Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- tijorat kreditida
Uzoq muddatli kreditlar
quyidagi kreditlash obyektlariga y o‗naltirilishi mumkin: - ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun; - ishlab chiqarish obyektlarini qayta ta‘mirlash, texnik qurollantirish va kengaytirish uchun; - texnikalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotib olish uchun; - yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun; - noishlab chiqarish sohasidagi obyektlarni qurish v.h. O ‗rta muddatli kreditlarni kreditlash obyekti ham xuddi uzoq mud- datli kreditlarning obyekti singari b o‗ladi. K o‗rinib turibdiki, kreditlarning turlariga qarab ularning kreditlash obyekti va subyekti farqlanadi. Masalan: - tijorat kreditida – kreditlash obyekti tovar hisoblanib, subyekt esa sotuvchi bilan xaridor hisoblanadi; - bank kreditida yuqorida ko‗rib chiqqan barcha obyektlar bo‗lishi mumkin; - iste‟mol kreditida – kreditlash obyekti iste‘mol tovarlari hisobla- nadi; - xalqaro kreditda – kreditlash subyekti bo‗lib asosan davlatlar hisoblanadi v.h. 3- §. Bankning kredit operatsiyalari va ularning xususiyatlari Kredit operatsiyalari (lotincha «creditum» - ssuda degan ma‘noni anglatadi) deganda shartlar asosida, ya‘ni qaytarishlilik, muddatlilik va to ‗lovlilik shartlari asosida ma‘lum bir miqdordagi pulni (yoki tovarni) qarzga berish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, qarzdor qarzni belgilangan muddat ichida qaytarib berishi va undan tashqari qarz mabla g‗idan foydalangani uchun shartnomada kelishilgan summani t o‗lashi lozim. Bu summa qarzga olingan mablag‗lar uchun to‗lov bahosi b o‗lib, u kredit uchun foiz deb ataladi. Bank o‗z tabiati jihatidan moliya-kredit tashkiloti bo‗lib, uning uchun kredit operatsiyalari, bank xizmatlarinig bir k o‗rinishi hisoblanib, u boshqa bank operatsiyalari (valyuta, qimmatli qo g‗ozlar, qimmatliklarni saqlash b o‗yicha operatsiyalar v.b.) ichida asosiy o‗rin egallaydi. Bank kredit operatsiyalarni amalga oshirish uchun faqatgina o‗ziga tegishli b o‗lgan pul mablag‗larini ishlatmay, balki vaqtincha jalb qilgan 225 Aktsionerlik tijorat banki o‗zining shaxsiy qimmatli qog‗ozlarini ustav kapitalini oshirish yoki mabla g‗larni o‗zlariga jalb qilish maqsadida chiqarishlari mumkin. Shu y o‗llar bilan banklar qimmatli qog‗ozlar bozorida moliyaviy vositachi (broker), moliyaviy investor (diller) va qimmatli qo g‗ozlar emitenti sifatida qatnashishi mumkin. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling