Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„z bilimini tekshirish uchun savollar
Quyidagi tayanch s o„zlarga ta‟rif bering Iqtisodiy risk Bank riski Kredit riski Sof va sun‘iy risklar Retrospektiv risk Ochiq va yopiq risklar Mamlakat, jahon risklari Portfel risk Moliyaviy risk Ekspert baholash Diskert tasodifiy miqdor dispertsiyasi Risksiz zona Kritik risk zonasi Halokatli risk zonasi Foydalilik riski munozarasi Likvid risk Tizimli va tizimsiz risk O„z bilimini tekshirish uchun savollar - Risk yuzaga kelishining sabablari nimalardan iborat? - Bank risklarining qanday turlari mavjud? - Bank risklari qaysi toifalarga bo‗linadi? 611 -bankning kredit siyosatining maqsad va vazifalarini ishlab chiqish; - ma‘muriy yechimlarni qabul qilish tizimini va kredit riskini boshqarish ma‘muriy tarkibini tashkil etish; -qarzdorning moliyaviy holatni tahlil qilish; -qarzdorning kreditlash tarixini, uning aloqalarini aniqlash; -kredit shartnomasini ishlab chiqish va imzolash; -kreditlarning qaytarilmaslik riskini tahlil qilish; -barcha ssudalar portfeli b o‗yicha qarzdorning kredit monitoringini y o‗lga qo‗yish; -muddati o‗tgan va shubhali kreditlarni qaytarish hamda garovni sotish bilan bo g‗liq tadbirlarni amalga oshirish v.b. Kredit riskini boshqarish uchun bank xodimi ssudalar portfelining sifatli tarkibi va tuzilishi ustidan doimo nazorat olib borishi kerak. U riskni b o‗lib-bo‗lib qo‗yish siyosatini olib borish hamda kreditlarni bir nechta yirik qarzdorlarda t o‗planishiga yo‗l qo‗ymasligi kerak. Aks holda, qarzdorlardan birining kreditni t o‗lay olmasligi bankning moliyaviy ahvolini qiyinlashtirishi mumkin. Kredit riski likvidlilik riskiga va bankning t o‗lovga noqobilligi riskiga, shuningdek, bankning ma‘muriy-xo‗jalik xarajatlarini qoplay olmasligi bilan bo g‗liq risklarga olib kelishi mumkin, foiz stavkasi riski o‗zicha mustaqil bo‗lsada, u kredit riski va boshqa barcha risklar zanjirini chuqurlashtirib borishi mumkin. Tijorat banklarining dolzarb muammolaridan biri, balans ma‘lumotlari va kredit portfelining tahlili asosida kredit risklarini boshqarish hisoblanadi. Kreditlarni risk sinflariga guruhlash, ularni tahlil qilish, ularni minimallashtirish va bank manfaatini himoya qilish usullarini ishlab chiqish kredit risklarini kamaytiradi. Ishlab chiqarishda pasayish b o‗layotgan korxona va tarmoqlarda kreditning to‗planishidan voz kechish, shuningdek , «hamma tuxumni bir savatga solmaslik kerak» degan donishmandlarning haqliga amal qilgan holda, bir qarz oluvchiga t o‗g‗ri keluvchi riskning maksimal miqdoriga rioya qilish kredit riskini minimallashtirishga imkon beradi. Banklar bergan kreditlarning o‗z vaqtida qaytib to‗lanmasligi berilgan kreditlar b o‗yicha risklar paydo bo‗lganligidan dalolat beradi. 612 Muddati o‗tgan kreditlarning umumiy kredit qo‗yilmalar summasiga nisbatini olish bilan kredit risklarning darajasini aniqlash mumkin. Bu k o‗rsatkich jahon amaliyotida ham qo‗llanilib, xalqaro bank amaliyotida uning qabul qilingan normasi 4-5%, lekin ba‘zi hollarda 7% gacha b o‗lishi mumkin. Biz o‗tkazgan tahlil materiallari shuni ko‗rsatadiki, bizning respublika b o‗yicha banklarning umumiy kredit qo‗yilmalar hajmida muddati o‗tgan kreditlarning salmog‗i 3,08% ni tashkil etadi, bu g‗arb mamlakatlari tijorat banklarining umumqabul qilingan me‘yorlar chegarasidan chiqmaydi (4-5% gacha). Mazkur holatda ishonchsiz kreditlarni qoplash uchun zarur b o‗lgan rezerv fondlarini tashkil etish juda muhimdir, aks holda, riskli kreditlarning yuqori darajasi bankning o‗z mablag‗larining ma‘lum qismi y o‗qotilishiga xavf tug‗diradi. Bu esa, o‗z navbatida, bankning t o‗lovga layoqatsizligiga olib keladi. Ba‘zi hollarda banklar bo‗yicha kredit q o‗yilmalarining o‗sish sur‘atining pasayishi bir vaqtning o‗zida kredit risklarining kelajakda pasayishi yoki barqarorlashuviga olib kelishi mumkin. Kreditlar b o‗yicha yo‗qotishlarni qoplash uchun tashkil qilinadigan rezerv (zaxira) fondlari kredit risklarining o‗ziga xos amortizatori bo‗lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan kredit berishda asosiy e‘tibor beriladigan soha – bu kreditning ta‘minlanganligidir. Lekin kreditning ta‘minlaganligi, riskni o‗z-o‗zidan yo‗q deb hisoblashga asos b o‗la olmaydi. Chunki, birinchidan, kredit bo‗yicha ta‘minlanganlikka olingan mulkning qiymati t o‗g‗ri baholanganmi? Ikkinchidan, shu mulkning foydalilik darajasi, bozorda unga b o‗lgan talab yoki umumiy qilib aytganda, ta‘minlanganlik uchun qabul qilingan mulkning likvidlilik darajasi qanday? Ta‘minlanganlik uchun qabul qilingan mulkning mana shu muhim tomonlarini inobatga olishning o‗zi kreditlar b o‗yicha risklarni hisoblashni birinchi o‗rinda zarur qilib qo‗yadi. Shuning uchun tijorat banklari o‗z kredit siyosatlarida kredit risklarni hisoblash va boshqarishning boshqa y o‗nalishlarini ham belgilab olishlari lozim. 621 Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling