Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„z bilimini tekshirish uchun savollar
Quyidagi tayanch s o„zlarga ta‟rif bering Valyuta kursi Kotirovka Valyuta pozitsiyasi Ochiq valyuta pozitsiyasi Kross-kurs Valyuta siyosati Foiz dinamikasi Diskont Yopiq valyuta pozitsiyasi Sotuvchi kursi Xaridor kursi Valyuta real kursi SPOT SVOP Tratta kvota Forvard Fyuchers Qisqa valyuta pozitsiyasi Uzun valyuta pozitsiyasi O„z bilimini tekshirish uchun savollar - Valyuta kursi nima va uning turlarini tushintiring. - Xalqaro hisob-kitob shakllarini sanang va ularning mohiyatini tushuntiring. - Kotirovka nima, uning turlarini misollar yordamida tushuntiring. - Valyuta sotish va sotib olish qoidalarini izohlang. - Valyuta depozit hisob vara g‗ini ochish tartibini tushuntiring. - Valyuta kursiga qanday omillar ta‘sir ko‗rsatadi. - Naqd xorijiy valyutani sotish, sotib olish qanday amalga oshiriladi. 195 teng b o‗lishi mumkin. Ammo amaliyotda bunday holat juda kam uchraydi. Agar forvard kurs spot-kursdan yuqori b o‗lsa (FR>SR), u holda valyuta «mukofot» bilan kotirovka qilinadi; agar forvard kursi spot kursidan past b o‗lsa, u holda valyuta «diskont» bilan kotirovka qilinadi. Valyuta b o‗yicha forvard diskonti yoki mukofoti qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi: t x x Sr Sr FR Dis Pm FD 360 % 100 ) ; ( bu erda FD (Pm;Dis) – forvard differensiali (mukofot yoki diskont). FR – forvard kursi; SR – spot-kurs; t – forvard shartnomasi amal qilish muddati (kunlarda). Forvard bitimidan olingan daromadlar bilan boshqa pul bozoridan olingan daromadni taqqoslab borish uchun valyuta b o‗yicha mukofot va diskontlar yillik bazisga kiritib boriladi. Har kuni The Wall Street Journal va Financial Times kabi xalqaro moliyaviy nashriyotlar 30, 90 va 180 kun uchun joriy «spot» kurs (spot rate)larni va forvard kursi (forward rate)larni chop etib boradi. Bundan tashqari «Reuters» agentligi ham yuqorida aytib o‗tilgan axborotlarni berib boradi. Forvard bozorida banklar tomonidan, shuningdek, valyutaning so- tish va sotib olish kurslari kotirovka qilinadi va mos ravishda kross-kurs hisoblanadi. Bunda valyuta sotib olish kursi va sotish kursi orasidagi marja (AFR-BFR) forvard operatsiyasidagi nisbatan kattaroq va yillik 0,125-0,25% ni tashkil qiladi , «spot» kursi bo‗yicha esa u bor yo‗g‗i yil- lik 0,08-0,1% ni tashkil qiladi. Forvard kursi asosan 2 usul bilan kotirovka qilinadi: «autrayt» usuli va «svop-stavka» usuli. «Autrayt» usuli bilan kotirovkalashda banklar mijozlarga to‗liq spot-kurs, forvard kursi, shuningdek, valyutani yetkazib berish muddati va summasini belgilab beradilar. Ammo, k o‗pgina hollarda, banklararo bozorda forvard kursi svop- stavka yordamida kotirovka qilinadi. Forvard marja (svop-stavka) quyidagi sabablarga k o‗ra keng tarqaladi: a) ular odatda o‗zgarishsiz qo- ladi , «spot» kursi esa juda tez o‗zgarib turadi; shu sababli, mukofot va diskontni o‗zgartirish uchun ehtiyoj kam bo‗ladi; b) ko‗rgina bitimlarni 196 tuzishda butun forvard kursini emas, balki forvard marjasining o‗lchamini bilish yetarli hisoblanadi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling