun 3-sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar bilan bog‗liqdir. Shuning uchun ular kamdan-kam holatlarda va yuqori turadigan korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qo‗ygan holatda eng yuqori foizlarda kreditlanadilar. Agarda tahlil bo‗yicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koef- fitsiyenti 0,5 dan (k k <0,5) kichik bo‗lsa, likvid mablag‗lari juda kam bo‗lsa yoki umuman mavjud bo‗lmasa va uning o‗z mablag‗lari miqdori ham kam bo‗lsa, u nolikvid balansga ega bo‗lgan, moliyaviy holati no- chor korxona deb qaraladi va uni 4-sinfga kiritish mumkin va bunday korxonlarga, odatda, umuman kredit ajratilmaydi. Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning muhim bir xususiyati shundaki, yuqorida ko‗rsatilgan ko‗rsatkichlar korxonaning kreditga layoqatliligini baholashning yakuniy ko‗rsatkichlari hisoblanmaydi. Mijozlar faoliyati va ularning moliyaviy ahvolini yanada chuqurroq ko‗rib chiqishda hamda kreditga layoqatliligining asosiy 281 ko‗rsatkichlari bo‗yicha mijoz turli xil sinflarga taalluqli bo‗lib chiqsa, u holda moliyaviy ahvoli haqida to‗g‗ri xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilik darajasini baholashning qo‗shimcha ko‗rsatkichlarini tahlil qilish lozim bo‗ladi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling