Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Basic Saving
Jalb qilinish muddatlariga qarab
depozitlar muddatli va talab qilib olinadigan turlarga bo‗linadi. Depozitlar ishlatish xarakteriga qarab yakka tartibdagi va umumiy depozitlarga bo‗linadi. Umumiy depozitlar shtat qonunchilik me‘yorlariga asosan turli shakllarda bo‗lishi mumkin: - vafot etishi munosabati bilan mulkka egalik qilish huquqi shaklida; - depozitni bo‗lmasdan egalik qilish; - birgalikda egalik qilish va boshqalar. Depozit sertifikatlar bankdagi hisob varaqga ma‘lum miqdorda pul mablag‗lari qo‗yganlik to‗g‗risida guvohlik beruvchi hujjat bo‗lib u oborotda aylanishi bo‗yicha o‗z xususiyatlariga ega. FRT boshqaruvchilari Kengashining qoidalariga ko‗ra depozit sertifikatlar muomalada aylanadigan va aylanmaydigan turlarga bo‗linib, unda ko‗rsatilgan summa sertifikat egasiga yoki uning buyrug‗i bo‗yicha u ko‗rsatgan shaxsga qaytarilishi lozim. Mablag‗larni to‗lab berish: - depozit qo‗yilgandan kamida 30 kun o‗tganidan keyin aniq bir sanada qaytarilishi; - 50 kun oldin pulni olish to‗g‗risida bildirishnoma berilganda; - depozit sertifikatni bankga taqdim etganda amalga oshiriladi. 148 Eng ko‗p tarqalgan depozit sertifikati turlaridan biri qaytib olinadigan depozit sertifikati bo‗lib taqdim qilinganda to‗lanishi kafolatlangan va ular bo‗yicha odatda foizlar to‗lanmaydi. Muddatli depozit sertifikatlarining muddati 30 kundan bir necha yilgacha bo‗lishi mumkin va o‗z egasiga ma‘lum miqdorda daromad keltiradi Muddatli depozit sertifikatlarining minimal nominal miqdori 1000 doll.dankam bo‗lmasligi lozim. Yirik summadagi sertifikatlarning nominal miqdori 100.000doll. dan ortiq bo‗lishi mumkin. Keyingilar, odatda, qimmatli qog‗ozlar bozorida muomalada ishtirok etadi va kreditlar bo‗yicha ta‘minot sifatida qabul qilinishi mumkin. Depozit sertifikatlar shuningdek, suzib yuruvchi foiz stavkali depozit sertifikatlari va jarimasiz depozit sertifikatlari, aksiya kursi bo‗yicha indeksitsiyalanadigan depozitlarga bo‗linadi. AQShda har qanday moliyaviy depozit institut yakka tartibdagi pensiya hisob raqamlarini ochishi mumkin va juda katta miqdorga ega bo‗lgan bu mablag‗lar tijorat banklari moliyaviy resurslarning muhim va salmoqli manbasi bo‗lib xizmat qiladi. Nau-hisob varaqlar (Now) – jamg‗arma hisob varaqlari bo‗lib buy ruq yoki chek yozish orqali to‗lovlar amalga oshiriladi va ular bo‗yicha foizlar to‗lanadi.. AQSh banklari va boshqa moliya institutlari mijozlarning mablag‗larini jalb qilish bo‗yicha jamg‗arish rejalarini ishlab chiqishadi. Omonotchi o‗z mablag‗larini omonotga qo‗yishda kredit institutlari tomonidan tak lif etilayotgan foiz stavkalari va ular bo‗yicha oladigan daromad normasiga, omonotiga to‗lanadigan foizning qancha daromad keltirishi (kompaund) yoki olgan foizining foiz ishlashiga, inflyatsiya darajasiga, soliqlarga, kredit va depozit institutlarining likvidliligi va xavfsizligiga va boshqa jihatlarga e‘tibor qaratadi. Jamg‗arishning qaysi turini tanlash mijozning xohishiga bog‗liq. Amaliyotda ko‗proq Asosiy Jamg‗arma Hisob varag‗i (Basic Saving Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling