Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
- §. Ssuda hisob varag„idan kredit berish va qaytarilish tartibi
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
7-
§. Ssuda hisob varag„idan kredit berish va qaytarilish tartibi O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklari alohida bir kredit muassasa singari o‗zining kredit siyosatiga ega. Ya‘ni har bir bank, qonun doirasida, o‗zining bo‗sh turgan mablag‗larini o‗zi xohlagan yo‗nalishga, ko‗proq daromad olishga y o‗naltiishi mumkin. Mijoz ssuda olish uchun bankka belgilangan tartibda hujjatlar paketini rasmiylashtirib topshirganidan keyin kredit kommisiyasining qaroriga k o‗ra kredit berish lozim deb topilib, bank va kredit oluvchi o‗rtasida imzolangan kredit shartnomasiga asosan mijozga kredit beriladi. Buning uchun mijozga alohida ssuda hisob vara g‗i ochiladi. Ushbu hisob raqamining debetida mijozlarga ssudalar beriladi. Bank tomonidan berilgan ssudalar qaytarilganda yoki muayyan ssudaning 378 - kredit bitimi shartlarining batafsil xarakteri; - kredit shartnomalari shakllarining tiplashganligi. Yaponiyada kredit shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish sohasida bank yuristlari har doim advokat kontoralari bilan aloqa qiladilar va qiyin yuridik savollarga javob topadilar. Bank yuristlari bank xodimlarini yuridik jihatdan doimiy tarzda o‗qitib turadilar. AQShda eng batafsil kredit shartnomasi quyidagilarni o ‗z ichiga oladi: - mijoz haqida umumiy ma‘lumotlar; - tuzilayotgan kredit bitimining asosiy parametrlari, summa, muddat va maqsadi; - tasdiqlangan shartlar; - inkor etiladigan shartlar; - ssudalarni t o‗lash kafolatlari; - shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun jazo choralari; - t o‗lovga layoqatsiz va bankrot deb e‘lon qilish mezonlari; - bankka qarzni t o‗lamagan taqdirdagi bank huquqlari. Germaniyada bir tizimdagi banklar uchun (xususiy, jam g‗arma va h.k.) umumiy kredit shartlari o‗rnatiladi. Ular kredit operatsiyalarining asosini tashkil etadi. Umumiy kredit shartlari mijozlarga yetkaziladi, kredit shartnomasida ular takrorlanmaydi, faqat qarz oluvchi unga rozi b o‗lgan punkt yoziladi. Germaniyada kredit shartnomalari erkinlashgan xarakterga ega. Kredit shartnomasining tipik shaklida quyidagi k o‗rsatkichlar b o‗ladi: - tomonlarning t o‗liq nomlari va manzillari; - olingan va olinayotgan kreditlar t o‗g‗risida to‗liq ma‘lumotlar; - yangi kreditning maqsadi; - yangi kreditning shartlari; - kredit uchun hisoblangan va undiriladigan foizlar summasini hisoblash tartibi; - kredit qaytarilishining kafolati; - boshqa shartlar; - ma ‘sul shaxslarning muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari. Germaniyada bank va korxona o‗rtasida kredit shartnomasi quyidagi 3 bosqichda tuziladi: - mijoz tomonidan kredit shartnomasi tarkibining shakllantirilishi; - uning bank tomonidan k o‗rib chiqilishi va xulosa berilishi; - kredit shartnomasini imzolash. 375 va ishonchliligi, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslash parametrlarini va beznes-rejalarni amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob berishi, biznes-reja b o‗yicha ko‗zda tutilgan pul oqimlarini grafik b o‗yicha tushishini ta‘minlashi; bankka garovga berilayotgan k o‗chmas mulk va moddiy boyliklar su g‗urta idoralarida sug‗urtalangan va kredit shartnomasi yuridik kuchga ega b o‗lishi uchun harakatdagi O‗zbeksiton Respublikasi qonunlariga asosan notarial idoralarda tasdiqlangan va davlat r o‗yxatidan o‗tgan b o‗lishi shart. Bankka garovga berilayotgan k o‗chmas mulk va moddiy boyliklarning yaxlitligini saqlash yuzasidan t o‗liq moddiy javobgar b o‗lishi (kredit va unga hisoblangan foiz to‗lovlar to‗liq to‗langunga qadar), ularni sotib yubormasligi va boshqa uchinchi shaxsga bermasligi shart. Kafolatchi tashkilotning moliyaviy holati yomonlashganda, tugatilishi yoki bankrotlik holatiga kelib qolish holatlari r o‗y berganda, kredit ta‘minotiga berilgan mulk holati yomonlashganda, bank talabiga binoan olingan kredit va foizlarni muddatidan oldin uzish yoki ta‘minotini boshqa likvid ta‘minotga almashtirish ko‗zda tutilishi mumkin. Kredit uchun foiz t o‗lovlar har oyning 20 sanasigacha to‗lanadi. Qarz oluvchi bankka quyidagilarni taqdim etadi: Qarzlarning yuzaga kelish sanalari k o‗rsatilgan debitor va kreditor qarzdorligi b o‗yicha yoyilmasi ilova qilingan yillik va chorak balanslari. Muddati o‗tgan qarzlar bo‗yicha solishtirma dalolatnomalar va bank nazorat funksiyasi uchun zarur b o‗lgan boshqa hujjatlar. Birlamchi hisobotlar va buxgalterlik hujjatlariga ruxsat berilishi va bank talabiga k o‗ra qarz oluvchi tegishli hujjatlardan zarurlarining nusxasi taqdim etilishi. Kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan bank xodimlari tomonidan tekshiruv o‗tkazilishiga ruxsat berilishi, shuningdek, kreditning ishlatilishini joyiga chiqib tekshirish uchun ruxsat berilishi. Ushbu kredit shartnomasi bilan huquqiy jihatdan bo g‗liq bo‗lgan tovar-moddiy boyliklarining saqlanishi holati b o‗yicha bank xodimlari tomonidan tekshiruv o‗tkazishga ruxsat berilishi. Agar kredit su g‗urtalangan bo‗lsa, har yil uchun sug‗urta t o‗lovlarining o‗z vaqtida to‗lab borilishi. Har yil uchun alohida kafil tashkilot moliyaviy holati t o‗g‗risida yozma ma‘lumot taqdim etish kabilar bo‗lishi lozim. 376 Shuning uchun mijozning majburiyatlari t o‗g‗ridan-to‗g‗ri kreditning tamoyillari, qoidalari va shartlariga amal qilishga bo g‗liqdir. Mijoz majburiyatlariga quyidagilar kiradi: - kreditdan belgilangan maqsadlarda foydalanishni ta‘minlash; - o‗z vaqtida foizlarni to‗lash va kreditni qaytarish; - t o‗lovga layoqatliligi to‗g‗risida bankka ma‘lumot berib turish; - kreditni ta‘minlash; - berilgan kredit b o‗yicha hal qilinishi lozim bo‗lgan masalalarni echish uchun birlamchi buxgalteriya hisobotlari va hujjatlarini kerakli paytda kredit b o‗limiga taqdim etish; - 3-shaxsdan kredit olish t o‗g‗risida bankni xabardor qilish; - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o‗zgarishi hollarida bankni xabardor qilish; - likvidatsiya paytida zudlik bilan kreditni (foizlari bilan) qaytarish; - shartnomaga binoan boshqa majburiyatlar. Kredit shartnomasining 5-b o‗limida kredit qaytarilishini ta‘minlovchi aniq usullari ko‗rsatiladi. Ular quyidagicha bo‗lishi mumkin: a) garovga q o‗yilgan tovar-moddiy boyliklar; b) bank yoki su g‗urta tashkilotining kafolati; d) uchinchi shaxsning kafilligi; e) su g‗urta polisi. Yuqorida keltirilgan kredit qaytarilishining kafolatini ta‘minlovchi usullar kreditning barcha turlarida, qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini hisobga olgan holda ishlatiladi. Ular mijozga ishonch yetarli b o‗lmaganda, ssudani pul tushumlari hisobiga qaytarishning yuqori riski mavjud b o‗lganida qo‗llaniladi. 5-b o‗limda kreditdan foydalanganlik uchun bankka to‗lanadigan foizlar darajasi aks etadi. Bu b o‗limda quyidagi hollardagi foiz stavkasini belgilash, qayta k o‗rib chiqish maqsadga muvofiqdir: a) shartnomada k o‗rsatilgan ssudadan foydalanish muddati davomida; b) ssuda prolongatsiya qilinganda; d) ssuda t o‗lashni kechiktirganda; e) mijozning kreditga layoqatliligining yomonlashganida yoki bitimning kredit riskini k o‗paytiruvchi boshqa omillarning paydo b o‗lishida. Bundan tashqari kredit shartnomasida kreditga foiz hisoblash va uni undirish muddatlari k o‗rsatilishi zarur. Inflyatsiya sharoitida kredit 377 shartnomasining yana bir punktida boshlan g‗ich o‗rnatilgan foiz stavkalarining inflyatsiya o‗sish darajalariga bog‗liq holda o‗zgartirish tartibi berilgan b o‗ladi. Foiz stavkasini qayta ko‗rib chiqishga asos b o‗lib, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining o‗zgarishi sabab bo‗ladi. Ba‘zi hollarda kredit shartnomasida tomonlarning javobgarligi 6- b o‗limda tomonlar olgan majburiyatlar qisman yoki to‗liq bajarilmaganda, O‗zbekiston Respublikasi qonunlari oldida javobgar ekanligi va sanksiyalar berilgan b o‗ladi. «Shartnomaning qo‗shimcha shartlari» degan bo‗limda oldingi b o‗limlarda ko‗rsatilmagan boshqa shartlar belgilanadi. Ularga agar mijoz bu bankda hisob-kitob varo g‗iga ega bo‗lmasa, summa va muddati k o‗rsatilgan majburiy muddatli depozit ochish; kreditlash yoki kredit liniyasi limitining boshlan g‗ich o‗rnatilgan summasini o‗zgartirish tartibi; kredit shartnomasiga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish tartibini kiritish mumkin. «Kelishmovchiliklarni hal qilish» bo‗limida quyidagilarni k o‗rsatish maqsadga muvofiq bo‗ladi: a) tomonlar o‗rtasida shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‗liq b o‗lgan kelishmovchiliklarni o‗zaro kelishuv yo‗li bilan hal qilish; b) o‗zaro kelishuv bilan hal qilish mumkin bo‗lmagan kelishmovchiliklarni O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan respublika x o‗jalik sudida hal qilish. O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit shartnomasining yana bir b o‗limi shartnomaning amal qilish muddati bo‗lib, unda kredit shartnomasining amal qilish muddatini, ya‘ni uning boshlanishi va oxirini belgilaydi. Shartnomada, shuningdek, tomonlarning yuridik manzili (pochta manzili, hisob-kitob yoki vakillik hisoblari, telefon (faks) hamda muhrlar bilan tasdiqlangan imzolar aks etadi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling