Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


AQShda uzoq yillar davomida, tijorat banklari mijozning kreditga  layoqatliligini baholash va kredit riskini minimallashtirish maqsadida 5


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

AQShda uzoq yillar davomida, tijorat banklari mijozning kreditga 
layoqatliligini baholash va kredit riskini minimallashtirish maqsadida
S yoki “SI” nomini olgan usullardan foydalanilgan. Bu usul asosida 
mijoz faoliyatini baholashning quyidagi mezonlari yotadi.
- character – mijozning obro‗si yoki kredit tarixi. Ushbu 
bandda quyidagi holatlar inobatga olinishi joiz: 
o strategiya kuchliligi. Boshqaruv tomonidan kuchli strategiya 
ishlab chiqish qobiliyati; 
303
yangiligini va raqobatbardoshligini o‗rganadi, bozorlarni egallash
imkoniyatlari va boshqalarni baholaydi. Keyingi paytlarda, ayniqsa, 
iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bank mijozlarining ma‘naviy-axloqiy 
sifatlariga tobora ko‗p e‘tibor berilmoqda. Bu sifatlarning yetarli 
darajada aniq baholash imkonini beruvchi testlar va uslublar yaratildi. 
Ana shunday testlardan biri ―Qizil signallar tizimi‖ bo‗lib, u xorij 
banklar xodimlarining fikricha, mijozlarning ishonchliligini aniqlashga 
imkon beradi. Bu tizim qarz oluvchining faoliyatiga baho beruvchi bir 
necha bo‗limlardan iborat: 
I. 
Qarz oluvchi tarixidan signallar 
- Yaqin, o‗tmishdagi moliyaviy ahvoli yoki noqobilligi. 
- Qarz oluvchi ma‘lumotlaridagi nomutanosibliklar va qarama-
qarshiliklar. 
II. Qarz oluvchini boshqarishga doir signallar: 

Qarz oluvchining ishonchli aloqalari mavjud, hamkorni 
qidirmoqda. 

Boshqaruvchining past ma‘naviy sifatlari. 

Boshqarish uchun xodimlar, oila a‘zolari, kompaniya muas-
sislari orasida kurash. 

Boshqarishdagi tez-tez o‗zgarishlar. 

Boshqaruvchining hovliqma xarakteri. 

Boshqaruvchilarning kreditlash jarayonini tezlashtirishga 
xarakat qilishlari yoki aralashishlari. 
III. Aylanma aktivlar. Ishlab chiqarish faoliyatini aks ettiruvchi 
signallar: 

Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar qatorining farqlari. 

Qarz oluvchinig o‗z debitorlari ustidan nazorati susayganligi. 

Qarz oluvchining bugungi kunda muammolarni boshidan 
kechirayotgan sohaga tegishliligi.

Balansining aktiv va passiv moddalari bo‗yicha mu-
tanosibligi. 
IV. Kreditlashga tegishli signallar: 

Qarz oluvchi kredit maqsadini aniq ko‗rsatmaydi. 

Qarz oluvchida qarzni to‗lash bo‗yicha aniq dastur yo‗q. 


302
Jahon amaliyotida shuningdek, mijozning defolt yoki defoltoldi 
holatini baholash bo‗yicha reyting sinflari mavjud. Bu sinflar jahon 
bank amaliyotida ―o‗tmaslar‖ degan nom bilan yuritiladi. Avstraliyada 
bank nazorati bo‗yicha APRA tashkilotining talabiga asosan ko‗pgina 
banklar 
2-, 
4-reyting 
sinfga kiruvchilarni ―o‗tmaslar‖ yoki 
kreditlanmaydiganlar, 5- 10 reyting sinfga kiruvchilarni ―o‗tganlar‖, 
ya‘ni kreditlanadiganlar deb baholaydi. Yaponiyada umumqabul 
qilingan ko‗rsatkichlardan tashqari o‗z kapitali koeffitsiyenti (o‗z 
kapitalining balans jamiga nisbati), qarz mablag‗lari va o‗z kapitalining 
nisbati, uzoq muddatli qarzdorlikning o‗z kapitaliga nisbati, jalb qilingan 
kapitalning o‗z kapitali va uzoq muddatli qarzdorlikga nisbati kabi 
ko‗rsatkichlar qo‗llaniladi. Hozirda AQSh banklari individual shaxslarni 
kreditlashda turli xil yondashuvlar ishlab chiqmoqda. Har bir bank 
o‗zining xususiy tizimi orqali mijozlarning kreditga layoqatltligini 
baholamoqda. Ko‗pgina Amerika banklari o‗z amaliyotida mijozlarning 
kreditga layoqatliligini baholashda ikki xil usuldan foydalanadilar: 
- mijozni bank talablari yuzasidan tekshirib chiqadi va kredit
berish yoki bermaslikni hal qiladi; 
- kreditga layoqatlilikni baholashda balli tizimi, matematik 
korrelyasion tahlil va omillar tahlilidan foydalaniladi. 
Banklar mijoz balansining moddalari va bo‗limlari orasidagi turli 
proporsiyalarni ta‘riflovchi boshqa moliyaviy koeffitsiyentlarni ham 
hisoblaydi. Bu koeffitsiyentlarning me‘yoriy kattaliklarini belgilaydi va 
mavjud kattaliklarni ular bilan solishtirib, natijalariga ko‗ra mijozning 
kreditga layoqatliligiga baho beriladi. Har bir koeffitsiyentga (uning 
normativga yaqinligiga qarab) berilgan ballar yig‗indisiga qarab, mijoz-
ning moliyaviy holati yuqori, o‗rta yoki past likvidlikka ajratiladi. Mi-
jozning reytingi bo‗yicha qaysi guruhga mansubligiga qarab bank kredit 
talablarini susaytirishi, kuchaytirishi yoki umuman kreditlashni rad et-
ishi mumkin. Koeffitsiyentlarning me‘yoriy chegarasi turli tarmoq, 
hudud va boshqalardagi korxonalar uchun turlicha bo‗lishi mumkin. 
Qarz oluvchi moliyaviy holatini baholash bilan birga bank uning faoliyat 
jarayonini, ishlab chiqarish, mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan 
munosabatlarini, korxona egalari bilan ishchilar o‗rtasidagi, 
boshqaruvchi va xodimlar o‗rtasidagi munosabatlarni ham o‗rganadi. 
Shuningdek, bank foydalanilayotgan texnologiyalar, vositalar, ularning 
291
o korxona faoliyati tarixi. Boshqaruvning oldingi ishlab 
chiqilgan strategiyaga amal qilganligi, korxonada avvalgi bankrotlik, 
restrukturizatsiya yoki boshqa stress holatlari bo‗lganligi; 
o buxgalteriya va soliq siyosati. Korxona tomonidan 
ishlatilayotgan buxgalterlik va soliq siyosatlari qanday muammolarni 
yashirishi mumkinligi (masalan, kirimni tan olish muammolari yoki 
auditorlarni almashtirish ko‗p uchrashi); 
o noqonuniy faoliyat kuzatilganligi. Avval qayd etilgan qonun-
buzarlik yoki normalarga ataylab rioya etilmaganlik mavjudligi; 
o kreditor manfaati ustunligi. Kredit qaytarilmagan holatda 
turli usullar bilan korxona rahbarlari manfaati ustun qo‗yilgan holatlarni 
aniqlash; 
- capacity – mijozning o‗z vaqtida qarzni qaytarish qobiliyati. 
Ushbu band uchta darajaga bo‗linib tahlil qilinishi mumkin: 
o SEKTOR yoki industriya strukturasi. Ushbu bo‗lim 
―Porterning 5 kuchi‖ usuli bilan tahlil qilinadi va bu usul quyidagi 
tayanch yo‗nalishlarni tahlil qilishga qaratilgan bo‗ladi. Bular: 
 mavjud raqobatchilar o‗rtasidagi raqobat; 
 ushbu sektorda yangi korxonalar ochilib, bozor ulushining 
yanada bo‗linishi xatarining mavjudligi; 
 o‗rnini bosuvchi mahsulotlar paydo bo‗lishi xatari; 
 sotib oluvchilarning sotuvchiga ta‘sir qila olish kuchi; 
 homashyo yetkazib beruvchilarning ta‘sir qilish kuchi. 
o Sektor yoki industriya miqyosidagi tahlil: 
 industriya siklligi. Sikllik industriyalar iqtisodiyotning hola-
tiga bog‗liq. Sikllik industriyadagi korxonalarning moliyaviy (foyda, ki-
rim va pul oqimlari) indikatorlari notsiklik industriyalarga nisbatan volo-
til (ingl.volatility) o‗zgaruvchan bo‗ladi; 
 industriyaning o‗sish imkoniyatlari; 
 industriya bo‗yicha chop etilgan statistik ma‘lumotlar. Ushbu 
ma‘lumotlar davlatning statistika qo‗mitalarida, mustaqil reyting 
agentliklari, investitsion banklar kabi tashkilotlar tomonidan chiqarilgan 
bo‗lishi mumkin. 
o korxona miqyosidagi tahlil: 


292
 korxona moliyaviy natijalarining turli biznes sikllaridagi
holati; 
 korxona boshqaruvining strategiyasi va uning bajarilishi; 
 moliyaviy indikatorlar va koeffitsiyentlari tahlili (masalan; 
qoplash, likvidlilik va leveraj koeffitsiyentlari). 
- Capital – qarz oluvchining kredit maqsadidagi ishtiroki. 
Bunga misol uchun qarzdor ipoteka kreditini olgan bo‗lsa va ushbu 
ko‗chmas mulkning ma‘lum qismini o‗z mablag‗iga moliyalashtirganini 
misol keltirish mumkin. Ushbu omil kreditning qaytarilishida katta rol 
o‗ynashi mumkin. 
- Collateral – kredit ta‘minoti (kreditga layoqatligi past 
bo‗lgan qarzdorlar uchun zarur omil). Kredit ta‘minotini tahlil 
qilayotganda asosiy omillar quyidagilar: 
o Nomoddiy aktivlar: patentlar yuqori sifatli nomoddiy aktiv 
bo‗lib, ularni sotish va pul ko‗rinishiga keltirish, odatda, ko‗p vaqtni 
olmaydi. Gudvill past sifatli nomoddiy aktiv hisoblanib, u ta‘minot 
bo‗lishi mumkin bo‗lgan aktivlar ro‗yxatiga kiritilmaydi. 

Amortizatsiya. Korxonaning o‗rtacha yillik asosiy vositalar 
kirimi amortizatsiya qiymatidan past bo‗lsa, bu boshqaruv tomonidan 
korxonaga yetarli investitsiya qilinmayotganligini bildiradi. Bu esa, o‗z 
navbatida, korxonaning asosiy vositalari sifati pastligini va bu hol 
korxonaning kelajakdagi pul oqimlariga ta‘sir ko‗rsatishini bildiradi. 
o Inson va intellektual kapital. Bularni baholash qiyin 
hisoblanadi, ammo xorijiy davlatlarda bular korxonaning intellektual 
mulki bo‗lishi va ularni ta‘minotlar ro‗yxatiga kiritish mumkin. 
- Covenants – shartlar va majburiyatlar. Odatda, ikki turdagi 
shartlarni shartnomalarda kuzatish mumkin: 
o Tasdiqlovchi shartlar (affirmative covenants) – qarz 
oluvchining bajarishi majbur bo‗lgan shartlar ro‗yxati (o‗z vaqtida 
kreditni va kredit bo‗yicha foizlarni to‗lash, zarur bo‗lganida ta‘minotni 
taqdim etish va h.k.). 
o Salbiy shartlar (negative covenenats) – qarzdorning nimalar 
qilishi mumkin emasligining qayd etilganligi (masalan, qo‗shimcha 
kredit olishini yoki dividendlar to‗lanishini man etish). 
301
Fransiya banklari faoliyatida skoring baholashda boshqa ba‘zi bir 
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi va bunda koeffitsiyentlar manfiy 
ko‗rsatkichlarga ega bo‗lishi ham mumkin.
Ushbu model bo‗yicha har index (ko‗rsatkich)ni koeffitsiyentlarga 
ko‗paytirish orqali mijozning bankrot bo‗lish ehtimoli riskini aniqlash 
mumkin. Fransiya banklari amaliyotida agar mazkur model bo‗yicha 
aniqlangan ko‗rsatkich >0,125 bo‗lsa, mijozning moliyaviy ahvoli 
qoniqarli hisoblanadi, agarda olingan ko‗rsatkich <-0,125 bo‗lsa, 
mijozning moliyaviy ahvoli qoniqarsiz va uning bankrot bo‗lish riski 
yuqori deb baholanadi. 
Shuningdek, xorijiy banklar amaliyotida mijozning kreditga 
layoqatliligini tekshirishning to‗g‗ri va egri usullari mavjuddir. To‗g‗ri 
usullardan kam foydalaniladi. Bunda mijoz tomonidan to‗plangan ballar, 
u olishga haqli bo‗lgan ssuda summasiga tenglashtiriladi. Egri usullar 
esa juda keng tarqalgan. Uning mazmuni turlicha baholash 
ko‗rsatkichlariga ma‘lum ballar berishdan iborat. Buning natijasi 
mijozning kreditga layoqatlilik sinfini aniqlashga xizmat qiladi. O‗z-
o‗zidan ayon bo‗lib turibdiki, mijozning kreditga layoqatliligini 
baholashda ballar tizimidan foydalanish - eng obyektiv va iqtisodiy 
asoslangan qarorlarni qabul qilishga asos bo‗ladigan jarayonidir. Yagona 
muammo shundan iboratki, bunda mijozning kreditga layoqatliligini 
baholash bo‗yicha axborotlarning doimiy yangilanishi talab qilinadi, bu 
esa, o‗z navbatida, bank uchun juda qimmatga tushishi mumkin. 
Shuning uchun uncha katta bo‗lmagan banklar, odatda, axborot 
bazasining cheklanganligi va ko‗p xarajatliligi tufayli mijozning 
kreditga layoqatliligini tahlil qilishda ―koeffitsiyentlar‖ usulidan 
foydalaniladi. 
Ba‘zi davlatlarda mijozning kuchli va kuchsiz tomonlari
uning imkoniyatlari va riskini aniqlashda “SWOT” (S – strong, W – 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling