Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
Brokerlik faoliyati
da banklar mijozning topshiri g‗iga asosan qimmatli qo g‗ozlar bo‗yicha ishonchli shaxs sifatida bitimlar tuzadi, topshiriq shartnomasini amalga oshiradi. Dillerlik faoliyatida qimmatli qo g‗ozlarni o‗zining hisobidan sotish – sotib olish bitimini amalga oshiradi. Banklar depozitar faoliyatida qimmatli qo g‗ozlar sertifikatlarini saqlash b o‗yicha xizmat ko‗rsatish yoki qimmatli qog‗oz huquqini o‗tkazish va hisobini yuritish bo‗yicha xizmat ko‗rsatadi. Depozitariya xizmatidan foydalanuvchi tomon deponent deyiladi. Deponent nomiga qimmatli qo g‗ozlar harakatining hisobini yurituvchi depo hisob vara g‗ini ochadi. Qimmatli qog‗ozlar bilan banklararo operatsiyalarni amalga oshirish uchun banklar bir-birlarida depo («loro» va «nostro») hisob varaqlari ochiladi. Depozitar va mijoz o‗rtasida ochiq yoki yopiq saqlash y o‗llari aks ettirilgan shartnoma tuzilgan bo‗lishi mumkin. Qimmatli qo g‗ozlarni ochiq saqlash usuli – bu qimmatli qog‗ozlarga egalik qilish huquqini shunday r o‗yxatdan o‗tkazish yo‗liki , qaysiki , deponent depozitariyga alohida nishonalarsiz (nomer, razryad, seriya) faqatgina ma‘lum miqdordagi qimmatli qog‗ozga topshiriq berishi mumkin. Saqlashning yopiq usulida depozitariy depo hisob varaqlarida mavjud qimmatli qo g‗ozlar bo‗yicha deponentning barcha topshiriqlarini qabul qilish va bajarishga majbur. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, trast (agentlik) xizmatlari tijorat banklari bilan mijoz o‗rtasidagi shartnoma asosida ko‗rsatiladi, qimmatli qo g‗ozni saqlash uchun depo hisob varag‗i ochiladi. Ko‗rsatilgan xizmat uchun bank komission haq undiradi. Bank, shuningdek, qimmatli qo g‗ozlar bilan bajarilgan operatsiyalar uchun to‗lovni o‗rnatadi. qimmatli qo g‗ozlar portfelining shakllanishi va uni boshqarish uchun ularga doimiy axborotlar oqimi va ish tahlili kerak b o‗ladi, hamma investor ham bu muammoni o‗zi hal qila olmaydi. Maxsus trast b o‗limlariga ega bo‗lgan banklar xavfsizlik, daromadlilik va likvidlilik talablariga javob beradigan qimmatli qo g‗ozlar portfelini shakllantirishga yordam beradi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling