Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta arbitraji
Svop operatsiyasi
– bu bir vaqtning o‗zida chet el valyutasini har xil sanaga turli hisob-kitoblar shartida teng summaga sotib olish va sotishdir. Ya‘ni svop – bu valyutani kelajakda sotib yuborish garovi bi- lan qandaydir vaqtga sotib olishdir. Bunda bir vaqtning o‗zida valyuta almashuvi b o‗yicha 2 ta alohida bitim tuziladi. Bu bitimlar qarama- qarshi y o‗nalishga va turli hisob-kitob sanasiga ega bo‗ladi. Svop opretsiyalari k o‗pgina banklar tomonidan o‗zlarining chet el valyutasidagi majburiyatlarini qoplash maqsadida foydalanadi. Svop op- eratsiyasi ikki bank tomonidan amalga oshirilganda bir bank ikkinchi bankka bir valyutani, ikkinchisi ikkinchi valyutani almashadi va qandaydir vaqt o‗tishi bilan valyutalar qaytarib olinadi. Asosiysi shundaki, svop bitimlari ochiq valyuta pozitsiyasini keltirib chiqarmaydi va vaqtincha kurs o‗zgarishi bilan bog‗liq riskdan xoli b o‗lgan valyuta bilan ta‘minlaydi. Svop bitimlari, odatda, 1 kundan 6 oygacha muddatga tuziladi, muddati 5 yilgacha b o‗lgan svop bitimlari esa juda kam uchraydi. Svop operatsiyalari tijorat banklari o‗rtasida, tijorat banki va markaziy bank o‗rtasida hamda mamlakatlar markaziy banklariaro amalga oshirilishi mumkin. Umumiy qilib aytganda, kassa va forvard operatsiyalarini mu- vofiqlashtiruvchi valyuta shartnomasi svop shartnomasi hisoblanadi. Valyuta arbitraji – bu valyutani sotish yoki sotib olish bo‗lib, keyinchalik teskari bitim tuzib, valyuta kurslari farqi yordamida foyda olish maqsadida o‗tkazishni ifodalaydi. Arbitraj operatsiyalarini o‗tkazishning asosiy shartlaridan biri bozorning turli sigmentlariaro kapital oqimi erkin b o‗lishi, ya‘ni valyutalarning erkin konvertirlanishi, valyuta cheklovlarining y o‗qligi va boshqalar hisoblanadi. Arbitraj ikki xil – joylashuvga ko‗ra va vaqtli bo‗ladi. Ularning har biri ham o‗z navbatida oddiy va murakkabga bo‗linadi. Operatsiya ikki valyuta ishtirokida amalga oshirilsa – oddiy, uch va undan ortiq val- yutalar bilan amalga oshirilsa – murakkab bo‗ladi. Joylashuvga k o‗ra arbitraj banklarning turli valyuta bozorlaridagi kurs farqi orqali foyda olishini bildiradi. U valyuta risk bilan bo g‗liq emas, chunki valyuta savdosi bir vaqtning o‗zida amalga oshiriladi. Ma- salan, bank vakili Singapurda valyutani sotib oladi (sotadi) va shu vaq- tning o‗zida u o‗zining Londondagi korrespondenti orqali shu valyutani sotadi (sotib oladi). 200 Vaqtli arbitraj vaqt o‗tishi bilan valyuta kursi orasidagi farq orqali foyda olishdir. Valyuta arbitraji spot va forvard sharoitida amalga oshiri- lishi mumkin va bu turdagi operatsiyalarda valyuta risklari mavjud b o‗ladi. Arbitraj operatsiyalari tijorat banklari dillerlari ishining asosiylari- dan hisoblanadi. K o‗pincha, arbitraj bitimlarini o‗tkazish imkoniyatlari sanoqli daqiqalardagina t o‗g‗ri kelishi mumkin, shuning uchun dil- lerning arbitraj operatsiyasini tezda baholash va hisoblashi qobiliyati foyda va zarar masalasini hal qilishi mumkin. Arbitraj operatsiyasini muvaffaqiyatli o‗tkazish uchun bozorni yaxshi o‗rganish, kelajakni ko‗ra bilish kabilar dillerlar uchun zaruriy shartlardan biridir. Hozirgi vaqtda tijorat banklarining valyuta bozoridagi faoliyatining Markaziy bank tomonidan tartibga solinishi bank tizimidagi eng muhim va dolzarb masalalardan biridir . «O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki t o‗g‗risida»gi qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organi hisoblanadi. Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq valyuta pozitsiyasining yuritilishi haqidagi hisobot muhim o‗rin tutadi. Bu hisobotni tahlil qilishning zarurati Markaziya bank tomonidan vako- latli banklarga chet el valyutasi bilan bo g‗liq operatsiyalarga limit o‗rnatilishidadir. Bu tartib bo‗yicha bankning o‗z mablag‗lariga nisbatan 20% gacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor, ya‘ni bir valyuta turi b o‗yicha bu ko‗rsatkich 5% qilib belgilangan. Limit o‗rnatishning asosiy sababi, vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el valyutalariga q o‗ysa va bu valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa, bank aktivlari kamayishi va hatto bank bankrot b o‗lishi mumkin va bu, o‗z navbatida, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta‘sir qiladi. Shuning oldini olish maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qi- lingan. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling