Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Kliring faoliyati
– bu faoliyat o‗zaro majburiyatlarni aniqlash b o‗yicha (yig‗im, taqqoslash, qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha bitim axboroti, korrektirovkasi va bular b o‗yicha buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) va qimmatli qo g‗ozlar taklifi bo‗yicha hisobotdir. 209 Qimmatli qo g‗ozlar muomalada bo‗lish hududiga ko‗ra regional (mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qo g‗ozlarga bo‗linadi. Yuqorida ta‘kidlangan qonunga asosan, O‗zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi qimmatli qo g‗ozlar chiqarilishi va muomala- da b o‗lishi mumkin: aksiyalar; obligatsiyalar; davlat qimmatli qo g‗ozlari; depozit sertifikatlari; veksellar; qimmatli qo g‗ozlar hosilalari, ya‘ni opsion va fyucherslar (ilovaga qarang). Shuningdek, qonun b o‗yicha O‗zbekiston Respublikasining g‗azna majburiyatlari, emissiyaviy qimmatli qo g‗ozlar, egasining nomi yozilgan qimmatli qo g‗ozlar, korporativ obligatsiyalar, infratuzilma obligatsiyalari ham qimmatli qo g‗ozlarning turlari hisoblanadi. Qimmatli qo g‗ozlar to‗g‗risidagi qonunning 3-moddasiga asosan aksiya – o‗z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga b o‗lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qo g‗ozdir. Aksiya qimmatli qog‗oz sifatida amal qilish muddati cheklanmagan, yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan aksionerlik jamiyatiga muayyan ulush q o‗shganini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi, aksiya b o‗yicha dividend ko‗rinishida foyda olish huquqini beruvchi aksiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir. Obligatsiya esa emissiyaviy qimmatli qo g‗oz bo‗lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat‘iy belgilangan foizni olishga bo‗lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi. «Obligo» – lotin tilida «qarz olish» mazmunini bildiradi. Obligatsiya munosabatida obligatsiya egasi tomonidan emitent faoliyatiga ma‘lum summada pul mablag‗i kiritiladi va emitent obligatsiyada k o‗rsatilgan muddatda uning nominal qiymatini hamda u b o‗yicha qo‗shimcha foizni to‗lab berish majburiyatini o‗z zimmasiga oladi. Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya 210 uning egasiga emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi. Me‘yoriy hujjatlarga asosan obligatsiyalar infratuzilma obligatsiyalari va korporativ obligatsiyalarga b o‗linadi. Infratuzilma obligatsiyalari – ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mabla g‗larini jalb etish maqsadida xo‗jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar hisoblansa, aksiyadorlik jamiyatlari va o‗zining tashkiliy- huquqiy shaklidan qat‘i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar korporativ obligatsiyalar deyiladi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling