Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Risklarni boshqarish
Riskni aniqlash
– mavjud va qo‗shimcha ma‘lumotlarni olish orqali risk yuzaga kelgan joy-muhit, riskning salbiy ta‘sir zonalari aniqlanadi. Risk darajasini baholash – bunda risk son va sifat jihatdan baholanadi. Riskni sifat jihatdan baholashda riskning manbalari, unga ta‘sir qiluvchi omillar aniqlanadi. Va riskni kamaytirish b o‗yicha chora- tadbirlar ishlab chiqilganda aynan shu omillarga e‘tibor qaratiladi. Riskni sifat jihatdan tahlil qilish quyidagi y o‗nalishlarda olib boriladi. Bular: risk darajasini baholash mezonlarini aniqlash; bank faoliyatida yuzaga kelishi mumkin b o‗lgan ba‘zi risklarning darajasini aniqlash; haqiqatda yuzaga kelgan risklarning turlari va ularning k o‗lamini turli usullarni q o‗llagan holda aniqlash; kelajakda risklar kamayishi yoki oshishi imkoniyatlarini baholash. Risklarni boshqarish usullarini 4 guruhga b o‗lish mumkin. Bular: 1. Risklarning oldini olish usullari. 2. Risklarni o‗tkazib yuborish yoki yo‗nalishini o‗zgartirish usul- lari. 3. Risklarni taqsimlash usullari. 4. Risklarni qabul qilish va undan keladigan y o‗qotishlarni minimallashtirish. Monitoring doimiy doimi doimiy monitoring 43-rasm. Riskni boshqarish strategisi y o„nalishlari RISKLAR BOSHQARISH 620 • bir qarzdor yoki o‗zaro daxldor qarzdorlarga to‗g‗ri keluvchi riskning eng yuqori darajasi 1 darajali bank kapitalining 25 foizidan oshishiga y o‗l qo‗ymaslik. Hattoki, ishonchli kreditlar bo‗yicha ham riskning eng yuqori darajasi 1-bosqichli bank kapitalining 5 foizidan, bankning barcha yirik kreditlarining umumiy hajmi 1-bosqichli bank kapitalidan 8 martadan oshirmaslikka erishishi lozim. Yirik tijorat banklarida kredit risklarini boshqarishdagi asosiy qiyinchiliklar kreditlanadigan sohani chuqur tahlil qilinmasligi, mijozlar bilan aloqani t o‗g‗ri yo‗lga qo‗yilmaganligi, nazoratning to‗g‗ri tashkil qilinmasligi, kredit jarayonlarini nazorat va audit o‗tkazishdagi muammolarining t o‗g‗ri hal qilinmasligida ko‗riladi. Kreditning risklarini boshqarishni vazifalarini amalga oshirishda bank boshqaruvchisi, kredit b o‗limi, operatsion bo‗lim boshliqlari, bosh iqtisodchi, buxgalterlarning faoliyati ahamiyatlidir. Chunki ular kreditni boshqarishning birinchi qo‗mitasi a‘zolari bo‗lib, kreditni boshqarish vazifalarini amalga oshiradilar. Tijorat banklarida kreditni boshqarishning ikkinchi q o‗mitasining faoliyati va uning y o‗nalishlari, vazifalari quyidagi rasmda k o‗rsatilgan:Birinchi va ikkinchi qo‗mitalar birgalikda o‗ziga biriktirilgan vazifalarni bajarib borish natijasida risklarning kamayishiga erishish mumkin. Bank faoliyatining ishonchliligi uning faoliyatida yuzaga kelgan risklarni mohirona boshqarishi bilan belgilanadi. Risklarni boshqarish – bu riskni minimallashtirish bo‗yicha qo‗llaniladigan usul va vositalarning majmuasidir. Bank risklarini boshqarishning elementlari sifatida: • riskni boshqarish subyektlarini; • riskni aniqlashni; • risk darajasini baholashni; riskni monitoring qilishni olish mumkin. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling