Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
1.01.2018 yil
13,5 10,5 8,5 1.01.2019 yil 14,5 11 9,5 • 2015 – 2019 yillarda tijorat banklari sof foydadan ajratmalar ajratish hisobiga yuqorida keltirilgan ko‗rsatkichlardan kam bo‗lmagan miqdorda kapitallarini ko‗paytirishlari lozim. Bu borada tijorat banklari: • o‗z faoliyatida yuqori samara beruvchi va kam riskga moyil bo‗lgan operatsiyalar ko‗lamini kengaytirishlari; • o‗z qimmatli qog‗ozlarini chiqarish va joylashtirish bo‗yicha siyosatini qayta ko‗rib chiqishi va uni takomillashtirishi; • bank aksiyadorlarining salmog‗i va sifatini oshirishi va o‗zining divident siyosatini takomillashtirishi; • depozit siyosatini takomillashtirishi, bank resurslarining barqarorligini ta‘minlash va jozibador depozitlar jalb qilish choralarini ko‗rishi; • tijorat banklarining turli zamonaviy moliyaviy xizmatlar ko‗rsatish borasidagi faoliyatini kengaytirish borasidagi ishlarini kengaytirishi lozim. Yuqorida aytilgan bank kapitalining funksiyalaridan xulosa qilib aytsak, bankning o‗z kapitali – bank tijorat faoliyatining asosidir. U bank mustaqilligini va turli risklar bo‗yicha salbiy oqibatlarni oldini olish manbai bo‗lib, uning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydi. Hozirgi kunda mamlakatimizda tijorat banklari kapitalining yuqori sur‘atlar bilan o‗sish jarayoni kechmoqda. Bunday o‗sishga nafaqat davlat ulushi bor banklar, balki boshqa tijorat banklarining ham erishayotgani bank biznesi uchun mamlakatimizda qulay muhit yaratilganligini k o‗rsatadi. 115 yoki kapitalning yetarliligi aktivlarning investitsion sifatlari va ularni risk darajasi b o‗yicha guruhlashni ko‗zda tutadi. Natijada Bazel II bank kapitallarini reyting agentliklari xulosalariga asoslangan holda yuqori riskli aktivlarni sekyuritizatsiyalab, qimmatli qo g‗ozlarga aylantirishni ra g‗batlantirgan. Shu bilan bir qatorda, asosan, yetakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy sabablardan hisoblanadi: - noratsional pul-kredit siyosatini hamda qayta moliyalash stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi; - moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‗lari o‗rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; - qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi; - moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi; - moliyaviy rag‗batlantirish uslubi sifat ko‗rsatkichlariga emas, balki miqdoriy k o‗rsatkichlarga asoslanganligi; - yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatli qog‗ozlarning vujudga kelishi va h.k. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling