Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-SIlar usuli
Fransiya banki modeli
Ko„rsatkichlar Mos ko„rsatkichlarning nisbati Koeffitsiyentlar Index1 Kredit qiymati/Yalpi foyda - 1225 Index2 O‗z mablag‗lari hisobidan investitsiyalarni qoplash darajasi + 2,003 Index3 Mijozning to‗lovga layoqatliligi (Uzoq muddatli qarzlar/ Sof aktivlar) - 0,824 Index4 Yalpi foyda normasi +5,221 Index5 Olingan kreditlar muddati - 0,689 Index6 Qo‗shimcha qiymat/Aylanmalar - 1,164 Index7 Mijozlarga berilgan kreditlar muddati +0,706 Index8 Ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan investitsiyalar/ Umumiy investitsiyalar +1,408 293 Bu usul bo‗yicha, shuningdek, mijozning obro‗si, mas‘uliyat darajasi, qarzni to‗lashga bo‗lgan istagi va tayyorgarligi tekshiriladi. Dastavval, bank mijozning o‗tmishda o‗z majburiyatlariga qanday munosabatda bo‗lganligi, qarzlarni to‗lashdagi muammo va kamchiliklar bo‗lganligi, kreditlanuvchi subyektning iqtisodiyotda va bozorda qanday mavqega ega ekanligini tekshiradi. Bunda bank qarzdor bilan suhbat olib boradi, arxivdan mijoz to‗g‗risidagi materiallarni olib tahlil qiladi, mijoz oldin munosabatda bo‗lgan boshqa firma hamda banklar bilan maslahatlashadi va h.k. Qarzdorning to‗lov qobiliyati bo‗yicha moliyaviy imkoniyatlari, kreditni to‗lash qobilyati, foyda va zararlari hamda kelajakda bo‗lishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlar puxta tahlil qilinadi. Bu holda bank kreditni to‗lash bo‗yicha mijoz mablag‗larining 3 manbasini chuqur o‗rganib chiqadi. Bular: - joriy kassa tushumlari; - aktivlarni sotish imkoniyati; - moliyalashtirishning boshqa manbalari (jumladan, pul bozori- dagi qarzlar). Jahon iqtisodiyotida ro‗y berayotgan o‗zgarishlar dunyo mamlakatlarida mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‗rsatkichlariga bo‗lgan talablarni, ularni aniqlash tizimidagi ko‗rsatkichlarni ham takomillashtirishni talab etganligi bois, oxirgi yillarda AQShda mijozni kreditlashda 6-SIlar usulidan keng foydalaniladi. Oltinchi SI-Sontrol bo‗lib, u bank faoliyatiga oid qonunlarning, kreditning sifati va turiga oid qoidalarning mavjudligi, nazoratchilarga oid hujjatlar, kredit olish bo‗yicha va qarzdorlik bo‗yicha hujjatlarning, kredit buyurtmaning kredit siyosatiga monand tuzilganligi, ekspertlarning kredit jarayonlarini takomillashtirish bo‗yicha ma‘lumotlari va boshqalarni o‗z ichiga oladi ―SI‖lar‖ qoidasiga asosan bank boshqa omillar, jumladan, firmalarning aksiyadorlik kapitaliga, uning tuzilishiga, aktiv va passivlarning boshqa moddalariga bo‗lgan nisbatiga hamda kreditning ta‘minlanganligiga, uning yetarlilik darajasiga, sifatiga va qarzni to‗lay olmaganda, garovni sotish imkoniyati va uning likvidlilik darajasiga asosiy e‘tiborini qaratadi. So‗ngra, kreditga bo‗lgan talabnomani qarab chiqqanda, umumiy shart-sharoitlar, jumladan: mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini aniqlovchi va bank bilan birgalikda qarzdorning holatiga ta‘sir etuvchi omillar: iqtisodiy ahvol, monand tovar bo‗yicha boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan raqobatning mavjudligi, soliqlar, xomashyoga narx-navolar va boshqalar ham tahlil etiladi. 294 6 ―SI‖lar bo‗yicha mijozning kreditga layoqatliligini baholash va kreditni qaytarish qobiliyatini aniqlashda, tahlil etiladigan mezonlarni yanada chuqurroq ko‗rib chiqamiz. 37-jadval Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling