Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


PARSER usuli bo„yicha mijozlarning kreditga layoqatliligiga baho


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

PARSER usuli bo„yicha mijozlarning kreditga layoqatliligiga baho 
berish. 

person 
Qarz oluvchi, uning faoliyati, obro„i va mavqeyi 
to„g„risida ma‟lumot 

amount 
So‗ralayotgan kredit miqdorini asoslash 

repayment 
Kreditni to‗lash imkoniyati va shartlari 

security 
Kredit ta‘minlanganligini baholash 

expediency 
Kreditning maqsadliligi 

remuneration 
Foiz stavka 
 
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotida tasnifiy baholash 
modeli ham qo‗llanilib, odatda, u kreditni baholashning balli modeli 
(reyting uslubi) va bankrotlikni bashorat qilish (MDA 
– Multiple 
Discriminate Analysisga asoslangan statistik baholash) modellar asosida 
shakllangan. 
Qarz oluvchilarning kompleks 
tahlil modeli ―Olti SI‖ qoidasi, 
CAMPARI, PARTS, tahlilining baholash tizimi kabi modellarini o‗z 
ichiga oladi va yarim empirik usullarga asoslanadi. Mijozning kreditga 
layoqatliligini aniqlashning tasnifiy modelida qarz oluvchilarni 
guruhlarga ajratgan holda, 
kreditni qaytara olish imkoniyatlari o‗rganib 
chiqiladi. 
Amaliyotda ko‗proq kreditga layoqatlilikni aniqlashning ikki 
modeli, 
ya‘ni balli baholash modeli va bankrot bo‗lish ehtimolini 
bashorat qilish modellari keng 
qo‗llaniladi. Balli baholash modeli qarz 
oluvchilarni yaxshi va yomonga, bashorat qilish modeli esa korxonalarni 
bankrotlikka uchrash yoki uchramaslik ehtimollarini aniqlab beradi. 
Mijozning kreditga va to‗lovga layoqatliligini baholashda uning 
bankrot bo‗lish riskini ballarda aniqlash usuli 1968-yilda amerikalik 
iqtisodchi Edvard Altman tomonidan ishlab chiqilgan va mijozning 
bankrot bo‗lish ehtimolini baholash modeli degan nomni olgan. Mazkur 
modelga binoan mijoz faoliyati bo‗yicha balansning muhim 
ko‗rsatkichlarining bir-biriga nisbati olinadi va ular shu ko‗rsatkichlarga 
muvofiq koeffitsiy
entlarga ko‗paytiriladi. Mijozlarning bankrotlik 
ehtimolini ko‗rsatuvchi Altman modeli 66 ta, shu jumladan, 33 ta 
moliyaviy barqaror, 33 ta bankrot holatidagi kompaniya faoliyatini 
o‗rganish asosida ishlab chiqilgan bo‗lib, mazkur model korxonaning 
297
moliyaviy ah
volini o‗rganishning 98 foiz holatida aniq natija olish 
imkonini beradi. 
Altman modelining eng sodda shakli ikki omilli model hisoblanib, 
unda ustivor e‘tibor ikki asosiy ko‗rsatkich – joriy likvidlilik va 
aktivlarda kredit mablag‗larning salmog‗ini aniqlashga qaratiladi hamda
ular Z-
hisob varag‗i ostida barqaror korxonalar va bankrot korxonalarga 
ajratiladi. Ushbu ko‗rsatkichlar, muvofiq ravishda, hisob-kitoblar orqali 
aniqlangan koeffitsiy
entlar (a, b, y)ga ko‗paytiriladi. Aniqroq 
ifodalaydigan bo‗lsak: 
Ikki omilli model (Z2) = a + b (joriy likvidlilik koeffitsiyenti) + u 
(aktivlarda qarz mablag‗larning salmog‗i).
Edvard Altmanning ikki omilli modeli korxonaning moliyaviy 
holatini har tomonlama ifodalamaganligi bois yirik kompaniyalar 
faoliyatini o‗rganishda, ko‗p hollarda, uning besh omillik modeli 
(Z5)dan foydalaniladi. Bu model to‗g‗ri diskriminant funksiyaga 
asoslangan bo‗lib, korxona faoliyatining yalpi ko‗rsatkichlari bo‗yicha 
aniqlanadigan koeffitsiy
entlarda ifodalanadi, ya‘ni: 
Z5 = 1,2*X1 + 1,4*X2 + 3,3*X3 + 0,6*X4 + 0,999*X5
• 
Bu yerda: 
X1 - oborot kapitali / korxona aktivlari miqdori
X2 
– taqsimlanmagan foyda / korxona aktivlari miqdori; 
X3 
– soliq olingungacha bo‗lgan foyda / aktivlarning umumiy 
qiymati; 
X4 
– xususiy kapitalning bozor qiymati / barcha majburiyatlarning 
balans qiymati; 
X5
– sotuv hajmi / korxona aktivlarining umumiy qiymati. 
40-jadval 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling